Respublikasi ichki


Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə116/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasi


Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasi FKning 1135-1141-moddalari- da belgilab qo‘yilgan tartibda navbatlar bilan vorislikka chaqirilishi orqali amalga oshiriladi.
Birinchi navbatdagi vorislar. Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzand- likka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Ikkinchi navbatdagi vorislar. Meros qoldiruvchining tug‘ishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuning- dek, uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun bo‘yicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.
Uchinchi navbatdagi vorislar. Meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi, tog‘asi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun bo‘yicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.
To‘rtinchi navbatdagi vorislar. Meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) bo‘lgan boshqa qarindoshlari qonun bo‘yicha to‘rtinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar, bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan meros olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar. Vorislikka chaqiriladi- gan to‘rtinchi navbatdagi vorislar teng ulushlarda meros oladilar.
Beshinchi navbatdagi vorislar. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, agar ular ushbu kodeksning 1141-moddasi asosida meros olmasalar, qonun bo‘yicha beshinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.
Meros qoldiruvchining qonunda belgilab qo‘yilgan qarindoshlari bo‘lgan va uning mulkiy huquq va majburiyatlarini o‘z zimmalariga qabul qilib oluvchi shaxslar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar hisoblanadi. Meros- xo‘rlar doirasi meros ochilgandan so‘ng aniqlanadi, chunki merosxo‘r bo‘lish uchun qonunda belgilab qo‘yilgan shaxslar meros ochilgan paytda, albatta, hayot bo‘lishi kerak.
FK 1118-moddaga asosan, qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruv- chining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.
Shuningdek, taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo‘yicha merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Bola, nevara, chevara, evara merosxo‘rligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi, yon qarindoshlik bo‘yicha merosxo‘rlikda taqdim qilish huquqiga meros qoldiruvchining tug‘ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan uning jiyanlari yoxud
meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi (tog‘asi) yoki ammasi (xolasi) nomidan uning amakivachchalari (tog‘avachchalari) va ammavachchalari (xolavachchalari) ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida bo‘lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga kiradi. Qonun bo‘yicha boshqa merosxo‘rlar bo‘lgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxo‘r- lari bilan birgalikda meros oladilar.
Ushbu kodeksning 1136-1138-moddalarida ko‘rsatilgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga mansub bo‘lgan, biroq vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo‘rlari doirasiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar, meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan-yashamaganlik- laridan qat’i nazar, agar meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida turgan bo‘lsalar, ana shu vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo‘rlari bilan birgalikda meros oladilar.
Qonun bo‘yicha boshqa merosxo‘rlar bo‘lgan taqdirda, ushbu modda asosida vorislikka chaqiriladigan shaxslarning hammasi birgalikda ko‘pi bilan merosning to‘rtdan bir qismini meros qilib oladilar.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin