Respublikasi ichki


Vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar doirasi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə117/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar doirasi


O‘zbekiston Respublikasi FKning 18-moddasiga asosan fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari, mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari mumkin. Demak, har bir fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy mulkini, mulkka bo‘lgan huquq va majburiyatlarini xohlagan jismoniy va yuridik shaxslarga meros huquqi asosida vasiyat qilib qoldirishga haqli.
Vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishi man qilingan shaxslar tizimi qonunda belgilab qo‘yilgan, ammo FKning 1119-moddasida nazarda tutilgan asoslarda voris sudning hal qiluv qarori bilan noloyiq merosxo‘r, deb topilib, meros olishdan chetlashtirilishi mumkin. Qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishi nazarda tutilgan shaxslar vasiyat bo‘yicha ham merosxo‘r bo‘lishlari mumkin. Meros ochilgan paytda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh- qarish organlari ham vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.
Vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kirish uchun fuqaroning millati, fuqaroligi, turar joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, egallab turgan mansabi va moddiy ahvoli, shuningdek, muomalaga layoqatsizligi ta’sir
etmaydi. Meros ochilgan paytda hayot bo‘lmagan va meros ochilgandan keyin o‘lik tug‘ilgan bolalar, shuningdek, qonunda belgilangan tartibda tugatilgan yuridik shaxslar vasiyat bo‘yicha meros olish huquqidan mahrum bo‘ladi.


Noloyiq merosxo‘rlarni merosdan chetlatish


Merosxo‘rlarni merosdan chetlashtish asoslari FKning 1119-modda- sida belgilab qo‘yilgan. Bu asoslar quyidagilardan iborat:

  1. meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxo‘rlardan biror- tasini qasddan o‘ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi o‘z hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyat- noma bergan shaxslar bundan mustasno;

  2. meros qoldiruvchi o‘zining oxirgi xohish-irodasini amalga oshiri- shiga qasddan to‘sqinlik qilgan va shu orqali o‘zlarining yoki o‘zlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning o‘zlariga yoki o‘zlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi ko‘paytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar;

  3. bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bola- lardan qolgan mulkka voris bo‘lish huquqiga ega emaslar, shuningdek, meros qoldiruvchiga ta’minlab turish yuzasidan qonunga ko‘ra zim- malariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan ota- onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan bolalar (farzandlikka olinganlar) qonun bo‘yicha vorislik qilish huquqiga ega emaslar;

  4. noloyiq merosxo‘rlarni vorislikdan chetlatish uchun asos bo‘ladi- gan holatlar bunday chetlatish keltirib chiqaradigan vorislik bilan bog‘liq mulkiy oqibatlarga daxldor shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.

Mazkur modda qoidalari vasiyat majburiyatiga nisbatan ham qo‘lla- niladi. Shuningdek, har qanday merosxo‘rlarga, shu jumladan majburiy hissa olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlarga ham taalluqlidir.
Qonun meros qoldiruvchiga vorislarni merosdan chetlatish huquqini beradi.
FK 1120-modda 4-qismiga asosan, vasiyat qiluvchi qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan
holda merosdan mahrum qilishga haqli. Qonun bo‘yicha merosxo‘rni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiq- masa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi bo‘yicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shuningdek, merosga bo‘lgan huquqdan mahrum qilish to‘g‘risidagi meros qoldiruvchining vasiyatnomada bergan farmoyishi majburiy hissa olish huquqiga ham ta’sir etmaydi, ya’ni vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rni merosdan chetlatish, unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiy hisoblanadi.
FK 1142-modda 3-qismida merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘r uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiyligi aks ettirilgan.
Majburiy ulush olish lozim bo‘lgan merosxo‘rlarning doirasi va ulushi qonunda belgilab qo‘yilgan (FK 1142-m. 1-q.). Ularni meros hissalaridan mahrum qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin