Mulk ijarasi shartnomasi og‘zaki va yozma, shu jumladan, notarial tartibda tasdiqlanadigan shaklda bo‘lishi mumkin. Bunda yozma shaklga nisbatan qonunda qo‘shimcha talablar, shuningdek, shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir talablar qo‘yilishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasining shakli shartnomaning muddati, uning taraflari sifatida kimlar ishtirok etishi, ijaraga berilayotgan mol-mulkning turi, mol- mulkning taqdiriga doir shartlarga bog‘liq.
Mulk ijarasi shartnomasi jismoniy shaxslar o‘rtasida og‘zaki shaklda faqat bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilishi mumkin. Bunda bitim bahosi ahamiyatga ega emas. Agar mulk ijarasi shartnomasining alohida turlariga nisbatan qonunda yozma shakl belgilangan bo‘lsa, u holda jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan bunday mulk ijarasi shart- nomasi muddatidan qat’i nazar og‘zaki shaklda tuzilishi mumkin emas.
Yuridik shaxslar o‘rtasida yoki yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasi- da tuziladigan mulk ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
Bir yildan ortiq muddatga tuziladigan mulk ijarasi shartnomasi taraflar kim bo‘lishdan qat’i nazar yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi ham yozma shaklda tuzilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinadi.
FKning tegishli moddalarida mulk ijarasi shartnomasi shakliga doir qo‘shimcha talablar ham belgilangan. Jumladan, prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi (FK 558-m.).
Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi uning muddatidan qat’i nazar yozma shaklda tuzilishi shart. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak (FK 565-m.).
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi, agar shartnoma muddati bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilsa, shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim (FK 574-m.).
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial guvohlantirilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim (FK 580-m.).
Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha mol-mulk ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish yoki foydalanishga topshiril- ganligi sababli shartnoma muddati mulk ijarasi shartnomasi shartlaridin biri hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasi taraf- lar kelishuviga muvofiq belgilanadigan muddatga tuziladi. Shu bilan bir- ga, qonun ijara muddatini shartnomaning muhim shartlari jumlasiga kirit- maydi. Shu sababli shartnoma uni amal qilish muddatini belgilamagan holda ham tuzilishi mumkin.
Huquqni qo‘llash va sud amaliyotida ijara shartnomasi muddati hamda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizoli holatlar uchrashi mumkin. Bunda sud shuni hisobga olishi kerakki, ijara shart- nomasining amal qilish muddati davomida taraflar bir yildan kam bo‘l- gan muddatga yangi shartnoma tuzgan bo‘lsalar, bu shartnomalarning muddatlari qo‘shilmaydi va yangi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi. Biroq bir yil- dan kam muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquqiy munosabatlari bir yildan ortiq muddatda davom etsa, bunday shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart1.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bu taraflarga
1 Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг «Мулк ижараси шартномаси тўғрисидаги фуқаролик қонун ҳужжатларини қўллаш- нинг айрим масалалари ҳақида»ги 2011 йил 1 декабрдаги 234-сон қарори.
istalgan paytda shartnomadan voz kechish huquqini beradi. Faqat taraflar bir birini bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa – uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi talab qilinadi. Ko‘rsatilgan muddat dispozitiv xususiyatga ega, ya’ni qonun yoki shartnomada ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilanishi mumkin.
Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari uchun qonunda shart- noma amal qilishining eng ko‘p muddati belgilangan. Masalan, FK 559-mod- dasiga muvofiq, prokat shartnomasi bir yil muddatgacha tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-son «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga ko‘ra, yer uchastkasini ijaraga berishning eng ko‘p muddati 50 yilgacha bo‘ladi.
Agar qonunda shartnoma amal qilishi uchun eng ko‘p muddat belgi- langan va bunda mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha muddat aniqlanma- gan bo‘lsa, agar taraflardan biri qonunda belgilangan ushbu muddat ichida shartnomadan voz kechish istagini bildirmasa, u holda shartnoma qonunda belgilangan eng ko‘p muddatgacha amal qiladi. Agar shartnoma qonunda belgilangan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lgan muddatga tuzil- gan bo‘lsa, u holda shartnoma haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi. Bunday hollarda shartnoma qonunda belgilangan eng ko‘p muddatga tuzilgan hisoblanadi.