Respublikasi ichki


«Mulk ijarasi» tushunchasi va mohiyati



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə74/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Mulk ijarasi» tushunchasi va mohiyati


Har bir subyekt o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha mol-mulklarga mulkdor sifatida ega bo‘lish imkoniyatiga ega emas. Biroq, bunday mol- mulklardan o‘z ehtiyojlari uchun qonuniy foydalanish bo‘yicha yuridik vositalar tizimi mavjud. Ulardan biri mol-mulk ijarasi hisoblanadi. Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq eva- ziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.


Mulk ijarasi shartnomasi mulkdor tomonidan mol-mulkni tasarruf etish usulini o‘zida ifodalaydi. Mulk ijarasi shartnomasi mulkdorga mulkni ijaraga berish orqali muayyan daromad ko‘rish imkoniyatini beradi. Mazkur shartnoma tadbirkorlik faoliyatida ham, boshqa, shu jumladan maishiy sohalarda ham keng qo‘llaniladi. Bunda mulkdor o‘zi tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini ijaraga beradi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasida mol-mulk ijara- ga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga egalik qilish va foydalanish uchun topshiriladi. Masalan, transport vositalari ijarasi shartnomasi va prokat shartnomasi (FK 558 va 564-moddalar). Shu bilan birga, alohida hollarda ijaraga mol-mulk faqat foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Masalan, bino va inoshootlar ijarasida obyekt ijaraga oluvchiga faqat foydalanishga topshirilishi mumkin (FK 573-m.).
Mol-mulkni topshirishga qaratilgan boshqa shartnomalardan (oldi- sotdi, ayirboshlash, hadya, qarz) farqli ravishda mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha egalik qilish va foydalanish yoki faqat foydalanish vaqtinchalik bo‘ladi.
Mulk ijarasi shartnomasi haq evaziga tuziladi. Uning obyekti ijaraga oluvchiga haq evaziga topshiriladi. Aks holda mol-mulkdan tekin foyda- lanish (FK 36-bobi) yuz beradi.
Vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish shartlari mulk ijarasi shart- nomasi bilan belgilanadi. Agar shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzilgan bo‘lsa, u holda ijaraga olingan mol-mulkdan tegishli daromad olishni nazarda tutadi. Bunday daromad agar bu shartnomaga zid bo‘lmasa, boshqa holatlarda ham olinishi mumkin. Umumiy qoida bo‘yicha bunday hollarda olingan daromad, shu jumladan, mahsulot, hosil va mevalar ijaraga oluvchining mulki hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunda yoki mulk ijarasi shart- nomasida ushbu mol-mulkni ijaraga olib foydalanishdan olinadigan daromadlarning kimga tegishli bo‘lishi haqida boshqacha shartlar ham belgilanishi mumkin.
Mulk ijarasi shartnomasiga muvofiq mol-mulk vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga yoki faqat foydalanishga topshiriladi hamda ushbu muddat tugagandan so‘ng mol-mulk qaytarilishi lozim. Bundan kelib chiqqan holda, qonun mulk ijarasi shartnomasi obyektlari jumlasiga iste’mol qilinmaydigan, ya’ni qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan, bunda o‘zining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolarni kiritadi.
FK 537-moddasida mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha topshirilishi mumkin bo‘lgan obyektlarning taxminiy ro‘yxati keltirilgan. Yer uchast- kalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari shular jkmlasidandir. Demak, mulk ijarasi shartnomasining obyekti bo‘lib ko‘chmas mulk ham, ko‘char mulk ham bo‘lishi mumkin.
Qonunchilikda mulk ijarasiga berilishi mumkin bo‘lmagan yoki cheklangan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilgan. Bunday mol-mulklar jumlasiga, avvalo, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan obyektlar kiradi. Masalan, tabiatdan maxsus yo‘sinda foyda- lanish. Yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib ijaraga berilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasi).
Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati beril- gan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo‘lishlari mumkin (538-m.).
FK 79, 214 va 215-moddalariga asosan, davlat nomidan mulk ijarasi munosabatlarida davlat hokimiyati organlari va boshqa maxsus vakolatli organlar ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-aprel- dagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining viloyat- lar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil qilingan. Ushbu markazlar tomonidan davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi, ya’ni ular qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat mulkini ijaraga beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Bu holatlar jumlasiga, uy joylar, yer uchastkalari, yer osti boyliklari kabilar kiritilgan.
Yer kodeksining 23-moddasiga ko‘ra, shartnoma asosida yer uchast- kalari: O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarga tuman va shahar hokimlari tomonidan; chet el investitsiyalari ishtirokida- gi korxonalar, xalqaro tashkilot va birlashmalar, xorijiy yuridik va jismo-
niy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi.
Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati- ga ega bo‘lgan shaxslar jumlasiga xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar, unitar korxona (shu jumla- dan davlatga qarashli bo‘lgan) va muassasalar kirishi mumkin. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o‘ziga biriktirib berilgan ko‘char mulkni mustaqil ravishda, ko‘chmas mulkni esa mulkdorning roziligi bilan ijaraga berishga haqli. Operativ boshqaruv huquqiga asos- langan davlat unitar korxona o‘ziga biriktirib berilgan ko‘char va ko‘ch- mas mulkni faqat mulkdorning roziligi bilan ijaraga berishi mumkin. Muassasa ta’sis hujjatlariga muvofiq, muassasaga daromad keltiradigan faoliyatdan olingan daromad hisobidan mol-mulkni mustaqil ravishda ijaraga berishga haqli.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin