3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:
Oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifati va miqdori, butligi, idish va o‘rami muhim shartlardan hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikda tovar- ning sifati va miqdori, butligi, idish va o‘rami borasida umumiy normalar belgilangan. Biroq huquqni qo‘llash amaliyotida va tadbirkorlik ish
muomalasida bu borada bir qator o‘ziga xos holatlar uchraydi. Ushbu holatlarni izohlab bering.
2018-yilning 21-mart kuni B.Artikov do‘kondan muzlatgich (xolodilnik) sotib oldi. Oradan 20 kun o‘tgach, u ishdan chiqdi. Sotib oluvchi do‘konda shu turdagi muzlatgichning borligiga asoslanib, buzil- ganini yangisiga almashtirib berishni talab qildi, shuningdek, muzlat- gichni ustaxonada kafolat asosida tuzatib berishlariga qarshi ekanligini bildirdi. Kafolat muddatlari bilan sotiladigan tovarlarni almashtirish tartibi qanday? Ushbu holatda do‘kon muzlatgichni almashtirib berishi shartmi?
Ayirboshlash shartnomasida qiymati o‘rtasida farq bo‘lgan tovar- larning bahosi qanday hal qilinadi?
1968-yilda tug‘ilgan fuqaro Irina Nikalayevna da’vo arizasi bilan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga murojaat qilib, o‘z da’vo arizasida 2013-yilda yagona farzandi bo‘lgan qizi Zarina Rustamovnaga o‘ziga tegishli bo‘lgan bir xonali kvartirani davlat notarial idorasida hadya shartnomasi orqali rasmiylashtirib berganligini, oradan besh yil o‘tgach, Zarina Rustamovna unga nisbatan turli xil taz’yiqlar o‘tkazib uydan chiqib ketishni talab qilib kelayotganligini, bu holatlar bir necha marotaba takrorlanganligini, ushbu holatni qo‘ni- qo‘shnilari ham to‘liq tasdiqlashlarini bayon qilib, suddan 2013-yilda notarial idorada 3122-son davlat reyestr raqami bilan qayd qilingan hadya shartnomasini bekor qilishni so‘ragan. Mazkur holatda da’vogar- ning da’vo talablari qay darajada asosli yoki asosli emasligini huquqiy jihatdan asoslantirib bering.
Bino va inshootlar ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering.