Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə85/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Qo‘riqlash» xizmati tomonidan fuqarolarning xonadonlarini qo‘riq- lash shartnomasi. Fuqarolarning mehnati evaziga topilgan daromadlari va jamg‘armalari, turar joy va yordamchi xo‘jaligi, uy-ro‘zg‘or ashyolari, shaxsiy iste’mol buyumlari va boshqa xususiy mulki hamda mulkka voris- lik huquqi qonun bilan qo‘riqlanadi. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasida, mulkning boshqa turlari kabi, xususiy mulk ham ma’mu- riy, jinoiy, fuqarolik va boshqa huquqiy normalar bilan muhofaza etiladi.
Aytish joizki, respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida, davlatga tegishli bo‘lgan uy-joylarning xususiylashtirilib, fuqarolarga o‘tkazilishi xonadon (uy)larni qo‘riqlashga doir munosabatlarning kengayi- shiga, ushbu shartnomalar mohiyati va ahamiyatining tubdan o‘zgarishi- ga olib keldi.
Fuqarolarning xususiy mulklarini qo‘riqlashda ichki ishlar organlari- ning amaliy faoliyati muhim o‘rin tutadi. Fuqarolarning xususiy mulk- larini qo‘riqlash jarayonida mulkka bo‘lgan huquqni uchinchi shaxs tomo- nidan bo‘ladigan tajovuzdan himoya qilish «Qo‘riqlash» xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Zero, «jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohatlarning muvaf-
faqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatgichidir»1.
Ma’lumki, mulk egasining qonuniy egalik huquqi asosan uchinchi shaxs (masalan, talonchi, o‘g‘ri va hokazo) tomonidan ko‘proq buziladi. Ichki ishlar organlari esa o‘z ish faoliyati xususiyatiga ko‘ra egalik huquqining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, uning oldini oladi.
Ichki ishlar organlari yo‘qotilgan yoki talon-taroj qilingan mulkni izlash jarayonida, Fuqarolik kodeksining 228 va 229-moddalariga asosan, mulkni boshqa kishining noqonuniy egaligidan qaytarib olish to‘g‘risi- dagi da’voning qondirilishini ta’minlaydi. Bular fuqarolarning mulkini qo‘riqlash shakli bo‘lib, mulk egasining buzilgan huquqi himoya qilini- shini ta’minlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, fuqarolar xususiy mulki talon-taroj qilinishining oldini olish ichki ishlar organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu bois xonadonlarda sodir etiladigan o‘g‘riliklarning oldini olish vazifasi ko‘p hollarda «Qo‘riqlash» xizmatining xodimlariga yuklatilgan.
Mazkur shartnomaning mazmunini tahlil qilib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Xonadon (uy)larni qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha «Qo‘riqlash» xizmati o‘z zimmasiga buyurtmachi fuqarolarning mol-mulkini qo‘riqlash majburiyatini oladi, buyurtmachi fuqarolar esa
«Qo‘riqlash» xizmati xodimlariga signalizatsiya vositalari bilan jihozlan- gan xonadonni topshirish va belgilangan tarif asosida haq to‘lash majbu- riyatini oladi.
Shartnomada buyurtmachi taraf sifatida qatnashgan fuqaro muomala layoqatiga ega bo‘lishi shart.
Bu shartnomaning o‘ziga xos tomoni shundaki, unda bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan
«Qo‘riqlash» xizmati uning ishtirokchilari bo‘lib qatnashadilar. Shart- noma xonadonni qo‘riqlash shartnomasi deb atalgani bilan, aslida xona- donda mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar shartnomaning obyektini tashkil qiladi, ya’ni shartnoma matnidan xonadon egasi kim bo‘lishidan qat’i nazar, xonadondagi mavjud mulkning hammasi shartnoma obyekti hisob- lanadi. Xonadondagi mavjud mulkni boshqa kishining nazoratisiz xona- don egasining o‘zi baholaydi.



1 Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳатларни янада чуқурлаш- тириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Т., 2010. – Б.27.
Xonadonni qo‘riqlash shartnomasi bir nechta huquqiy belgilarga ega. Birinchidan, qo‘riqlash shartnomasi ikki tomonlama shartnomalar turiga kira- di. Chunki, har ikki tomon ham majburiyatga, ham talab qilish huquqiga ega.
Ikkinchidan, xonadonni qo‘riqlash shartnomasi haq baravariga tuziladi, chunki: birinchi tomon – mulkning saqlanishidan, ikkinchi tomon mulkni qo‘riqlayotgani uchun haq olishdan manfaatdor bo‘ladi.
Uchinchidan, mazkur shartnoma real shartnomalar turkumiga kiradi. Chunki, shartnoma xonadon qo‘riqlash uchun qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Xonadonni qo‘riqlash shartnomasining obyektlarni qo‘riqlash shart- nomasi bilan o‘xshashlik tomoni ham mavjud. Ikkala shartnomada ham
«Qo‘riqlash» xizmati xodimlariga muayyan mulkni saqlash majburiyati, ya’ni davlat va xususiy mulkni qo‘riqlash vazifasi yuklatiladi. Ikkala shart- noma ham mulk shakllarini qo‘riqlashdan tashqari, ichki ishlar organlari- ga huquqqa xilof tajovuzlarga qarshi kurashda yordam berishi mumkin.
Shartnomalar o‘rtasidagi farq shundaki, sobiq sho‘ro davridan farqli o‘laroq, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «yuridik shaxs» maqomiga ega bo‘lmagan, ammo tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham obyektlarni qo‘riqlash shartnomasining subyekti bo‘lishi mumkin. Chunki, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan, tadbirkorlar xususiy korxonalar va boshqa obyektlarga egalik qiladilar. Xonadonni qo‘riqlash shartnomasida esa ikkinchi tomon sifatida faqat fuqarolar qatnashadilar. Qo‘riqlash obyektini birinchi holda yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning mulki, ikkinchi holda esa xususiy mulk tashkil etadi.
Demak, fuqarolarning xonadon (uy)larini qo‘riqlash to‘g‘risidagi shartnomani tuzishning o‘ziga xos jihatlari tashkilotlarning mulklarini qo‘riqlash shartnomasidan farq qiladi, shu bilan birga, barcha fuqaroviy- huquqiy shartnomalar ichida xonadonlarni qo‘riqlash shartnomasi mazmu- nan omonat saqlash shartnomasiga yaqindir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 875-moddasiga asosan, omonat saqlash shart- nomasi ashyoni topshirish asosida tuziladi, lekin, fuqarolarning xonadon- larini qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha fuqaro moddiy boyliklarni «Qo‘riq- lash» birlashmasi va uning joylardagi bo‘limlariga topshirmaydi, balki ular ushbu moddiy boyliklarni turgan joyida qo‘riqlaydilar.
To‘rtinchidan, xonadonlarni qo‘riqlash shartnomasi doimo haq bara- variga tuziladi va real shartnomalar guruhiga kiradi. Qo‘riqlash shart- nomasi mulklarning saqlanishini ta’minlash shaklida bo‘lib, xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Omonat saqlash hamda qo‘riqlash shartnomalarini subyektlar tarkibi bo‘yicha ham tasniflash mumkin: omonat saqlash shartnomasida omonat saqlovchi sifatida tashkilotlar ham, fuqarolar ham, qo‘riqlash shartnoma- sida esa, yuqorida qayd etganimizdek, bugungi kunda faqatgina Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo‘lim- lari ishtirok etishi mumkin.
Xonadonlarni qo‘riqlash shartnomasi ham pudrat shartnomasiga o‘xshab ketadi: ikkala shartnoma ham boshqa tarafning topshirig‘ini bajarishga qaratilgan, lekin ularning maqsad va vazifalari turlicha. Xona- donlarni qo‘riqlash shartnomasi fuqarolar mulklarining muhofaza etilishini ta’minlashga, pudrat shartnomasi esa yangi moddiy obyektlarni tayyorlash yoki ularga ishlov berishga qaratiladi.
Shu bois ko‘rib chiqilayotgan shartnomalarning o‘xshash tomonlari ko‘p bo‘lsa-da, ammo har biri mustaqil fuqaroviy-huquqiy shartnoma hisob- lanadi. Ayni vaqtda, fuqarolarning xonadonlarini qo‘riqlash shartnomasi:

  • o‘zining profilaktik yo‘nalishga ega ekanligi;

  • faqat texnik vositalardan foydalanish orqali bajarish mumkinligi;

  • fuqarolarga xizmat ko‘rsatish doirasidagi shartnoma ekanligi bilan ajralib turadi.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, fuqarolarning mulk va xonadonlarini qo‘riqlash shartnomasini tuzish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga doir umumiy qoidalarni hisobga olish zarur. Zero, ish va xizmatlar fuqaro va tashkilotlarga ko‘rsatiladigan huquqiy munosabat- larning obyektlari hisoblanadi.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin