Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə87/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Xonadonni qo‘riqlash shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Bu shartnomani tuzish taklifi (oferta), avvalambor, xonadon egasidan chiqadi, ya’ni uy egasi «Qo‘riqlash» bo‘limining boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng, bu xonadonni TQP (texnik qo‘riqlash
punkti)ga ulash ishlari amalga oshirilishi zarur va buning uchun ketgan xarajatlarni xonadon egasi qoplashi kerak. Javobgar xonadon egasi shart- noma amal qilayotgan davr ichida xonadonni qo‘riqlash uchun «Qo‘riq- lash» xizmati xodimlariga istagan vaqtida topshirishi mumkin.
Xonadonni qancha vaqt qo‘riqlashni xonadon egasi har bir holda alohida belgilaydi. Bu bir necha oy, hafta, kun yoki soat bo‘lishi mumkin. Xonadonni egalari uydan chiqib ketmay turib ham qo‘riqlash mumkin (masalan, kechasi). Amaliyotning ko‘rsatishicha, ushbu variant odatda ko‘proq qo‘llaniladi. Xonadonni qo‘riqlash dam olishga yoki ta’tilga ketayotgan shaxslar uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Xonadonni qo‘riqlash uchun to‘lov o‘zaro belgilangan tarif bo‘yicha har oyda amalga oshiriladi. Ya’ni «Qo‘riqlash» xizmatidan bir yilda bir oy (ta’til vaqtida) foydalanadigan xonadon egasi ham, har kuni (ishga, do‘konga, teatr va boshqalarga ketayotib) foydalanadigan xonadon egasi ham 12 oy uchun bir xil haq to‘laydi.
Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy prinsiplaridan biri – «kuchli ijtimoiy siyosat» prinsipi amalga oshirilayotgan bir paytda, kam ta’minlangan oilalar, urush qatnashchilari bilan tuziladigan o‘zaro qo‘riqlash shartnomalarida narxning belgilanishida imtiyozlar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, amaliyotda TQPga ulangan xonadonga signal bo‘yicha «Qo‘riqlash» xizmati xodimlarining o‘z vaqtida yetib kelmasli- gi hollari ham uchraydi. Buning oldini olish maqsadida, xonadonlarni qo‘riqlash shartnomalarini uzoqda joylashgan tuman ichki ishlar idoralari huzuridagi «Qo‘riqlash» bo‘limlari bilan emas, balki, qaysi tumanda joylashganligidan qat’i nazar, yaqinroqdagi «Qo‘riqlash» xizmati bilan tuzish yoki, hududiylik prinsipi buzilmasligi uchun, har bir aholi punkti- da TQP (texnik qo‘riqlash punktlari) tashkil etish, bu qoidani Namunaviy shartnoma bandlarida ham belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq.
Umuman olganda, qo‘riqlash shartnomasi tomonlarning xohish- irodasi, huquq va majburiyatlari bilan bir qatorda, javobgarligini ham ifodalovchi hujjat bo‘lganligi uchun, ularni yuridik va texnikaviy nuqtai nazardan to‘g‘ri rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki nafaqat qo‘riqlash shartnomalari, balki barcha shartnomalar sudda taraflar o‘rtasida bahs-tortishuv vujudga kelganda muhim dalil-isbot bo‘lishi bilan bir paytda, aybdor taraf javobgarlikdan qochib keta olmasligini, jabrlanuvchi taraf esa uning himoya vositasi ekanligini tushunib yetadi.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin