3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Bugun kreditning quyidagi asosiy turlari mavjud: tijorat krediti; bank krediti; iste’molchi krediti; davlat krediti; halqaro kredit.
Tijorat krediti – sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beradi- gan kreditidir. Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini to‘lash sharti bilan nasiyaga beriladi.
Bankkreditidabank va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning egalariga foiz to‘lash sharti bilan o‘z qo‘llarida jamlaydilar va o‘z nomidan qarz berib, foiz oladilar.
Iste’molchi kreditida tijorat banki iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Masalan, iste’molchi kredit kartochkalari.
Davlatkreditideganda, banklarning davlatga qarz berishi yoki davlatdan qarz olishi tushuniladi. Davlat krediti asosan davlat zayomi shaklida bo‘ladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo‘lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib olish va foiz to‘lashni kafolatlaydi.
Xalqarokredit–qarz kapitalining jahon miqiyosidagi harakati bo‘lib, bu harakat tovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berish bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonuniga ko‘ra, bank va mijoz- lar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnomaviy xususiyatga ega. Bank xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish va tartibga solishda fuqarolik-huquqiy shartnomalar qo‘llaniladi. Qonun hujjatlariga muvofiq, kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari
amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Kredit shartnomasining shakliga rioya qilmaslik kredit shartnomasi- ning yuridik ahamiyatga ega bo‘lmasligiga olib keladi. Kredit munosa- batlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlardan ko‘rinib turibdiki, yozma ravishda tuzilmagan shrtnomalar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb topiladi.
Kreditshartnomasihuquqiybelgilarigako‘ra,konsensual, ikki tomonlama va haq baravariga tuziladi.
Pul qarzga olinganida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tadi. Ashyo kreditga olinganida mulkiy huquqning ikki elementi, ya’ni mulkdan foydalanish va uni egallash huquqi bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tadi.
Ashyolarni kreditga berish to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomada berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti (maxsulot turi) to‘liqligi, sifati, idishi va o‘ralishi haqidagi shartlari ashyolarning oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qonun- larga muvofiq bajarilishi shart (FK 747-m.).
Kredit shartnomasining subyektlari: fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat.
Kreditshartnomasiningpredmeti– pul, qimmatbaho qog‘ozlar, iste’mol qilinmaydigan narsalar bo‘lishi mumkin.
Kredit o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan qarz shartnomasidan farq qiladi:
kredit shartnomasi bo‘yicha kreditor sifatida faqat bank yoki boshqa kredit tashkiloti (uning ustavida belgilangan bo‘lsa) qatnashadi;
kredit shartnomasi bo‘yicha kredit oluvchi kreditorga foizlar to‘lashi shart, ya’ni kredit foizsiz bo‘lmaydi;
kredit shartnomasi faqat yozma shaklda tuziladi. Kredit shart- nomasining yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
kredit shartnomasi real emas, balki konsensual shartnomalar guruhiga kiradi. Shu bois, shartnoma tuzilganidan keyin u taraflar o‘rta- sida huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Bunda shartnomaning bajarilmasligiga FK 746-moddasida belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yila- di, ya’ni kreditor qarz oluvchini to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butun- lay yoki qisman bosh tortishga haqli bo‘ladi.
Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazar- da tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shart- nomasida belgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kredit- dan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma bo‘yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to‘xtatish- ga haqli.
Kredit shartnomasi yoki kreditning quyidagi asosiy vazifalarini aytish mumkin:
pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (chek, sertifikat, veksel) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalik muomalasiga jalb etadi;
bo‘sh turgan pulni harakatdagi kapitalga aylantiradi, ya’ni pulni pul topadi qoidasiga amal qiladi;
kredit berish orqali ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tarmoqlarni rivojlantiradi;
kredit berish yoki uni undirish orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘bat- lantiradi.
Kreditning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlarini ham kuzatish mumkin. Bular quyidagilar:
kredit asossiz ravishda ko‘p berilsa, oqibatda pul muomalasi ko‘payib, milliy pulning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin;
agar davlat olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanmasa, o‘zining boshqa daromad manbalari (oltin va boshqa qimmatbaho narsalari)ni sotish hisobidan kreditni qaytarishiga olib kelishi mumkin.