Respublikasi ichki


Qarz shartnomasi yuzasidan da’volashish



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə94/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Qarz shartnomasi yuzasidan da’volashish


Qarz shartnomasi bo‘yicha nizo kelib chiqqan taqdirda taraflar shartnoma shartlari bo‘yicha nizoni o‘zaro hal qiladilar. Nizo o‘zaro hal qilinmasa, taraflar tegishli tartibda sudga (iqtisodiy sud, hakamlik sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sud) da’vo taqdim qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada ko‘rsatilgan miqdordan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan FK 737-modda 1-qismi talabi bo‘yicha da’volashishga haqli bo‘ladi.
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan da’volashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada ko‘rsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan deb hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, taraflar (qarz beruvchi, qarzdor) qonunda yoki shartnomada ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarini belgi- langan muddatda bajarishi lozim. Ayniqsa, qarzdor shartnomadagi tartib- ga rioya qilmasdan uning shartlarini buzsa, ma’lum darajada moddiy javobgar bo‘lishi mumkin.
Qarz oluvchi qarz summasining qaytarilishini ta’minlash yuzasidan qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuning- dek, qarzning ta’minoti qarz beruvchi javobgar bo‘lmagan vaziyatlarda yo‘qotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada bosh- qacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni to‘lashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.


    1. Kredit shartnomasi va uning turlari


Kredit tovar-pul munosabatlari sharoitidagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari yuzaga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi.


Kreditga iqtisodiy jihatdan ta’rif beradigan bo‘lsak, «kredit – vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir». Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmagan sharoitda tovarlar sotib olish va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi FK 744-moddasiga asosan, kredit shart- nomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olin- gan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Ushbu tushuncha kreditga fuqarolik huquqi asosida berilgan tarifdir. Kredit ham huquqiy, ham iqtisodiy mazmunga ega. Shuningdek, adabiyotlarda kreditga o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar sifatida ham ta’riflar berilgan. Biz kreditga huquqiy munosabat sifatida yondashamiz.
Mamlakatimizda kredit munosabatlarini huquqiy tartibga solishda bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respub- likasining Fuqarolik kodeksi (41-bob 2-paragrafi), «Ipoteka to‘g‘risi- da»gi, «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘ri- sida»gi, «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-sonli «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvarda- gi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruk- siya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida»gi Nizomi va ushbu sohaga oid boshqa bir qator qonun hujjatlarini keltirish mumkin.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin