Respublikasi ichki


bob. QARZ, KREDIT VA SUG‘URTA SHARTNOMALARI



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə91/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

bob. QARZ, KREDIT VA SUG‘URTA SHARTNOMALARI




    1. «Qarz shartnomasi» tushunchasi, ahamiyati va turlari


Qarz shartnomasi kishilik jamiyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlar hali u qadar rivojlanmagan paytdayoq shakllangan edi. Qarz ko‘rinishidagi dastlabki munosabatlar, kishilarning bir-birlariga moddiy ashyolarni qaytarish sharti bilan foydalanishga berish tarzida vujudga keldi. Keyinchalik, pul ixtiro qilinishi bilan qarz shartnomasi hozirgi ko‘rinishini olgan. Qarz shartnomasining bugungi huquqiy belgi- lari dastlab qadimgi Rimda paydo bo‘lgan. Kishilik jamiyati shakllanib, qarz shartnomasi nafaqat o‘zaro yordam va ishonch turi, balki, foyda ko‘rish vositasi sifatida ham keng qo‘llanila boshlangan. Jamiyatdagi boy kishilarning bergan qarzlari uchun foiz olishi ularga daromad keltira bordi va bu holat qarz shartnomasini keng qo‘llanilishi va takomil- lashuviga sabab bo‘ldi.


Bugungi bozor iqtisodiyotiga asoslangan sharoitda fuqaroviy-huquqiy shartnomalarning bir turi sifatida qarz shartnomasi ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Qarz shartnomasining ahamiyati barcha sohalarda, ayniqsa, kundalik ehtiyojlarda va tadbirkorlik faoliyatida ham muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-bobi «Qarz va kredit» deb nomlangan. FK 732-moddasiga asosan, qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish
majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasi taraflar o‘rtasida pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Qarz shartnomasiga asosan, qarz beruvchi qarz oluvchining egaligiga yoki operativ boshqaruviga pul sum- masini yoxud son, miqdor o‘lchovdagi mulkni (ashyoni) beradi. Qarzdor esa shartnoma shartiga ko‘ra olingan pul summasi yoki mulkni (ashyoni) qarz beruvchiga qaytarishi lozim bo‘ladi.
Qarzni qaytarish tartibi va muddati, qoidaga ko‘ra, tomonlarning kelishuvi bilan shartnomada ko‘rsatiladi. Agar qarzni qaytarish muddati
tomonlar kelishuvi bilan shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, FK 735-mod- dasining ikkinchi qismida belgilanganidek, qarz bergan tomon qarzini xohlagan vaqtda talab qilishga haqli va qarz oluvchi esa talab qilingan vaqtdan boshlab 30 kun ichida qarzini qaytarishga majbur bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvar- dagi 26-sonli qarori bilan «Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati» tasdiqlangan. Agar qarz oluvchi qarzni belgilangan muddatda qaytarmasa, qarz bergan shaxs talab etilgan hujjatlarni notarial idoraga taqdim etadi va notarial idora notariusi belgilangan tartibda ijro xatini yozadi. Mazkur ijro xati keyinchalik majburiy ijro byurosi xodimi, ya’ni davlat ijrochisi tomoni- dan ushbu qarzni qarzdorning foydasiga undirib berish uchun asos hisob- lanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan, notariusning ijro xati ijro etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatiga kiradi.
Qarz shartnomasi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni boshqa shartnomalardan o‘zining quyidagi huquqiy belgilari bilan farq qiladi:

  • bu shartnoma real (lotincha «res» so‘zidan olingan, «ashyo»,

«predmet» ma’nolarini anglatadi) shartnoma hisoblanadi. Buning ma’no- si shundaki, taraflar o‘rtasida shartnoma talabi bo‘yicha huquq va burch- lar, shartnoma predmeti bo‘lgan pul yoki ashyoni qarz beruvchi tomoni- dan qarz oluvchiga topshirish paytida vujudga keladi va shartnoma shu paytdan tuzilgan hisoblanadi. Konsensual shartnomalarda shartnoma oldin tuziladi (shu paytdan taraflarning huquq va majburiyatlari vujudga keladi) va uning predmeti esa keyinchalik topshiriladi. Real shartnoma ushbu xususiyati bilan «konsensual» shartnomalardan farq qiladi;

  • qarz shartnomasi bir tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi, chunki bu shartnomada bir tomon (qarz beruvchi) faqat huquqqa, ikkinchi tomon (qarz oluvchi) esa faqat majburiyatga ega hisoblanadi. Boshqacha aytganda, qarz beruvchi qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, qarzdor olgan pulni yoki ashyoni qaytarish majburiyatiga ega bo‘ladi. Ikki tomonlama shartnomalarda esa har ikkala tarafda ham huquq, ham majburiyat bo‘ladi;

  • qarz shartnomasi tekinga ham, haq baravariga ham tuzilishi mumkin. Agar qarz shartnomasi foizsiz bo‘lsa, tekinga tuzilgan, agar qarz shart-

nomasi foizli bo‘lsa, haq baravariga tuzilgan hisoblanadi. FK norma- lariga ko‘ra, qarz shartnomasi foizli yoki foizsiz tuzilishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda qarz shartnomasi fuqarolar o‘rtasida ko‘p hollarda foizsiz tuziladi. Sababi shariat qoidalariga ko‘ra foizli qarz sudxo‘rlik hisoblanadi va aynan mamlakatimiz fuqarolarining aksariyati musulmon diniga e’tiqod qilishini hisobga olib, foizli qarz shartnomasi juda kam hollarda tuzilayotganligini ta’kidlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 734-moddasida qarz shartnomasi bo‘yicha foizlarni belgilash tartibi nazarda tutilgan;

  • qarz shartnomasiga ko‘ra qarzdor olgan mulkidan foydalanib, ushbu mulkka nisbatan uning egalik qilish huquqi vujudga keladi. Qarz shartnomasi, ijara shartnomasidan farqli o‘laroq, qarzdor qarzga olgan ashyo (narsa)ning aynan o‘zini qaytarmaydi, balki xili, sifati, miqdoriga teng bo‘lgan boshqa ashyo (narsa)ni qaytarish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida esa ijarachi aynan ajaraga olgan ashyoni yoki mol-mulkni qaytarishi shart. Demak, qarz shartnomasida mulkka egalik qilish huquqi bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tadi. Ya’ni, qarzdor qarzga olgan narsa- dan o‘z ixtiyori va xohishiga ko‘ra egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi.

Qarz shartnomasining predmeti pul yoki moddiy alomatlariga ko‘ra, og‘irlik yoki o‘lchov miqdori bilan belgilangan narsalar (tugallanadigan ashyolar) hisoblanadi. Qoida bo‘yicha tugallanmaydigan ashyolar va mol- mulk qarz shartnomasining predmeti bo‘la olmaydi. Tugallanadigan va tugallanmaydigan ashyolar mazkur darslikning 4-bobida batafsil yoritilgan. Qarz shartnomasi oddiy yozma yoki notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi mumkin. Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshi- rilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Shuningdek, agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma
shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Qarz shartnomasi taraflaridan birining talabi bo‘yicha yoki taraflar- ning kelishuviga ko‘ra notarial idora tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Qarz shartnomasi notarial idora tomonidan tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy xohish va istaklarini, ya’ni shartnoma shartlarini
aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qiymati, qarzni qaytarish muddati va joyi, qarz majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari haqida notarius tomonidan taraflarga tushuntirilishi shart. Notarius tomonidan tushuntirilgan shartlar yoki majburiyatlar shartnomada o‘z aksini topishi lozim. Lozim bo‘lsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi ham mumkin. Notariuslar tomonidan «Notariat to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan notarius yuqoridagi hara- katlarni amalga oshirishda o‘z mustaqilligidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qilgan holda o‘z faoliyatini amalga oshiradilar. Ushbu qonunning 18-moddasiga muvofiq notarial idoralar jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushunti- rishga majburdirlar.
Qarz shartnomasi notarial idoralar tomonidan tasdiqlanayotganda, barcha yuridik harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi. Qarz shartnomasi bo‘yicha shartnoma tuzayotgan taraflardan biri kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra davlat notarial idorasiga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa holatlarda notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida, ya’ni taraflardan birining joylashgan yerida amalga oshirilishi mumkin.
Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida baja- rilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrida notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili ko‘rsatilishi lozim.
FK 734-moddasiga asosan qarz shartnomasida qarz bo‘yicha olingan mulk (ashyo)ning qaytarilishi nazarda tutiladi, qarz summasiga olinadi- gan foizlar miqdori shartnomada belgilanadi.
FK 327-moddasiga ko‘ra, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ular- ni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud
kreditorning talabini da’vo qo‘zg‘atilgan yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoida- lar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, qarz oluvchidan foizlar undirishda sud bir vaqt- ning o‘zida qarz summasidan davlat foydasiga soliq ushlab qolishi lozim. Qarz shartnomasini tuzishda tomonlar kelishuvi bilan qarzni qayta- rishni ta’minlash uchun biror ko‘char yoki ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish to‘g‘risida shartnomani ham tuzishlari mumkin. FK 271-modda-
siga ko‘ra, garov to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
FK 733-moddasiga binoan, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Hozirgi kunda fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasini og‘zaki tarzda tuzish holatlari ko‘proq uchrab turadi. Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdor- dagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘l- sa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi (FK 733-m).
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin