Obyektlarni qo‘riqlash shartnomasining taraflari normativ-huquqiy hujjatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining «Qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida namunaviy shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorining ilovasi bo‘lmish «Qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida Namunaviy shartnoma» qoidalarida nazarda tutilgan bir qator huquq va majburiyatlarga ega. Jumladan, buyurtmachi quyidagi huquq- larga ega:
ijrochidan belgilangan qo‘riqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;
xizmat ko‘rsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini to‘xtatish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilishini Ijrochidan talab qilish;
ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qo‘riq- lash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirov- kasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati bo‘yicha Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
ijrochining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda Ijrochidan ularni bartaraf etishni talab qilish;
ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish (Namunaviy shartnomaning 13-bandi).
Buyurtmachining majburiyatlari esa quyidagilardan iborat:
mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan (tegishli sana- dagi) ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga asosan qo‘riqlashga topshirila- digan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash bo‘yicha tadbir- larni bajarish, o‘z hisobidan texnik qo‘riqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri bo‘ylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yong‘inni o‘chirish vositalari va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni ta’mirlash;
har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor to‘sig‘i- dan belgilangan masofada (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
«Ijrochi» bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyekt- ning texnik mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanganini, shu jumladan, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, «Ijrochi»ni bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
belgilangan qo‘riqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qo‘riq- lash vositalarining tegishli holatini ta’minlash;
binoda rejalashtirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimi va ishlar profilini o‘zgartirish, moddiy qim- matliklarni saqlash joyini o‘zgartirish yoki yangilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini o‘tkazish, qo‘riqlash turini, postlar joylashuvini o‘zgartirish yoki qo‘shim- cha qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalarini o‘rnatish bo‘yicha tadbirlar- ning o‘tkazilishi haqida ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan shart- nomada kelishilgan muddatda ogohlantirish;
obyektda ish kuni yakunida qo‘riqlash signalizatsiyasini yoqish, u nosoz bo‘lganda bu haqda ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilmagunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qo‘riqlashga topshirish. Obyektni qo‘riqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan so‘ng obyekt qo‘riqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
obyektni, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qo‘riqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qo‘riqlash signalizatsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qo‘riqlanadigan binolarda elektr jihozlari, boshqa yong‘in manbalari yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qo‘riqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda «Ijrochi» va «Buyurtmachi» vakillari tomonidan imzolangan holda qo‘riqlashga topshirish;
maxsus jurnalda o‘z vakili tomonidan imzo qo‘yish yo‘li bilan obyektlarni, alohida xonalarni qo‘riqlashga topshirish, qo‘riqlash tuga- gandan so‘ng qo‘riqlashdan chiqarish;
qo‘riqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud bo‘lganda zudlik bilan ijrochini xabardor qilish va obyektga ijrochining vakili yetib kelguniga qadar ko‘rsatilgan joylarning daxlsizligini ta’minlash;
begona shaxslarga qo‘riqlash va signalizatsiya prinsiplari va tizimini, shuningdek, berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik;
ijrochining vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan, ularning o‘z vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish (Namunaviy shartnomaning 14-bandi).
Ijrochining huquqlari:
Buyurtmachidan obyektda o‘rnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
mazkur shartnomani tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan qo‘riqlash-texnika vositalarini joriy qilish bo‘yicha buyurtmachiga tavsiyalar berish (Namuna- viy shartnomaning 15-bandi).
Ijrochining majburiyatlari:
obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul marshrutiga) muvofiq qo‘riqlash naryadini joriy etish;
mazkur shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qo‘riqlashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qo‘riqlashni tashkil etish va ta’minlash;
qo‘riqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlan- gan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan hamda «Ijrochi» va «Buyurtmachi» vakil- lari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
propusk rejimi mavjud bo‘lgan obyektlarda kun davomida nazorat- dan o‘tkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini ta’minlash;
obyektni qo‘riqlash vaqtida joydagi yong‘in xavfsizligi qoidalari- ning bajarilishini ta’minlash;
obyektda yong‘in chiqqan yoki yong‘indan qo‘riqlash signaliza- tsiyasining ishlab ketgan hollarda zudlik bilan yong‘in bo‘limiga yoki buyurtmachiga xabar berish;
obyektga begona shaxslar kirib ketgani aniqlanganda zudlik bilan buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini ta’minlash;
yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan hollarda signalizatsiyaning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun buyurtmachining vakilini chaqirtirish, tekshirish natija- lari va obyektni qayta topshirish bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qo‘riqlash turlariga mos kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini ta’minlash;
obyektni qo‘riqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik bo‘yicha va qo‘riqlashning texnik vositalari bilan bog‘liq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida buyurtmachini xabardor qilish;
Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanishini, jumladan, yong‘indan qo‘riqlash signa- lizatsiyasini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, buyurtmachi tomonidan aniq- langan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari hamda ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda tomonlarning vakil- lari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochi tomonidan mazkur shartnoma talablarining har bir buzilishi bo‘yicha «Ijrochi» va «Buyurtmachi»ning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini tegishli choralar ko‘rish uchun ijrochining rahbariga berish;
qo‘riqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar to‘g‘risida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va buyurtma- chiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organining vakili yetib kel- gunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini ta’minlash (Namuna- viy shartnomaning 16-bandi).
Shunday qilib, qo‘riqlash shartnomasida ishtirok etuvchi taraflarning huquq va majburiyatlarini Namunaviy shartnomada belgilanganligi amaliyotda «Qo‘riqlash» xizmati bilan buyurtmachi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan qo‘riqlash shartnomalarining mukammal bo‘lishida muhim o‘rin tutadi.