Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə84/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Qo‘riqlash» xizmati tomonidan obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi. Ma’lumki, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida obyektlarni ko‘riqlash shartnomasining ahamiyati ortib bormoqda, chunki mamlakatimizda bozor munosabatlari tizimini rivojlantirish, uning huquqiy negizlarini takomillashtirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar doirasini, ularning huquq va imkoniyatlarini g‘oyat kengaytirdi.
Obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha qo‘riqlash bo‘limlari buyurtmachi tashkilot, muassasa, korxonalarning mulkini qo‘riqlash, belgilangan kirish-chiqish va ruxsatnomalar berish tartibini ta’minlash hamda moddiy boyliklarni saqlash majburiyatini; buyurtmachi tashkilot, korxona, muassasalar esa qo‘riqlash xodimlari xizmatlari uchun qulay sharoitlar yaratib berish va ularga belgilangan tarif asosida haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Qo‘riqlash shartnomalarini tuzish uchun taklif kiritayotgan buyurt- machi tashkilot, korxona va muassasalar quyidagi ikki talabga javob berishlari shart:
ular yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishlari kerak;
ular tuzayotgan qo‘riqlash shartnomalari o‘zlarining ta’sis hujjat (nizom, ustav va hokazo)lariga zid bo‘lmasligi lozim.
Obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi quyidagi fuqaroviy-huquqiy bel- gilarga ega:

  • obyektlarni qo‘riqlash shartnomalari konsensual shartnomalarga kiradi, chunki ular taraflarning huquq va majburiyatlarini o‘zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim darajada rasmiylashtirish davrida vujudga keladi;

  • shartnomada ishtirok etuvchi taraflar huquq va majburiyatlarining o‘zaro taqsimlanishiga ko‘ra, u ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan shartnomaga berilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ushbu shartnomada ikki taraf – buyurtmachi yuridik shaxs va «Qo‘riqlash» xizmati qatnashadi hamda har ikkalasi ma’lum huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi: buyurtmachi – obyekt- larni qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni talab qilish huquqi va buning uchun haq to‘lash majburiyatini, «Qo‘riqlash» xizmati esa – tegishli obyektni qo‘riqlash majburiyati va shartnomada kelishilgan xizmat haqini to‘lanishini talab qilish huquqini oladi;

  • obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi haq baravariga tuziladigan (pulli) shartnoma hisoblanadi. Bunda har doim «Qo‘riqlash» birlashmasi va uning joylardagi bo‘limlarining obyektlarni qo‘riqlash xizmati evaziga buyurtmachi muayyan miqdorda haq to‘laydi;

  • obyektlarni qo‘riqlash shartnomalari, boshqa fuqaroviy-huquqiy shartnomalardan farqli o‘laroq, profilaktik xususiyatga ega, chunonchi, bunday shartnomalar qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan.

Buyurtmachining tegishli moddiy boyliklarni qo‘riqlashni tashkil qilishi va amalga oshirishi obyektlarni qo‘riqlash shartnomasining predmeti hisoblanadi.
Ayrim hollarda, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlarni qo‘riqlash uchun IIV va tegishli vazirlik o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga binoan, «Qo‘riqlash» birlashmasi tomonidan shartnoma tuziladi. Masalan, davlat hududidagi bank idoralarini qo‘riqlash shartnomalari Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bank o‘rtasida o‘zaro tasdiqlangan qoidalarga asosan tuziladi. Ta’kidlash joizki, respublika ahamiyatiga ega va qo‘riq- lanishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Amaliyotda, ba’zi hollarda, qo‘riqlash xizmati bilan tashkilot, muas- sasa, korxonalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etishda obyektlarni to‘g‘ri baholash katta ahamiyat kasb etadi, ya’ni qo‘riqlanayotgan xona, ombor, qurilish inshooti kabilar mustaqil obyektmi yoki qo‘riqlanayotgan asosiy obyekt bilan bittami degan masalani xal etish qo‘riqlash xizmati- ning moddiy javobgarligi haqidagi muammoning hal etilishiga olib keladi.
Mavjud qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonasi o‘z hududida joy- lashgan va unga bo‘ysunadigan inshootlar bilan birga, uni qo‘riqlashga qo‘yilgan postlar sonidan qat’i nazar, bitta obyekt hisoblanadi. Masalan, baza, do‘kon, ustaxona, garaj, dorixona, restoran, oshxona, maishiy
xizmat ko‘rsatish korxonalari ularga tegishli bo‘lgan omborlar, bufetlar bilan birga bitta obyekt hisoblanadi.
Shuningdek, obyektlarni qo‘riqlash shartnomalarining predmeti, shartlari, qo‘riqlash usullari, subyektlari va boshqa xususiyatlariga qarab:

  • yuridik, tijoratchi va notijoratchi yuridik shaxslarga hamda yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlarga qarashli obyektlarni qo‘riqlash shartnomasiga toifalash mumkin.

Obyektlarni qo‘riqlash shartnomalarini shartnoma predmetiga, ya’ni qo‘riqlanadigan mulk shakliga qarab:

  • xususiy mulk hisoblangan obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi;

  • davlat mulki hisoblangan obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi va hokazo turlarga ajratish mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, qo‘riqlash shartnomalarining obyektlari qo‘riq- lanish usuliga qarab bir-biridan farq qiladi. Masalan, banklarni qo‘riqlash usuli oziq-ovqat do‘konini qo‘riqlash usullaridan farq qilishi tabiiy. Aytaylik, banklarni «Qo‘riqlash» xizmati xodimlari yordamida, oziq- ovqat do‘konini esa TQP (texnik qo‘riqlash punkti)dan foydalanib qo‘riq- lash mumkin. Lekin, muhofaza qilinishi nuqtai nazaridan, barcha obyekt- lar huquqiy jihatdan tengdir.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin