Respublikasi ichki


bob. ICHKI ISHLAR ORGANLARI HUZURIDAGI



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə83/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

bob. ICHKI ISHLAR ORGANLARI HUZURIDAGI


«QO‘RIQLASH» BO‘LINMALARI TOMONIDAN TASHKILOTLAR HAMDA FUQAROLARNING MULKLARINI QO‘RIQLASH SHARTNOMASI


    1. «Qo‘riqlash shartnomasi» tushunchasi, uning belgilari va xususiyatlari


Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha tarmoqlari singari xizmat ko‘rsatish va uning alohida turi sifatida


«Qo‘riqlash» xizmati tomonidan haq evaziga obyektlar va fuqarolarning xonadonlarini qo‘riqlash sohasiga oid shartnomaviy munosabatlarni zamon talablari asosida yanada takomillashuviga e’tibor qaratilib, ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-yanvar kunidagi «O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»1gi 16-sonli qaroriga asosan, 2014-yil 1-fevral- dan jismoniy va yuridik shaxslarga «qo‘riqlash» xizmati ko‘rsatuvchi boshqa subyektlar faoliyati tugatilib, ushbu faoliyatni amalga oshirish vakolati Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga berildi. Zero, qo‘riqlash shartnomalari obyektlarni va fuqarolarning xonadon- larini turli jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilishning zarur vositasidir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23 iyun kunidagi «Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»2gi 421-sonli qarori bilan sohada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur qarorga binoan, Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga davlat obyektlarining, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarning, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini tashkil etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Ushbu qarorning 1-ilovasi bo‘lmish «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati haqida»gi Nizomga binoan, qo‘riqlash xizmati bu – respublika ichki ishlar organlarining davlat obyektlarini,



1 Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси – http:/ / lex.uz.
2 Ўша манба.
o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etuvchi tarkibiy bo‘linmalari tizimidir.
Aytish mumkinki, «Qo‘riqlash» xizmati bilan tashkilotlar va fuqaro- lar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni normativ-huquqiy hujjat- lar va shartnomalar tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivoj- lantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 4-yanvar kunidagi «Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnomani tasdiqlash haqida»gi qo‘shma qaroriga binoan, «Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha Namuna- viy shartnoma» ishlab chiqilgan.
Qo‘riqlash shartnomasi deb, taraflardan biri («Qo‘riqlash» xizmati) shartlashilgan muddatda xizmatlar ko‘rsatish, ya’ni mulk yoki boshqa obyektni qo‘riqlash majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf (buyurtmachi tashkilotlar, fuqarolar) esa xizmatlarni qabul qilib olish hamda ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi. Mazkur shart- noma mohiyatan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalari turkumiga kiradi. Chunki obyektlarni, fuqarolarning xonadonlarini shartnoma asosida qo‘riqlash natijasida «haq evaziga xizmat ko‘rsatish» shartnomalarining obyekti bo‘lgan muayyan «harakat» yoki «faoliyat» amalga oshiriladi va qo‘riqlash shartnomalari orqali ko‘rsatiladigan bunday xizmat zamirida moddiy manfaatdorlik yotadi. Bunda xizmat ko‘rsatish (obyektlarni va fuqarolarning xondonlarini qo‘riqlash) natijasiga emas, balki unga olib kelgan «harakat»ga haq to‘lanadi. Qoidaga ko‘ra, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalari singari, qo‘riqlash shartnomalarini ham ommaviy shartnomalar turiga kiritish mumkin. Negaki «Qo‘riqlash» birlashmasi va uning joylardagi bo‘limlariga murojaat qilgan barcha shaxslarga qo‘riq- lash xizmati ko‘rsatiladi. Zero, haq evaziga tuziladigan shartnomalarning barchasi boshqa fuqaroviy-huquqiy shartnomalarga qaraganda, ijrochining javobgarlik doirasi yuqori darajada bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida tashkilotlar va fuqarolarning mulklarini qo‘riqlash shartnomasini huqu- qiy tartibga soluvchi huquqiy normalar mavjud emas. Lekin tashkilotlar va fuqarolarning mulklarini qo‘riqlashga oid shartnomaviy munosabatlar Fuqarolik kodeksining yuridik shaxslar nomli (4-bob), da’vo muddati nomli (12-bob), majburiyat huquqi nomli (III bo‘lim) boblari va
bo‘limlarining umumiy qoidalari va boshqa tegishli huquqiy normalari bilan tartibga solinadi.
Qo‘riqlash xizmati uchun tarif (qo‘riqlash xizmati uchun haq) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqila- di va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, 2017-yil 1-dekabr holati bo‘yicha xonadonlarni qo‘riqlash bir oyga – 17000 so‘m qilib belgilangan.
Qo‘riqlash shartnomalari qo‘riqlanayotgan obyektning turiga va xususiyatlariga qarab quyidagi ikki asosiy turga bo‘linadi:

  1. «Qo‘riqlash» xizmati tomonidan obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi;

  2. «Qo‘riqlash» xizmati tomonidan xonadon (uy)larni qo‘riqlash shartnomasi.


Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin