3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Qo‘riqlash shartnomasini amalga oshirishda taraflarning javobgarligi asoslari va shartlari
Ma’lumki, huquqiy davlatning muhim belgilaridan, ya’ni jamiyat hayotining eng muhim prinsiplaridan biri qonunning ustunligi hisobla- nadi. Uning mohiyati shundaki, «asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnash- chilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi»1. Bozor mexanizmining eng asosiy xususiyatlaridan biri xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi va to‘liq iqtisodiy mustaqilligi asosida qonun va shartnomalar intizomiga rioya qilish hisoblanadi. Qonun va shartnomalarning asosida esa ko‘p hollarda fuqarolar va yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi. Ta’kidlash joizki, shu davrga qadar nafaqat «Qo‘riqlash» xizmati, balki butun ichki ishlar organlari xodimlarining fuqaroviy-huquqiy shartnoma- lardan kelib chiqadigan javobgarliklari o‘rganilmasdan, xususan, ularning ma’muriy boshqaruv sohasidagi, ya’ni huquqqa xilof xizmat harakatlari uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlik shart-sharoitlari o‘rganilgan.
Shu bilan birga, tuzilgan qo‘riqlash shartnomalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik hollari mavjud bo‘lgani bois, bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasida fuqaroviy-huquqiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan. Mazkur moddaga asosan, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanma- gan bo‘lsa, javobgar bo‘ladi. Biroq qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Umuman olganda, fuqaroviy-huquqiy javobgarlik instituti asosan
«Qo‘riqlash» xizmati xodimlari mehnat majburiyatlarini buzganda qo‘l-
1КаримовИ. А.Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.
Т. 1. – Т., 1996. – Б. 321.
laniladi. Birinchidan, u yetkazilgan mulkiy zararni qayta tiklash xusu- siyatiga ega. Ikkinchidan, «Qo‘riqlash» xizmati faoliyatini takomillashti- rishning amaliy vositasi hisoblanib, nafaqat xodimning shaxsiy javob- garligi masalasini, balki «Qo‘riqlash» xizmati yoki uning joylardagi bo‘limlarining javobgarligini ham belgilab beradi. Zero, «Qo‘riqlash» xizmati o‘z faoliyatida muayyan belgilangan obyektni qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarga qarshi kurash majburiyatlariga ega bo‘lib, qonunchilikka rioya qilish bunda muhim o‘rin tutadi.
«Qo‘riqlash» xizmatining fuqaroviy-huquqiy javobgarligi nafaqat shartnomali, balki shartnomadan tashqari, ya’ni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin.
«Qo‘riqlash» xizmatining shartnomali javobgarligi, shartnoma shart- larini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazil- gan zararni undirishdan iborat. Bunday hollarda, ushbu javobgarlik tegishli qonun bilan tartibga solinishi va tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq belgilanishi lozim. «Qo‘riqlash» xizmati- ning shartnomadan tashqari, ya’ni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi Fuqarolik kodeksining 57-bobida ko‘rsatilgan «Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» instituti qoidalari bilan tartibga solinadi.
Ta’kidlash joizki, qarzdor aybsiz bo‘lsa, o‘z majburiyatini bajarol- may qolgan, deb topilishi uchun aybi yo‘qligini isbotlashi lozim. Shu bilan birga, qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha tomonlar o‘zlariga yuklatil- gan majburiyatlarini lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydi- gan (fors-major) vaziyatlar – tabiiy ofatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda holatlar tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olsalar, javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bunday hollarda esa majburiyatlarni bajarish muddati, amaldagi qo‘riqlash shartnomasiga binoan, favqulodda holatlar yuz bergan vaqt doirasida kechiktiriladi. Ammo qarzdorning puli yo‘qligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi.
Bundan tashqari, majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgar- likni bartaraf qilish yoki cheklash to‘g‘risidagi avvaldan kelishilgan shartnoma u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki qarzdorning olingan majburiyatini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi qonunga xilof harakat (harakatsizlik) hisoblanadi. Nafaqat
«Qo‘riqlash» shartnomasi bo‘yicha, balki umuman fuqaroviy-huquqiy
javobgarlikning yuzaga kelishi uchun quyidagi holatlar kelib chiqqan bo‘lishi talab etiladi:
qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik, ya’ni qo‘riqlash shart- nomasi shartlarini buzganlik (bajarmaganlik, ularga rioya qilmaganlik);
zararning mavjudligi;
v) qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik natijasida kelib chiqqan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlik bo‘lishi;
g) qarzdorning (yoki zarar yetkazuvchining) aybi bo‘lganligi. Albatta, fuqaroviy-shartnomaviy munosabatlar odatdagi normal kundalik muno- sabatlar bo‘lgani sababli, aybning namoyon bo‘lishi ham o‘z xususiyat- lariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-modda- siga asosan, qarzdor (shartnoma bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan shaxs) majburiyatni bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlashi, o‘zining aybsiz ekanligi faktini tasdiqlashi lozim.
Ta’kidlash joizki, fuqarolik huquqida yuridik javobgarlik shakllarini bir-biridan ajratish borasida yagona konstruksiya yo‘q bo‘lib, xususan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik asoslari va majburiyatlarini buz- ganlik uchun javobgarlik asoslari bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, bu borada huquqshunos olim O.Oqyulov fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortish asoslarining tarkibiy qismi sifatida «javobgarlik subyektining mavjud bo‘lishi lozim»ligini ta’kidlaydi.
Qo‘riqlash shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatning bajaril- maganligi natijasida ikkinchi tarafga zarar yetkazish barcha hollarda huquqqa xilof harakat deb topiladi. Zero, qarzdor xatti-harakatining huquqka xilof ekanligini belgilash vaqtida qanday shartlar mavjud bo‘lganligini aniqlash juda muhim. Chunki, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishini, shartnoma intizomiga rioya qilinishini ta’minlash iqtisodiy-huquqiy jihatdan g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Agar qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha taraflarning talabi yetkazilgan zararni undirishga qaratilgan bo‘lsa, qarzdor faqat aybli deb topilgan hollardagina mulkiy javobgarlikka tortiladi. Ba’zi hollarda qarzdor o‘zining aybi uchungina emas, balki boshqa shaxsning harakati uchun ham javobgar deb topilishi mumkin. Masalan, Fuqarolik kodeksining 334-moddasiga muvofiq, uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarz- dor javobgar hisoblanadi. Ya’ni qarzdor uchinchi shaxsning aybi orqali olgan majburiyati bajarilmaganligi uchun kreditor oldida javobgardir.
Chunonchi, obyektlarni qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha tomonlardan biri – xo‘jalik organi yuqori turuvchi organning aybi bilan shartnoma shartlariga muvofiq, o‘z vaqtida «Qo‘riqlash» xizmatiga pul to‘lamasa yoki tegishli bankdagi hisob-varag‘iga pul o‘tkazmasa, qo‘riqlash xizmati esa xodimlarning aybi bilan olgan majburiyatlarini bajarmasa, buning uchun mulkiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Darhaqiqat, qo‘riqlash shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik fuqaroviy-huquqiy javob- garlikning kelib chiqishiga, ya’ni shartnoma majburiyatini aybli holda bajarmagan tomon javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksining 333-moddasida ko‘rsatilganidek, ayb qasd yoki ehtiyotsizlik (beparvolik) shaklida bo‘lishi mumkin.
Aybning qasd shaklida shaxs tuzilgan «Qo‘riqlash» shartnomasi orqali olgan majburiyatlarini bila turib lozim darajada bajarmaydi. «Qo‘riq- lash» xizmati va buyurtmachi (tashkilotlar va fuqarolar)ning shartnoma majburiyatlarini qasddan bajarmasligi ularning fuqaroviy-huquqiy javob- garlikka tortilishiga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shakli yoxud darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qarzdor shartnoma majburiyatini bajarmaganlikda yoki lozim darajada bajarmaganlikda aybdor deb topil- sa, kelib chiqqan zararni, aybona (neustoyka)ni to‘lashga majbur bo‘ladi. Chunki, qo‘riqlash shartnomasi asosida kelib chiqqan majburiyatni bajar- maslik yoki lozim darajada bajarmaslik shartnoma intizomini buzish hisoblanadi. Uning natijasida kreditorga nafaqat moddiy, balki ma’naviy zarar ham yetkaziladi. Chunonchi, bunday holatlar fuqarolarning xona- donlarini qo‘riqlash shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarma- ganlikda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ayniqsa, «Qo‘riqlash» xizmatining yuridik shaxs sifatidagi aybini aniqlash uning javobgarligini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni bu o‘rinda ayb to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaroning emas, balki yuridik shaxsning aybi ko‘rinishiga ega.
Bundan tashqari, amaliyotda «Qo‘riqlash» xizmatining xodimlari yoki vakillari shartnomaviy majburiyatlarni buzishlari (noqonuniy buyruq, qonunga xilof shartnomani tuzish yoki imzolash, bajaruvchiga tegishli xabarni o‘z vaqtida yetkazmaslik va hokazo) natijasida mulkiy munosa- batlarning boshqa ishtirokchilariga zarar yetkazilishi mumkin. Ammo xodim to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazgan taqdirda ham sud yuridik
shaxsni mulkiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Shu bilan birga, bu o‘rinda javobgarlikka tortishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazuvchining emas, balki yuridik shaxsning aybi muhim.
Shu o‘rinda, «Qo‘riqlash» xizmati va uning joylardagi bo‘limlari bilan buyurtmachi korxona, tashkilot, muassasalar o‘rtasida tuzilgan qo‘riqlash shartnomasi shartlarining u yoki bu sababga ko‘ra bajaril- masligi natijasida kelib chiqqan nizolar qaysi sudda ko‘rilishi va qanday tartibda hal etilishi haqida savollar tug‘ilishi tabiiy.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqaroviy-huquqiy munosabat subyektlarining huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, fuqaroviy-huquqiy shartnomalarning subyekt- larini sudda huquqiy himoya qilish qonuniy asosga ega. Bunda, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari muhim o‘rin tutadi. Xususan, Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko‘ra, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish sudlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Shu bois, «Qo‘riqlash» birlashmasi va buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida tuzilgan qo‘riqlash shartnomalari yuzasidan kelib chiqadigan xo‘jalik nizolari iqtisodiy sudlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida hal etiladi.
Sudlar «Qo‘riqlash» shartnomasiga oid nizolarni hal etishda shartnoma va to‘lov intizomini mustahkamlashga, tadbirkorlik sohasida huquqiy madaniyatni oshirishga, qo‘riqlash shartnomasi ishtirokchilari- ning huquq va majburiyatlarini ifoda etuvchi va majburiyatlarni bajar- maganlik uchun mulkiy javobgarlikni belgilovchi asosiy hujjat bo‘lib qolishiga har tomonlama ko‘maklashishlari va fuqaroviy-huquqiy javob- garlik choralarini qo‘llashda shartnoma subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini tegishincha himoya etishlari, tomonlarning buzilgan huquqlari tiklanishini ta’minlashlari kerak. Zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda shuni e’tiborga olish kerakki, mavjud zarar tarkibiga faqatgina tegishli shaxs tomonidan aniq yetkazilgan zararlargina emas, balki shaxsning buzilgan huquqini tiklashi uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar ham kiradi (FK 14-m. 2-q.).
Shu bilan birga, Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga muvofiq, agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatlarini buzish oqibatlariga nomutanosibligi aniq ko‘rinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli.
Ma’lumki, shartnomada, taraflarning majburiyatlarini bajarishini ta’min- lash maqsadida shartlar buzilgan taqdirda javobgarlik nazarda tutiladi.