Qo‘riqlashshartnomasibo‘yichatomonlarningmulkiyjavobgar-liklari fuqaroviy-huquqiy javobgarlikning umumiy asoslaridan tashqari, Namunaviy shartnomada belgilangan quyidagi maxsus shartlarning bo‘lishini taqozo etadi:
shartnomada ko‘rsatilgan summa Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechik- tirilgan kun uchun to‘lov summasining shartnomada kelishilgan foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning miqdori shartnoma bahosi- ning 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas;
Ijrochining xodimi postda turmaganligi uchun Ijrochi Buyurtma- chiga bir kunlik qo‘riqlash xizmati narxining 15 foizi miqdorida jarima to‘laydi;
Ijrochi mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi;
mazkur shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash tomonlarni shartnomada ko‘rsatilgan majburiyat- larini bajarishdan ozod etmaydi.
Qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha yetkazilgan zararni undirish uchun zarar ko‘rgan taraf, zarar aynan majburiyat bajarilmaganligi natijasida yetkazilganligini, uning miqdorini hamda ikkinchi tarafning aybi borligini isbotlab berishi lozim. Demak, qo‘riqlash shartnomasi bo‘yicha, bir tarafga zarar yetkazilishi ikkinchi tarafni javobgarlikka tortishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Lekin ba’zi hollarda, ayb bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, majburiyat buzilganligi uchun javobgarlik vujudga keladi.