Mol-mulkdan foydalanish mulk ijarasi shartnomasining asosiy
mazmunini belgilaydi. Shu sababli qonun ijaraga oluvchiga ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish bo‘yicha talablarni qo‘yadi va bu ta- lablar mol-mulkni saqlanishini hamda ijaraga beruvchi manfaatlarining himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Agar shartnomada ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish shartlari belgilangan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkdan vazifasi- ga muvofiq foydalanishi lozim. Vazifasiga nomuvofiq holda mol- mulkdan foydalanishga – ofis uchun berilgan binodan yashash yoki omborxona yoxud ishlab chiqarish va shu kabi maqsadlarda foyda- lanishni misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlarning ijaraga oluvchi tomoni- dan buzilishi ijaraga beruvchining talabiga ko‘ra (yetkazilgan zararlarni qoplatgan holda) mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor
qilinishiga asos bo‘ladi. Bunda shartnomani bekor qilish haqida talab qo‘yilishidan oldan yozma ravishda ijaraga oluvchini ogohlantirish lozim. Ushbu ogohlantirishda ijaraga oluvchi tomonidan oqilona muddatda mol- mulkdan foydalanish tartibi buzilishi holati bartaraf qilinishi, agar ushbu talablar bajarilmasa, ijaraga oluvchi tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplatgan holda ijaraga beruvchining muddatidan oldin shartnomani bekor qilish maqsadi ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Ijaraga beruvchining va ijaraga oluvchining talabi bo‘yicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
asoslarivaoqibatlari FK 382-modda 2-qismida shartnoma bo‘yicha taraflardan biri shart- nomani jiddiy ravishda buzsa, ikkinchi tarafning talabi bilan shartnoma sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
FKning 551 va 552-moddalarida mulk ijarasi shartnomasi taraf- laridan birining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish asoslari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ijaraga oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmasa, ijaraga beruvchi sud tartibida quyidagi hollarda shartnomani bekor qilinishini talab qilishi mumkin:
ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol- mulkdan shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa;
mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa, bu o‘z navbatida ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatini buzish natijasida yuz beradi;
shartnomada belgilangan to‘lov muddatini ketma-ket ikki marta- dan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lamasa;
qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq kapital ta’mirlash majburiyatini amalga oshirmasa. Ushbu majburiyat ijaraga oluvchi zimmasiga faqat qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda yuklatilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘rtta asos imperativ norma bo‘lib, taraflar kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas. Bunda taraflar shartnomada mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish asoslarini nazarda tutishlari mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan asoslardan birining mavjud bo‘lishi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilish uchun yetarli bo‘lib hisoblanadi.
Ijaraga beruvchi sudga shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilib murojaat qilishidan oldin ijaraga oluvchini oqilona muddatda majburiyatlarni bajarishi zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda sudga murojaat qilinguncha ijaraga oluvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf etish muddati o‘tgan bo‘lishi lozim.
Sud tartibida ijaraga oluvchi, asosan, ijaraga beruvchi tomonidan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun mulk ijarasi shartnomasini bekor qilishni quyidagi hollarda talab qilishi mumkin:
ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga to‘sqinlik qilsa;
ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklar bo‘lib, ushbu kamchiliklar uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lmagan hollarda;
ijaraga oluvchi javobgar bo‘lmagan holatlar tufayli mol-mulk foy- dalanishga yaroqsiz bo‘lib qolsa. Ushbu holatda so‘z mol-mulkni yaroqsiz bo‘lib qolishi tasodifiy holatlar yoki yengib bo‘lmas kuch ta’si- rida yuz berishi haqida boradi. Vaholanki, mol-mulkni yaroqsiz bo‘lib qolishi ijaraga beruvchi tomonidan kapital ta’mirlash ishlarini bajarmas- lik oqibatida ham kelib chiqishi mumkin.
Ijaraga beruvchi tomonidan mol-mulk ijaraga topshirilayotgan vaqtda ushbu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari mavjudligi haqida ijaraga oluvchini ogohlantirmasligi ijaraga oluvchining talabiga ko‘ra mulk ijarasi shartnomasini sud tartibida bekor qilishga asos bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha asoslar imperativ xarakterga ega. Mulk ijarasi shartnomasida taraflar tomonidan ijaraga oluvchining talabi- ga ko‘ra shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning qo‘shimcha asoslari belgilanishi mumkin.
FKning ijara shartnomasiga oid normalari mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha munosabatlar barqaror bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan. Bunda shartnomaning har ikkala tarafining manfaatlari yetarli darajada ta’minlanadi.
Ijaraga oluvchining manfaatlari boshqa shaxslar oldida yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
Ijaraga beruvchining manfaatlari esa qonunda ijaraga oluvchi muayyan shartlarga rioya qilgan hollarda imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi belgilanishi bilan ta’minlanadi. Ushbu shartlarga rioya qilinmasa, u holda ijaraga beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli.
Ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini yangi muddatga tuzishda imtiyozli huquqi quyidagi shartlarga rioya qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin:
avval tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni lozim darajada bajarganlik. Bular jumlasiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida haq to‘lash (FK 544-m.), mol-mulkdan shartnoma shartlariga (mol-mulkning vazifasiga) muvofiq foydalanishi (FK 545-m.), mol- mulkni soz holda saqlashi, joriy ta’mirlashni amalga oshirishi va mol- mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirishi (FK 548-modda) kabilar kiradi. Ijaraga oluvchi tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmas- ligi, shu jumladan, FKning 551-moddasida nazarda tutilgan majburiyat- larni bajarmagan hollarda u imtiyozli huquqdan mahrum bo‘ladi;
boshqa shaxslar bilan sharoitlar teng bo‘lgan hollarda mulk ijarasi shartnomasini tuzishga tayyor bo‘lishi. Bu mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdorida (FK 544-m.), mol-mulkni kapital ta’mirlashni amalga oshirishi (FK 547-m.), ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan ajratilishi mumkin bo‘lgan yaxshilashlar taqdiri (FK 555-m.) va shu kabilar daxldor bo‘lishi mumkin;
ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida bel- gilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan bo‘l- masa, shartnomaning amal qilishi tamom bo‘lguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Oqilona muddat bo‘lishi uchun ushbu muddat yangi muddatga ijara shartnomasini tuzish imkonini berishi lozim.
Ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini dastlabki shartlarda nomuayyan muddatga tuzish huquqi quyidagi shartlarga rioya qilinganda amalga oshirilishi mumkin:
shartnoma muddati tugagandan so‘ng ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish davom etsa;
ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchining mol-mulkdan foydalanishda davom etishiga e’tiroz bildirmasligi.
FK 540-moddasiga ko‘ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasining har ikki tarafi ham yozma ravishda ulardan birining
talabi bilan bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa uch oy oldin ogoh- lantirgan holda istagan paytida shartnomadan voz kechishi mumkin.
Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchi- ning imtiyozli huquqi haqidagi qoida dispozitiv bo‘lib, boshqacha qoida qonun yoki shartnomada nazarda tutilmagan hollarda qo‘llaniladi. Masalan, ko‘rsatilgan qoida prokat shartnomasiga (FK 559-m.), transport vositalari ijarasi shartnomasiga (FK 564-m.) qo‘llanilmaydi.
Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzish taraflarga uning shartlarini o‘zgartirish huquqidan mahrum qilmaydi va bu holat FKning 354-moddasi qoidasiga mos keladi.
Agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlarga ijaraga oluvchi tomonidan rioya qilingan bo‘lsa, ijaraga beruvchi ijaraga oulvchiga yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishni rad qilishi mumkin emas. Ushbu qoida shartnoma muddati tugagandan so‘ng bir yil davomida amal qiladi.
Agar ko‘rsatilgan muddatda ijaraga beruvchi ushbu mol-mulk yuzasidan mulk ijarasi shartnomasini dastlabki ijaraga oluvchi bilan emas, balki boshqa shaxs bilan tuzgan bo‘lsa, u holda noqulay oqibatlar kelib chiqadi. Ijaraga oluvchi boshqa ijaraga oluvchini yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishga majbur qilishni hamda yetkazilgan zararlarni qoplashni so‘rab sudga murojaat qilishga haqli. Ijaraga oluvchi yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishni rad qilganlik uchun o‘ziga yetkazilgan zararni qoplash bilan cheklanishi ham mumkin.