Respublikasi ichki


Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va majburiyatlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə72/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va majburiyatlari


Shartnomada qatnashuvchi taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi deb atalib, o‘z navbatida, ular fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat bo‘lishi mumkin. Hadya fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma bo‘lgani bois, hadya qiluvchi va hadya oluvchi muomala layoqatiga ega bo‘lishi lozim. Ba’zan muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar nomidan shartnoma- larni ularning qonuniy vakillari tuzadilar.
Ayni paytda qonunchilikda istisno holat ham mavjud bo‘lib, ya’ni FK 29-moddasi 2-qismi 2-bandiga asosan, olti yoshdan o‘n to‘rt yosh-
gacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar tekin manfaat ko‘rishga qaratil- gan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qil- maydigan bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘zlari mustaqil ravishda hadya qiluvchi va hadya oluvchi sifatida qatnashib, shartnomani o‘z stipendiyalari, ish haqlari va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlari miqdorida tuzishlari mumkin. Lekin ular mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyolarni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Bunday bitimlarni amalga oshirish uchun u qonuniy vakil- larining roziligini olishi kerak. Chunki hadya ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi, yashirin daromadlarga ega bo‘lishiga olib kelishi, pirovardida ularning huquqlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayrim shaxslarga hadya shartnomasini tuzishda rad qilish va chegaralash qo‘yilgan (FK 505-moddasi tartibida).
Qonun er-xotinlar o‘rtasida hadya shartnomasi tuzilishini chekla- maydi. Hadya qilingan mol-mulk, ashyo yoki mulkiy huquq hadya oluv- chining shaxsan o‘zigagina tegishli bo‘ladi. Aytaylik, er-xotinning nikoh davomida (yoki nikohga qadar) hadya hisobiga orttirgan mol-mulklari ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi. Binobarin, undan haq undi- rishga yoki boshqacha tarzda o‘zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Shartnoma yuzasidan taraflarning huquq va majburiyatlari uni bajarishdan bosh tortib, hadyani bekor qilish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq. Umumiy holda, hadya bo‘yicha hadya qiluvchi mulkni yoki unga nisbatan bo‘lgan mulkiy huquqni hadya oluvchiga topshirishga, hadya oluvchi esa uni qabul qilib olishga majburdir. Biroq ayni paytda, quyidagi hollarda:
birinchidan, hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomon- lashganligi tufayli, u kelgusida hadya oluvchiga ashyoni yoki mulkiy huquqni yoxud mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shart- nomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Lekin hadya qiluvchining bunday ahvolga tushib qolishi oldindan ma’lum bo‘lmasligi lozim;
ikkinchidan, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari- ning yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilingan hollarda hadya qiluvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqlidir (bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yo‘l qo‘yiladi).
Shuni aytish kerakki, yuqoridagi asoslar hadya qiluvchining aybini istisno etgani sababli, uning hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortishi hadya oluvchiga bu bilan bog‘liq zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi.
Hadya bo‘yicha taraflarning subyektiv huquq va majburiyatlari hadyani bekor qilish va undan voz kechish bilan uzviy bog‘liq. Masalan, hadya oluvchi hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin:

  • ashyoning nobud bo‘lishi tufayli;

  • ashyo fuqarolik muomalasida bo‘lmagani tufayli (FK 82-m.);

  • va’da qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar mavjud bo‘lsa.

Bunday majburiyatlar, odatda, bajarish mumkin bo‘lmagani tufayli bekor qilinadi. Biroq ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki ehtiyotsiz- ligidan sodir etgan harakatlari oqibatida nobud bo‘lsa, u hadya oluvchiga yetkazgan zararlarni qoplash majburiyatini oladi.
Hadya qiluvchining subyektiv huquqlari hal qiluvchi rol o‘ynagani va shaxsga tekinga o‘tkazilgani bois, ushbu munosabatlarda qonunchilik hadya qiluvchiga bir qator ustuvorliklar beradi. Chunonchi, agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadyani sud tartibida bekor qilishga haqli. Demak, bu hadya oluvchining hadyaga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lishini va uni saqlash majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon qilinishdan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Bu holat, shubhasiz, kreditorlar manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin. Bu jihatdan hadya shartli bitimlar sirasiga kiritiladi.
Hadya bekor qilingan hollarda ashyo hadya qiluvchiga, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatida saqlanib qolgan bo‘lsa, qaytarilishi lozim. Hadya oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o‘z tasarrufi- da qoladi. Agar ashyo uchinchi shaxslarga o‘tkazilgan bo‘lsa, uni qayta- rishning imkoni bo‘lmaydi. Bordi-yu, hadya qiluvchi hadya oluvchining hadyani qaytarib bermaslik uchun uchinchi shaxslarga o‘tkazganligini
isbotlasa, u hadya oluvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘ladi. Agar ashyo taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida hadya qiluvchi- ga qaytarilgudek bo‘lsa, bunday kelishuvni yangidan tuzilgan hadya deb tushunish mumkin.
Hadya tekinga tuziladigan shartnoma bo‘lgani bois hadya oluvchi topshirilayotgan mulkning sifatsizligi haqidagi talablarni qo‘yishga haqli emas. Albatta, topshirilayotgan ashyo sifatsiz, butsiz, uning kamchiliklari bo‘lishi mumkin, biroq bu hadya oluvchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol- mulkiga zarar yetkazmasligi kerak. Mazkur hollarda hadya qiluvchining bu haqda hadya oluvchini ogohlantirgani isbot qilinishi talab etiladi.
Hadya shartnomasining o‘ziga xos jihatlaridan biri bu hadya va’da qilinganda huquqiy vorislikdir. FK 510-moddasi mazmuniga ko‘ra, hadya shartnomasiga muvofiq hadya va’da qilinganda hadya oluvchining huquqlari uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari)ga o‘tmaydi, hadya berishni va’da qilgan shaxsning majburiyatlari esa uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari)ga o‘tadi. Demak, hadya qilishda hadya beruvchining va’dasi muayyan huquqiy ahamiyatga ega, ya’ni u kelgusida fuqarolik huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin