Xayr-ehson hadyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda qilinadigan hadya umumfoydali maqsadlarga xizmat qilishi bilan xarakterlidir. Demak, xayr-ehson keng ommaning umumfoydali maqsadlarini amalga oshirish uchun qilinadi. Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat subyektlariga (davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga, xayriya, ilmiy va o‘quv muassasalariga, fondlarga, muzeylarga, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlarga va boshqa shunga o‘xshash subyektlarga), shuningdek, fuqaro- larga va davlatga qilinishi mumkinligini normalaydi. Xayr-ehson qilin- gan mol-mulk kelgusida uni qabul qilib olgan shaxsning mablag‘lari jumlasiga kiradi, uning operativ boshqaruviga o‘tadi. Jumladan, amal- dagi (2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan) «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning 26-moddasi,
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1998-yil 1-mayda qabul qilingan) qonunning 15-moddasi mazmuniga ko‘ra, fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlari mazkur yuridik shaxslar mol-mulkining tashkil topish manbalaridan hisoblanadi va ular tomoni- dan tegishli tartibda mustaqil tasarruf etiladi.
Xayr-ehsonning predmeti fuqarolik muomalasida bo‘lgan obyektlar, ya’ni pullar, qimmatli qog‘ozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshoot- lar (ularning bir qismi), avtomobillar va hokazolar bo‘lishi mumkin. Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning (ya’ni, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Xayr-ehson qilingan mol-mulk bir qator shartlar asosida amalga oshiriladi. Chunonchi:
birinchidan, xayr-ehson qiluvchilar mol-mulkni topshirayotganda undan ma’lum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qo‘yishi lozim. Masalan, xayr-ehson predmeti tarixiy obidalarni ta’mirlashga safarbar etilishi tayinlanishi mumkin. Bunday shart qo‘yilmasa, u oddiy hadya deb hisoblanadi va undan hadya oluvchi mol-mulkning vazifasiga muvo- fiq foydalanadi;
ikkinchidan, aniq maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan xayr- ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mol- mulkdan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohi- da ro‘yxatini yuritishi lozim;
uchinchidan, vaziyat jiddiy o‘zgarganligi bois bunday mol-mulkdan ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lmasa, undan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, agar mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan bo‘lsa yoki xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa, bunday hollarda sudning qaroriga muvofiq foydalanish mumkin.
FK 511-moddasi mazmuniga ko‘ra, xayr-ehson qilingan mulkdan ko‘rsatilgan maqsadda foydalanmaslik kelgusida xayr-ehson qiluvchiga, uning merosxo‘rlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi.