Respublikasi ichki


Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va majburiyatlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə69/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va majburiyatlari Ayirboshlash shartnomasida qatnashuvchi taraflarning har biri bir vaqtning o‘zida ham sotuvchi, ham sotib oluvchi hisoblanadi. Bu bilan u oldi-sotdi shartnomasiga o‘xshab ketsa-da,. bir mulk ikkinchisiga pulsiz almashtirilishi bilan farq qiladi. Ayni paytda ayirboshlash oldi-sotdiga o‘xshashligi tufayli, unga nisbatan baho va xarajatlar haqidagi qoidalar-
dan tashqari, oldi-sotdini tartibga soluvchi barcha qoidalar qo‘llanaveradi.
Bozor munosabatlari sharoitida ba’zi hollarda tovar ishlab chiqa- ruvchilar va tadbirkorlar bilan iste’molchilar o‘rtasida fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi asoslardan biri sifatida ayirboshlash (barter) shartnomasidan foydalaniladi. Barter bitimi ital. «baratare» – ayirboshlamoq; ing. «barter transaction» ayirboshlash kelishuvi so‘zidan olingan bo‘lib, ayirboshlash shartnomasi, mavoza deb ham yuritiladi1. U, ayniqsa, bozor tizimiga o‘tish davrida o‘zaro hisob-kitoblar yaxshi yo‘l- ga qo‘yilmagan davr uchun xarakterlidir. Valuta beqaror bo‘lgan hozirgi zamon xalqaro savdosida yanada keng tarqalmoqda. Barter bitimi vaqti- da pul to‘lovlarining yo‘qligi tovar yetkazib berish baholarini va ularni pul shaklida hisobga olishni istisno qilmaydi.
Shartnomada taraflar sifatida jismoniy va yuridik shaxslar qatna- shishi mumkin. Yuridik shaxslarning bu boradagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi «Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari bo‘yicha tartib buzilishlari va suiiste’molliklarga chek qo‘yish to‘g‘risida»gi PF-616-son farmoni va





1 Ўзбекистон юридик энциклопедияси. – Т., 2009. – Б.47.
2017-yil 11-sentabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi gi qonuni bilan mustahkamlangan.
Shartnomada qatnashuvchi taraflar bir paytning o‘zida ham sotuvchi, ham sotib oluvchi sifatida qatnashadi. Shuning uchun ham shartnomada qat- nashuvchi taraflar deyarli bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha taraflar:

  • ayirboshlanayotgan tovarni o‘z vaqgida, kelishilgan tartibda qabul qilib olish;

  • qabul qilingan tovar evaziga ayirboshlanishi lozim bo‘lgan tovarni o‘z vaqtida topshirish;

  • topshirilayotgan tovarlarning sifati, assortimenti, yaxshi bo‘lishini ta’minlash kabi majburiyatlarga egadirlar.

Shartnoma majburiyatlarini muqobil ravishda bajargan taraflar ikkinchi tarafdan tovarning topshirilishini; shartnoma shartlari qo‘pol ravishda buzilgan bo‘lsa, xususan, sifatsiz tovar ayirboshlangan, tovarni topshirish muddati uzrsiz uzoq muddatga kechiktirilgan hollarda bir taraf shartnomani bekor qilishga haqlidir.
Ayirboshlash shartnomasi shartlari taraflar tomonidan to‘liq bajaril- gan bo‘lsa, har ikkisida ham tovarlarga nisbatan mulk huquqi vujudga keladi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin