Respublikasi ichki


Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarlik holatlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə67/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarlik holatlari


Oldi-sotdi shartnomasida qatnashuvchi har ikkala taraf qonun yoki shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgardir.
Sotuvchi quyidagi holatlarda xaridor oldida javobgar:

  1. sotilgan tovarni topshirmasa yoki topshirishni kechiktirsa;

  2. sotilayotgan tovarda uchinchi shaxslarning huquqlari mavjudligi haqida xaridorni ogohlantirmasa;

v) sotilayotgan tovar miqdori, assortimenti haqidagi shartlarni buzsa yoki sifatsiz tovar sotsa.
Sotib oluvchi ham, o‘z navbatida, sotuvchi oldida quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi:

  1. sotilgan tovar uchun haqni to‘lamasa yoki to‘lashni kechiktirsa;

  2. sotilgan tovarni o‘z vaqtida qabul qilib olmasa yoxud qabul qilib olishni kechiktirsa.

Taraflar yuqoridagi holatlardan biri sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda ularga nisbatan fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralari qo‘lla- niladi. Bunday choralar majburiyatni bajarish va zararlarni qoplash, shartnomadan bir tomonlama bosh tortish va zararlarni qoplash ko‘ri- nishida bo‘lishi mumkin.
Umumiy qoida bo‘yicha sotuvchi xaridorga sotilayotgan tovarning kamchiliklari haqida ogohlantirmog‘i lozim.
Sotilgan tovardagi kamchiliklar uchun sotuvchining qay hollarda javobgar bo‘lishi hujjatlarda belgilab qo‘yilgan.
Sotilayotgan tovarlar sifati lozim darajada bo‘lishi uchun sotuvchi xaridor oldida mas’uldir. O‘zbekistan Respublikasining «Standartlashti- rish to‘g‘risida»gi (2009-yil 3-aprel), «Metrologiya to‘g‘risida»gi (1993-yil 28-dekabr), «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi (2008-yil 9-aprel) qonunlarida bunday huquqiy asoslar o‘z ifodasini topgan.
Sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladi- gan tovarni topshirishi shart. Bunday shartlar shartnomada ko‘rsatilma- ganida esa tovar sifati belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo‘lishi lozim. Tovar namunasi bo‘yicha yoki ta’rifi bo‘yicha (reklama bo‘yicha) sotilganda tovar sifati namuna yoki ta’rifga mos kelishi lozim.
Agarda qonunda belgilangan tartibga muvofiq sotilayotgan tovar sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi xaridorga ushbu majburiy talab- larga javob beradigan tovarni topshirishi shart (masalan, poliz mahsulot- lari laboratoriya tekshiruvidan o‘tgan bo‘lishi lozim), oziq-ovqat mahsulot- lari, albatta, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Tovarlarning sifati talab darajasida bo‘lishi uning mezonlariga: tovarning kafolat muddati va tovarning yaroqlilik muddatigabog‘liq.
Tovar sifatining kafolati uning mavjud talablariga javob berishi va oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo‘lishi- ni anglatadi. Umumiy qoida bo‘yicha kafolat muddati tovar xaridorga topshirilgan paytdan o‘ta boshlaydi. Agar xaridor sotuvchiga bog‘liq bo‘lgan holatlar tufayli (masalan, yo‘riqnomani yoki texnik pasportni topshirmagani sababli) tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, kafolat muddati o‘tishi to‘xtab turadi. Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o‘ta boshlaydi (FK 404-m.).
Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan davr bilan yoki tovar foydalanish uchun yaroqliligi aniqlanadigan son bilan belgilanadi. Yaroqlilik mud- dati tugagan tovardan foydalanish inson hayoti, sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradi. Shu sababli bunday tovarlarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada tovarning sifatini tekshi- rish nazarda tutilgan bo‘lsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi, davlat standartlarida, texnik shartlarda va shu kabilarda majburiy talablar belgilangan bo‘lsa, tovar sifati ulardagi ko‘rsatmalarga muvofiq ravishda tekshirilishi lozim. Tekshirish sotuvchi tomonidan ham, xaridor tomonidan ham, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin, biroq bunda tekshirish shartlari o‘zgarmaydi.
Agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinma- gan bo‘lsa, tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovar topshirgan sotuvchi sotib oluvchining xohishiga ko‘ra:

  • xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli daraja- da bo‘lgan tovarga almashtirishi;

  • xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishi;

  • tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishi yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlarni qoplashi;

  • xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishi;

  • ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplashi lozim (FK 434-m.).

Shu bilan birga, sotib oluvchi tomon shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ham egadir. Tovar uchun to‘langan pul summasini
sotib oluvchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summani chegirib qolishga haqli emas. Xaridorga sifati lozim darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning sotuvchiga nisbatan qanday talablar qo‘yishga haqli ekanligi, ya’ni yuqorida ko‘rsatilgan huquqlar alternativ xarakterga ega bo‘lib, xaridor ulardan o‘zi uchun ma’qulini tanlaydi.
Xaridor tovardagi kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar paydo bo‘lganligi yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli vujudga kelganligini isbotlab berishi lozim.
Sotuvchi tovardagi nuqson yoki kamchiliklar quyidagi holatlar sababli yuz berganligini isbotlab bera olsa, javobgarlikdan ozod bo‘ladi:
sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzgan- ligi sababli;
uchinchi shaxslar harakati tufayli;
oldini olib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida (FK 409-m.).
Qonunda topshirilgan tovarning kamchiliklarini aniqlash muddatlari ham belgilab qo‘yilgan. Kamchilik yoki nuqson ushbu muddatlar davo- mida aniqlansa, xaridor tegishli talab bilan sotuvchiga da’vo qilishga haqli bo‘ladi. Bular: qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida belgilab qo‘yilgan yoxud kafolat muddati bilan yoki tovarning yaroqlilik muddati bilan belgilanadi.
Kamchiliklar oqilona muddatda, biroq tovar sotib oluvchiga top- shirilgan kundan boshlab ikki yil davomida aniqlanganida ham (agar yuqoridagi muddatlar belgilanmagan bo‘lsa) xaridor sotuvchiga talab qo‘yishga haqli.
Tovarning kamchiliklari xaridor tomonidan kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati tugaganidan keyin aniqlangan hollarda, xaridor bu kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar paydo bo‘lganligini yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbot qilib bergan hollarda javobgarlik sotuvchi zimmasiga yuklanadi.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin