Respublikasi ichki


Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə77/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari


Mulk ijarasi shartnomasining turlaridan biri prokat shartnomasidir. Mulk ijarasining ushbu turi shartnoma maqsadi, subyektlar tarkibi, shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari, shartnoma obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi sifatida tadbirkorlik faoliyati subyektlari – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin. Bunda ijaraga beruvchining faoliyati bir martalik bo‘lmasdan, balki tizimli ravishda amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lishi lozim. Bunda ijaraga beruvchi faoliyati asosiy (masalan, prokat punkt- lari), shuningdek, qo‘shimcha faoliyat (masalan, mehmonxonalar, dam olish zonalari, sport klublari) bo‘lishi ham mumkin.
Prokat shartnomasining obyekti faqat ko‘char mol-mulk hisoblanadi. Prokat shartnomasi bo‘yicha mol-mulk qoida tariqasida iste’mol maqsadida
taqdim qilinadi. Ushbu maqsadda, masalan, uy-joy anjomlari, maishiy texnika, musiqa asboblari, video va audio texnika vositalari berilishi mumkin. Prokat shartnomasida agar majburiyat mohiyatidan boshqa hol anglashilmasa, mol-mulk iste’mol maqsadida berilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda prokat obyekti bo‘lib masalan, asboblar, jihozlar hamda boshqa texnika vositalari bo‘lishi mumkin.
Prokat shartnomasi bo‘yicha mol-mulkni berish maqsadidan kelib chiqib, ijaraga oluvchi sifatida jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Mazkur shartnoma konsensual, haq baravariga tuziladigan va ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi.
Ijara shartnomasi har qanday holatda ham yozma shaklda tuziladi va bu holat uning o‘ziga xos xususiyati sanaladi. Odatda, prokat shart- nomasi bo‘yicha ashyoni berish majburiyati patta taqdim qilish asosida rasmiylashtiriladi.
Prokat shartnomasi ommaviy hisoblanadi va unga nisbatan FK 358-mod- dasi qoidalari qo‘llaniladi. Shu sababli doimiy tadbirkorlik faoliyati sifa- tida mol-mulkni ijaraga berish xizmatini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor o‘ziga murojaat qiladigan har qanday shaxsga ushbu xizmatlarni ko‘rsatishga majbur. Aks holda man- faatdor shaxs majburiy tartibda shartnoma tuzishni hamda prokat shart- nomasi tuzishni rad etishi natijasida o‘ziga yetkazilgan zararlarni qop- lashni so‘rab sudga murojaat qilishga haqli.
Prokat shartnomasi amal qilishining eng uzoq muddati bir yilni tashkil qiladi. Bu FK 540-moddasi qoidalarida belgilanganidek, taraflar prokat shartnomasi muddatini mustaqil ravishda, bir yildan ortiq bo‘lma- gan muddatga tuzishlari mumkinligini anglatadi. Agar shartnoma bir yil- dan ortiq muddatga tuzilgan bo‘lsa, u holda mazkur shartnoma bir yil mud- datga tuzilgan hisoblanadi. Agar prokat shartnomasida muddat belgilan- magan bo‘lsa va taraflardan birontasi ham bir yil muddat o‘tgunicha shartnomadan voz kechmasa, u holda shartnoma bir yil o‘tgandan so‘ng bekor bo‘ladi.
FK 553-moddasida belgilangan umumiy qoidalardan farqli ravishda, FK 559-moddasiga ko‘ra, ijarachiga prokat shartnomasini yangi muddat- ga qayta tuzishda imtiyozli huquq berilmaydi. Shuningdek, ijarachiga shartnoma muddati tugagandan keyin ham ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo‘lmagan hollarda, mol-mulkdan foydalanishni davom ettirayot-
gan bo‘lsa, unga mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish haqidagi qoidalar qo‘llanilmaydi. Shu bilan birga, prokat shartnomasi muddati tugagandan so‘ng ijaraga oluvchi umumiy asoslar- da yangi muddatga shartnoma tuzishga haqli.
FK 237-moddasiga muvofiq, majburiyatni bajarishdan bir tomon- lama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnoma- da nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu umumiy qoidadan istisno tariqasida prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi istagan vaqt- da shartnomani bajarishni rad etishga haqli. FK 382-moddasiga asosan, ijaraga oluvchi shartnomadan bir tomonlama bosh tortgan hollarda prokat shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Prokat shartnomasini bajarishni bir tomonlama rad qilish qoida tariqasida, mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish amalga oshiriladigan shaklda ifodalanishi lozim. Aks holda shartnomaning amal qilishi davom etadi va bunda ijaraga oluvchi amalda mol-mulkdan foydalanayotganligi yoki foydalanmayotganligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi hamda mol- mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lash tegishlicha mol-mulk ijaraga oluvchi egaligida bo‘lgan butun davr uchun to‘lanishi lozim.
Umumiy qoidaga ko‘ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol- mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirishi lozim. Ushbu qoida prokat shartnomasiga ham qo‘llaniladi.
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi o‘z faoliyatini amalga oshirishda mutaxassis ekanligini hisobga olgan holda, qonun tomonidan unga mol-mulkni ijaraga beruvchiga topshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha majburiyatlarni yuklaydi. Ushbu majburiyatlar, birinchi navbatda, ijaraga oluvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Qoidaga muvofiq, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchidan farqli ravishda ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish bo‘yicha maxsus bilimlarga ega emas. Qonunda prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchining quyidagi qo‘shimcha majburiyatlari belgilab qo‘yilgan:

  1. ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi ishtirokida tekshirish. Bu, o‘z navbatida, ijaraga olingan mol-mulkni ishla- tishga yaroqliligini ijaraga oluvchiga topshirishda aniqlash imkonini beradi;

  2. ijaraga oluvchini mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanish- tirish yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qo‘llanma- ni berish. Ushbu majburiyat, shuningdek, murakkab ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni hamda uni ehtiyotsizlik natijasida shikastlanishining oldini olishga qaratilgan.

Ijaraga oluvchi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan qo‘shimcha majbu- riyatlarning bajarishi ijaraga beruvchi uchun ham, ijaraga oluvchi uchun ham muhim huquqiy ahamiyat kasb etadi. Ijaraga beruvchi tomonidan ushbu majburiyatlarning bajarilmasligi, kelgusida kamchiliklar aniqlan- gan hollarda, ushbu kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan foydalanish va uni saqlash qoidalarini buzilishi natijasida yuzaga kelganligini vaj qilib ko‘rsatish huquqidan mahrum qiladi.
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar agar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalari buzilishi natijasida vujudga kelgan taqdirda javobgar hisoblanadi. FK 560-moddasi qoidalaridan kelib chiqib, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalari buzilishi holati ijaraga beruvchi tomonidan isbotlanishi lozim.
Har qanday holatda ham mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, shu jumladan, mol-mulkni ta’mirlash va transportda tashish xarajatlari ijaraga beruvchi, ya’ni mol-mulkning mulkdori zimmasida bo‘ladi. Biroq ko‘rib chiqilayotgan holatda mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarini buzgan ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulk to‘liq yaroqsiz holga keltirilgan hollarda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchidan o‘ziga yetkazilgan barcha zararlarni hamda boy berilgan foydani ham qoplashni talab qilishga haqli.
Prokat shartnomasi uchun FK 562-moddasida vaqti-vaqti bilan yoki bir yo‘la to‘lanadigan qat’iy summadagi to‘lov belgilangan. FK 544-mod- dasiga binoan, to‘lovlarni vaqti vaqti bilan yoki bir yo‘la to‘lanishi shu jumladan, to‘lovni amalga oshirish muddati prokat shartnomasiga muvo- fiq belgilanadi. Chunonchi, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan, ya’ni mol-mulkka egalik qilish va foydala- nish boshlanishidan oldin yoki undan foydalanishning navbatdagi mud- dati kelguniga qadar to‘lanadi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin