Transport vositasini ijaraga berish obyektining xususiyatidan kelib chiqqan holda, uni maxsus tartibga solish zarurati tegishli qoidalarni FKda alohida paragrafga ajratishni belgilab berdi. O‘z navbatida, qonun hujjatlari bilan ushbu qoidalar yig‘indisi ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga mazkur transport vositasini boshqarish va texnik
foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish majburiyati yuklatilganligi yoki yuklatilmaganligini hisobga olgan holda ikki guruhga ajratadi.
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchini ijaraga oluvchiga transport vositasi shaklidagi mulkni berish hamda unga transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish majburiyatini nazarda tutuvchi birlashtirilgan (kombinatsiyalangan) majburiyatlarni tartibga soladi.
Mazkur shartnoma ikki tomonlama, haq baravariga va konsensual shartnoma hisoblanadi (FK 564-modda 1-qismida ko‘rsatilgan hollarda real shartnoma hisoblanadi).
FK 564-modda 1-qismida ifodalangan transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unga ko‘ra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga o‘z kuchi bilan shartnoma predmetini boshqarish hamda texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Bu taraflar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi elementini ham kiritadi. Ammo bu ko‘rib chiqi- layotgan shartnomani (yuridik adabiyotlarda ba’zan qayd qilinganidek) aralash shartnomaga aylantirmaydi. Chunki transport vositalarini bosh- qarish va texnik foydalanish masalalari bo‘yicha taraflarning munosabat- lari FKning 38-bobi bilan emas, balki FKning 34-bobi 3-paragrafi bilan tartibga solinadi.
Shartnoma predmeti birlashtirilgan (kombinatsiyalangan) xususiyat- ga ega bo‘lib, birinchi komponent (element) sifatida ashyodan turga xos alomatlari bilan belgilanadigan transport vositasidan (avtomobil, daryo, dengiz yoki havo kemasi va shu kabilardan) foydalanish huquqini, ikkinchisi sifatida esa, uni boshqarish (transport vositalarini boshqarish, uchish, shu jumladan, navigatsiya xizmatlari, aloqa xizmati va boshqalar) hamda texnik foydalanishni o‘z ichiga qamrab oladi.
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasiga ko‘ra ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foyda- lanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o‘z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
FKning 34-bobi 3-paragrafi (564-moddaning uchinchi qismi, 565, 567, 569, 570, 572-moddalari) transport vositalarini ijaraga berishning har ikki turini birlashtiruvchi umumiy normalarni belgilaydi. Bundan tashqari, mazkur shartnomaning u yoki bu turiga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
birinchidan, shartnoma predmeti transport vositasi bo‘lib, u malakali ekipaj tomonidan boshqarish va tegishli tartibda texnik foydalanishni talab qiladi. FKning 34-bobi 3-paragrafi normalari birinchi navbatda, dengiz, daryo va havo kemalarini ijaraga berishga qo‘llaniladi. Albatta, bu normalar mototsikl, velosiped va shunga o‘xshagan transport vosita- lariga tadbiq qilinmaydi. Ular bo‘yicha mulk ijarasi munosabatlari ijara haqidagi umumiy normalar (FK 34-bobi 1-paragrafi) yoki ushbu bobning 2-paragrafi normalari bilan (agarda ijaraga beruvchi sifatida tadbirkorlik faoliyatining ushbu turi bilan doimiy ravishda shug‘ullanuvchi prokat tashkiloti qatnashayotgan bo‘lsa) tartibga solinadi;
ikkinchidan, transport vositasini ijaraga oluvchiga egalik qilish va foydalanish uchun berilishi. Hattoki, transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish ijaraga beruvchining ekipaji tomonidan amalga oshirilayotganda ham shartnoma predmetiga egalik qilish huquqi ijaraga oluvchiga tegishli bo‘ladi. Chunki aynan u transport vositasidan tijorat maqsadlarida foydalanadi;
uchinchidan, shartnoma predmetidan maqsadli foydalanish. Bunda transport vositasi passajirlar, yuklar, pochta, bagajlarni tashish va shatak- ka olish (buksirovka) uchun ijaraga olinadi. Ijaraga oluvchi transport vositasini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadli foydalanishni o‘zgartirma- gan holda ikkilamchi ijaraga berishi mumkin.
FK 564-modda 1-qismida transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi real shartnoma sifatida belgilangan. Shunga qaramay, ushbu shartnomaning turi sifatida dengiz transportida qo‘llaniladigan vaqtinchalik (taym-charter) kemani yuk tashish uchun yollash (fraxtovaniye) konsensual shartnoma modeliga ega.
Transport vositasidan texnik foydalanishni amalga oshiruvchi xodimlar jamoasi ekipaj deb yuritiladi. Shunga ko‘ra shartnoma nisbatan qisqa
«transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish» nomi bilan ataladi. Ushbu shartnoma, shuningdek, vaqtinchalik yuk tashish uchun yollash (fraxtovaniye) shartnomasi yoki taym-charter shartnomasi (ingliz tilida time-charter) deb ham yuritiladi. U dengiz kemachiligida dengiz kemasi ijara obyekti bo‘lganda ishlatiladi.
Taym-charter shartnomasidan, shuningdek, havo kemasi ijarasida ham foydalaniladi. Vaqtinchalik (taym-charter) yuk tashish uchun yol- lash (fraxtovaniye) shartnomasini yo‘lovchi (bagaj, yuk) tashish shartnoma- sining turi bo‘lgan charter shartnomasidan farqlash lozim. Mazkur shart-
nomani tuzish, uning o‘ziga xos shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida ko‘rsatib o‘tilgan.