Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə81/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Lizing


«Lizing» ingliz tilidan kelib chiqqan «leasing» terminidan olingan bo‘lib, uzoq muddatga ijaraga berish yoki olishni bildiradi. Lizingning Yevropada 1960-yillarda tez tarqalganligining sabablaridan biri bo‘lib, bunday shakldagi munosabatlarning real hayotga yuqori darajada mosla- shuvchanligi hisoblanadi – u turli vazifalarni hal etish, hamkorlarning turlicha maqsadlariga birgalikda erishish uchun va turli iqtisodiy sharoit- larda ishlashga mos keladi.
Lizing shartnomasiga (moliyaviy lizing) FK barcha turdagi ijara munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy normalari, agarda FK lizing to‘g‘risidagi normalarida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, qo‘llaniladi.
FKning lizing shartnomasi to‘g‘risidagi normalaridan tashqari, ko‘r- satilgan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprel- dagi «Lizing to‘g‘risida»gi qonuni bilan ham tartibga solinadi.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, bunda taraflardan biri (lizing beruvchi) boshqa taraf- ning topshirig‘iga binoan (lizing oluvchi) uchinchi tarafdan (sotuvchi) lizing shartnomasi bilan kelishilgan mol-mulkni qo‘lga kiritadi va uni lizing oluvchiga bunday shartnoma bilan belgilangan shartlarda to‘lov eva- ziga uning egaligi va foydalanishiga o‘n ikki oydan oshgan muddatga taqdim etadi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak.

  • lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing obyekti lizing oluvchining egaligiga o‘tadi;

  • lizing shartnomasi muddati lizing obyekti xizmati muddatining 80 foizidan oshishi yoki lizing obyektining qoldiq qiymati lizing shartnoma- si tugagandan keyin uning boshlang‘ich qiymatidan 20 foizidan kam bo‘lishi kerak;

  • lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing oluvchi lizing obyektini lizing obyekti qiymatining bozor bahosidan kam narxda sotib olish huquqini bunday huquqni amalga oshirish kuniga nisbatan oladi;

  • lizing to‘lovlarining lizing shartnomasi davri uchun joriy diskont qiymati lizing obyektining lizingga berish vaqtiga nisbatan joriy qiymati- dan 90 foiz oshiq bo‘ladi.

Lizing shartnomasi uch taraflama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) bo‘lishi mumkin.
Ikki taraflama lizing shartnomasi tuzishda lizing beruvchi bilan sotuvchi o‘rtasida qo‘shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shart- nomasi tuziladi.
Lizing shartnomasini tuzishning tashabbuskori sifatida lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) hisoblanadi va u lizing beruvchiga (ijaraga beruvchiga) qaysi mol-mulkka ehtiyoji borligini, shuningdek, bu mol-mulkning sotuv- chisini belgilaydi.
Shuni aytish kerakki, lizingning (FK 589-moddasi 4-qismi, «Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi) shakllaridan yana biri sifatida qaytariladigan lizing ko‘pchilik mamlakatlarning tajribasida keng ishla- tilmoqda. Qaytariladigan lizingda mol-mulk egasi uni lizing kompaniya- siga sotadi va bir vaqtning o‘zida shu mulkning o‘zini vaqtinchalik foydalanishga oladi.
Bunday shartnoma shartlari bilan egalik va foydalanishga aniqlangan muddati 12 oydan yuqori bo‘lishi shart. Shunday qilib, sotuvchi va lizing oluvchi aynan bir shaxsning o‘zi bo‘lib qoladi. Bunday operatsiyalarni amalga oshirish zaruriyatining kelib chiqishi shundan iboratki, ega u yoki bu mol-mulkni saqlay olmaydi, shuning bilan birgalikda, undan mahrum bo‘lishni ham xohlamaydi.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga muvofiq lizing shart- nomasi yozma ravishda tuziladi va shartnomaning biron-bir tarafi talabi bo‘yicha notarial guvohlantirilishi kerak.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga muvofiq davlat organ- larida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing beruvchining yoki lizing oluvchi- ning nomiga rasmiylashtiriladi.
Lizing shartnomasining muhim shartlari quyidagilardir:

  • lizing obyektining ta’rifi (lizing obyektining soni, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa parametrlari) va shartnomaning umumiy pul qiymat ko‘rsatkichi;

  • taraflarning lizing obyektini olish va topshirish bilan bog‘liq majburiyatlari;

  • lizing obyektini topshirish shu jumladan, lizing obyektini yetka- zish, montaj qilish va foydalanishga kiritish tartibi;

  • lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, qiymatlari, muddatlari va tartibi;

  • taraflarning lizing obyektini ishlatish, saqlash, ushlab turish va ta’mirlash majburiyatlari;

  • shartnomaning amal qilish muddati;

  • lizing obyektini va sotuvchini tanlashga javobgar tomon ko‘rsatmasi.

Taraflarning kelishuvi bo‘yicha lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:

  • lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari; lizing shart- nomasini o‘zgartirish va bekor qilish;

  • lizing obyektini sug‘urtalash;

  • fors-major holatlari;

  • lizingga beruvchining lizing obyektidan foydalanishi mumkin bo‘l- maydigan qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish;

  • lizing subyektlari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatish tartibi.

Qonun hujjatlariga muvofiq lizing shartnomasiga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, agar qonun hujjatlarida va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuvi bilan amalga oshirilishi mumkin («Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasi).
Lizingning asosiy xususiyati shundaki, lizing beruvchi tomonidan faqat ijaraga berish maqsadida olingan mol-mulk ijaraga beriladi.
Odatda, lizing shartnomasi muddati qurilma xizmati muddatiga teng bo‘ladi. Lizing muddati tugagandan keyin shartnoma shartlariga yoki qonun normalariga muvofiq ijaraga oluvchi mol-mulkni o‘z egaligiga olishga (FK 556-moddasi), shartnomani yanada imtiyozli shartlarda tik- lashga yoxud mol-mulkni lizing beruvchiga qaytarishga haqlidir.
Lizing shartnomasi uchta shaxsni bog‘laydi: mol-mulk sotuvchisini (tayyorlovchi), uni qo‘lga kirituvchini (lizing beruvchi) va lizing oluvchini. Ammo lizing ishtirokchilari qoida bo‘yicha o‘zaro bir emas, ikkita shartnomani rasmiylashtiradi. Lizing beruvchi sotuvchi bilan lizing oluvchi tanlagan mol-mulkni olish-sotish shartnomasini, lizing oluvchi bilan esa lizing shartnomasini (moliya ijarasi) tuzadi.
Har ikkala shartnoma ham o‘zaro bog‘liqdir: qoida bo‘yicha sotuvchini lizing beruvchi emas, lizing oluvchi tanlaydi va oldi-sotdi shartnomasi- ning barcha shartlarini kelishadi. Lizing oluvchi oldi-sotdi shartnomasi- ning predmeti, uning bahosi, muddati va yetkazish joyini shartlashadi.
Lizing oluvchi mol-mulk sotuvchisi bilan shartnomaviy munosabat- larda bo‘lmasa-da, ammo unga nisbatan bir qator huquq va majburiyat- larga ega (FK 592, 598-moddalari).
Moliyaviy lizing uchun ijara muddatini qurilma xizmati muddatiga yaqinlashtirish xususiyatlidir. Ijara muddati tugaganidan keyin shart- noma shartlariga yoki qonun normalariga muvofiq ijaraga oluvchi mol- mulkni o‘z egaligiga olishga, shartnomani yanada imtiyozli shartlarda tiklashga yoxud mol-mulkni lizing beruvchiga qaytarishga haqlidir.
Operativ lizing ijaraga beruvchiga shartnomaning amal qilish mud- dati tugaguniga qadar qurilmaning butun qiymatini olishga imkon ber- maydi, chunki u ijaraga qisqa davr uchun beriladi.
Ushbu qurilmani foydalanishga qaytadan topshirish esa ijara shart- nomasi bo‘yicha mumkin, chunki lizing uchun xususiyatli – ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga zarur bo‘lgan maxsus qurilmani olish elementi mavjud emas.
Yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar ijara shartnomasining predmeti bo‘lishi mumkin, (FK 537-modda) ammo moliyaviy ijaraga berilishi mumkin emas («Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasi 2-qismi).
Lizing obyekti lizing oluvchining balansida qayd etilishi kerak.
Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab qilinadigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing beruvchi yoki lizing oluvchining nomiga qayd etiladi.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasi bilan lizing obyektini sug‘urtalash nazarda tutilib, unga ko‘ra nobud bo‘lish, yo‘qolish, o‘g‘irlash, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi.
Lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan uning tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuning- dek, o‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanish xavflari lizing shart- nomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi.
Qonunning 19-moddasidagi qoidaga ko‘ra, agar xavflar lizing beruv- chidan lizing oluvchiga o‘tadigan vaqt lizing shartnomasida belgilangan bo‘lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqadan o‘tadi.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, qaytarishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qonunga muvofiq uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qarat- ganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlarining qoldig‘ini bir yo‘la to‘lashga haqli.
Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Lizing shartnomasining muhim elementlaridan biri bu lizing to‘lov- larini to‘lash qoidalari hisoblanadi. «Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga muvofiq, lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lov- larining miqdorlari, tartibi va davriyligi lizing shartnomasi bilan o‘rnati- ladi. Odatda lizing oluvchining lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha majburiyati, agar lizing shartnomasida boshqacha belgilangan bo‘lmasa, lizing predmetidan foydalanish boshlangan vaqtdan kelib chiqadi.
FK 595-moddasining ikkinchi qismi bilan qonun hujjatlarida lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari bo‘nak sifatida to‘lagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, o‘ziga qaytarib berishga haqliligi belgilangan.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunning12-moddasi qoidalariga muvofiq lizing oluvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
Lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foyda- lanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
Lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab turishi, agar lizing shartnoma- sida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyektini o‘z hisobi- dan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart.
Lizing oluvchining lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 24-modda uchinchi qismiga muvofiq lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha solidar kreditorlar sifatida ish ko‘radilar.
Lizing oluvchining aybi bilan lizing obyektining yo‘qolishi yoki lizing obyektining o‘z vazifasiga doir ahamiyatini yo‘qotishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarligini keltirib chiqaradi.
Lizing beruvchi («Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi ikkinchi qismi) lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni yoxud yetkazilgan zararni undirib va (yoki) lizing obyektini qaytarib olgan holda shartnomani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
«Lizing to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasida belgilangan qoidaga ko‘ra, lizing oluvchi bankrot bo‘lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki musodara qilingan taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol- mulkni o‘z hohishiga ko‘ra tasarruf etishi mumkin. Lizing beruvchiga zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shart- nomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin, lizing oluvchi esa lizing beruvchining ruxsati bilan moliyaviy lizing bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin