Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə80/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Korxonani ijaraga berish


Korxonani ijaraga berish shartnomasi predmeti alohida toifadagi mulk – korxona hisoblanganligi bois maxsus tartibga solish ko‘zda tutilgan. Korxona ijarasiga bino va inshootlarning ijarasi to‘g‘risidagi FK qoidalari qo‘llaniladi, agar ushbu qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Korxona ijarasi shartnomasi ikki taraflama, haq evaziga va konsen- sual shartnomalar turkumiga kiradi.
Ijara to‘g‘risidagi umumiy qoidalar ushbu shartnomaga subsidiar tartibda qo‘llaniladi, agar korxona, bino va inshootlar ijarasi normalarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Ushbu majburiyatda korxona – fuqarolik huquqi obyekti, FKning 85-moddasiga muvofiq, korxona butun bir mulkiy kompleks sifatida ko‘chmas mulk hisoblanadi. U tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mulkiy majmuani bildiradi.
Ushbu majmuaga kiradigan mulkning (ham ashyoviy, ham mulkiy huquqlar) ro‘yxati FK 85-moddasida ko‘rsatilgan.
Korxona mulkining tarkibida ijaraga beruvchining korxona bilan bog‘liq qarzlari ham mavjudligi uchun, ularni ijaraga oluvchiga topshi- rish umumiy qoidalarga ko‘ra (FK 322-m.) kreditorlarning roziligini olishni ham taqoza etadi. Biroq, bunday holatda FK 579-moddasidagi maxsus qoidalarga muvofiq, qarzni topshirish korxonani topshirish payti- da shartnoma tuzilganidan keyin amalga oshiriladi.
FK 579-moddasi kreditorlarga ijaraga oluvchiga qarzni o‘tkazishga norozi bo‘lgan holatda ijaraga beruvchidan yozma xabar olgan kundan boshlab uch oylik muddat davomida ijaraga beruvchiga tegishli majburiyat- larni va bular natijasida yetkazilgan zararni to‘lash yoki muddatidan oldin ijro etish talabini qo‘yish huquqi berilgan.
FK 85-moddasi uchinchi qismini hisobga olgan holda korxona ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar va chegaralar doirasidagi tartibda korxona uchun mo‘ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek, korxonani individuallashtirish vositalariga bo‘lgan huquqlari va boshqa mutloq huquqlarni ham topshirish majburiyatini oladi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olingan korxonani tijoratda ishlatish jarayonida mutloq huquqlar majmuasini topshirish
majburiyatini ham oladi.
Ushbu barcha huquqlarni topshirishda taraflar intellektual mulk xususan litsenziyali shartnomalar va tijorat konsessiyasi shartnomasi to‘g‘risidagi qonunchilik normalariga hamrioya etishlari shart.
Shartnomada taraflar doimo tadbirkorlar hisoblanadi. Mazkur shart- nomaning mazmunida jismoniy shaxslar – tadbirkorlarga nisbatan chek- lovlar mavjud bo‘lmasa-da, ular boshqa qonunlarda, xususan faoliyat- ning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunda mavjud bo‘lishi mumkin.
Korxonani ishlatish bilan bog‘liq faoliyatni yuritish uchun qoida tariqasida davlat litsenziyasi (ruxsatnomasi) talab qilinadi. Ijaraga beruv- chi bunday litsenziya bilan olingan huquqni topshirishga haqli emas,
agarda qonun yoki boshqa huquqiy akt bilan boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
Shu bilan birga, FK 579-moddasida agar shartnoma bo‘yicha topshirilayotgan korxona tarkibiga ijaraga oluvchi litsenziya bo‘lmagan- ligi uchun bajara olmaydigan majburiyat kiritilsa, bunday majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik ijaraga beruvchiga yuklanadi. Bu tabiiy, chunki ijaraga oluvchida litsenziyaning mavjud emasligi uni litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqidan, ayrim holatlarda esa ijaraga olingan korxonaga egalik qilishdan ham mahrum qiladi. Buning bilan qonun chiqaruvchi kreditorlarning topshirilayotgan korxona bilan bog‘liq majburiyatlaridagi manfaatlarini himoya qiladi.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi uchun majburiy yozma shakl unga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligi sharti ostida belgilangan. Korxonani ijaraga berish shartnomasi FK 366-moddasi to‘rtinchi qismi- dagi barcha qayd imkoniyatlardan shartnomaga yozma shakl berishni emas, balkitaraflar tomonidan imzolangan bitta hujjatni tuzishga yo‘l qo‘yadi.
Ushbu shartnomamajburiy ravishda notorial guvohlantirilishi va ko‘chmas mulk hisoblangan korxona bilan bo‘lgan bitim sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonani ijaraga berish shartnomasi bunday ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (FK 84, 110,111-moddalari, 366-moddasi 2-qismi).
Ushbu shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘chmas mulk bilan bog‘- liq bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘tkazilishi lozim. FK 580-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, korxona ijarasi shartnoma-
si shakliga rioya qilmaslikuning haqiqiy emasligiga olib keladi. FK 580-moddasining birinchi qismiga muvofiq korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuzilishi belgilanganligi sababli FK 366-modda 4-qismida ko‘zda tutilgan boshqa shakldan foydalanish mumkin emas.
Korxonani topshirish ijaraga beruvchining mulkni faqat taraflar o‘rtasida topshirish dalolatnomasi tuzish yo‘li bilan amalga oshirish majburiyatini qoplagan tarzdagi yuridik harakatdir.
Topshirish dalolatnomasi – ijaraga beruvchining ijaraga oluvchiga korxonani ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha topshirilayotgan mulkning tarkibini tasdiqlovchi hujjatdir.
Korxonani qaytarish – ijaraga oluvchining shartnoma bekor bo‘lgan- da, uning bekor qilinishi asoslaridan qat’i nazar (muddatning o‘tishi, shart-
nomaning muddatidan oldintugatilishi va boshqalar) asosiy majburiyat- lardan biridir.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin