Respublikasi ichki


Binolar va inshootlar ijarasi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə79/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Binolar va inshootlar ijarasi


Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi (FK 573-m.).
O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 2-moddasida berilgan tushunchaga ko‘ra, bino funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi hisoblanadi.
Qurish maqsadiga qarab ular turar joylarga va noturar joylarga bo‘linadi. Turar joy binosi odamlar yashashi uchun foydalaniladi. Uni shunday deb tan olish uchun bino yashash joylariga nisbatan sanitar- texnik normalar va qoidalar talablariga muvofiq kelishi kerak.
Noturarjoy deb, ishlab chiqarish yoki ijtimoiy (madaniy, tibbiy, ta’lim) va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan bino tushuniladi.
Qurilma deganda esa, binodan (uydan) tashqari har qanday qurilish- arxitektura yoki texnik obyekt, shu jumladan, gidrotexnik (shluzlar, akveduklar, mayoqlar va boshqalar), transport yoki transport infrastruk- turasi, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, pristanlar, elektr uza- tuvchi liniyalar, truba provodlar va boshqalar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilda qabul qilingan Shaharsoz- lik kodeksining 2-moddasida belgilangan tushunchaga muvofiq, inshoot har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyum- lar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odam- lar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi hisoblanadi.
Aniq bir obyektni ma’lum turdagi inshoot deb aniqlash tushunchasi tegishli obyektning umum texnogen tabiati va uning texnik xususiyatidan kelib chiqib, tegishli normativ aktlarda ko‘zda tutilgan.
Inshoot ishlab chiqarish-texnik kabi boshqa ijtimoiy vazifaga ham ega bo‘lishi mumkin.
Shartnomaning predmeti sifatida bino to‘liqligicha yoki uning xona deb nomlanuvchi alohida qismi olinishi mumkin. Bino va xonalar ishlati- lish maqsadlariga bog‘liq ravishda turar joy va noturar joylarga bo‘linadi.
«Shartnoma» tushunchasi shaxslar doirasi bo‘yicha cheklovlarni ko‘zda tutmaydi. Ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi faoliyati maqsadi- dan qat’i nazar, ham jismoniy, ham yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy-madaniy vazifadagi notijorat maqsadida foydalaniladigan obyektlar predmeti bo‘yicha shartnomaning taraflari notijorat tashkilotlar hisoblanadi. Texnik obyekt egaligi uchun, xususan, agarda obyektning o‘zi yoki undan foydalanishda amalga oshiriladigan faoliyat atrofdagilar- ga yuqori xavf tug‘dirsa, litsenziya talab etiladi.
Shartnoma konsensual, ikki taraflama va haq evaziga tuziladi. Bino yoki inshootlar korxonaning mulkiy kompleksi tarkibiy qismi hisoblansa korxona ijarasi hisoblanadi.
Bino va inshootlarni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydi- gan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Taraflari yuridik shaxslar hisoblangan, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jis- moniy shaxslar tomonidan tuziladigan ijara shartnomalari yozma shaklda tuziladi (FK 107, 539-moddalari, 1998-yil 29-avgustdagi «Xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘rida»gi qonunning 11-moddasi). Shuningdek, FK 6261-moddasining 2016-yil 25-apreldagi tahririga ko‘ra, uy-joyni tekin foydalanishga berish shart- nomasi ham yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindosh- larga (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa- singillari) tekin foydalanishga berish hollari mustasno. FK 111-modda- siga ko‘ra, ko‘chmas mulkning uzoq muddatli ijarasi, ya’ni bino yoki inshootlarning bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim (FK 574-moddasi).
Ushbu shartnoma taraflar tomonidan imzolanadigan bitta hujjat shakli- da tuziladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Bunday bitimning predmeti ko‘chmas mulk hisoblanadi. Ko‘chmas mulk bilan bo‘lgan bitim, FK 111-moddasiga ko‘ra, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ko‘chmas mulk bilan bo‘lgan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va tegishli reyestrlarni yuritish qonunchilik tomonidan belgilanadi.
Ijaraga olingan bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara haqi hisobiga FK 575-moddasiga muvofiq ijaraga oluvchiga majburiy tartibda taqdim etiladigan yer uchastkasining ijara haqqi ham kiritiladi. Bunday uchastkaning chegarasi bino yoki inshoot o‘zi egallagan, shuning- dek, unga yaqin joylashgan, foydalanilishi uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasidan kam bo‘lishi mumkin emas. Agar taraflar katta yer uchastkasini foydalanishga berish to‘g‘risida kelishsalar, bu ham tegish- licha shartnoma bahosiga ta’sir qiladi.
Qonun taraflarga bino yoki inshootlarni ijaraga topshirishni rasmiy- lashtirish, topshirish dalolatnomasi yoki boshqa hujjatni tuzish va imzo- lashni rasmiylashtirish talabini qo‘yadi.
Topshirish dalolatnomasi yoki boshqa hujjat, xususan, qanday mulk, qanday holatda va qachon ijaraga oluvchiga topshirilganligini yozma tasdig‘i sifatida xizmat qiladi. Bunday aktni imzolagan paytdan boshlab ijaraga oluvchi uning saqlanishi va boshqa majburiyatlarni bajarilishi uchun shartnoma hamda qonun bo‘yicha unga topshirilgan mulkning titul (qonuniy) egasi sifatida (xususan, ijaraga olingan mulkdan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatida uchinchi shaxslarga yetkazilgan ziyon uchun javobgarlikni zimmasiga oladi) javobgarlikni zimmasiga oladi.
Ijara shartnomasining tugatilishibino yoki inshootning ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga topshirilish jarayonini nazarda tutadi. Bunday jarayon topshirish dalolatnomasi yoki boshqa hujjatning tuzilishi va imzolanishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin