3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
«Hadya shartnomasi» tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti
Hadya deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko‘ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqini (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi (FK 502-m.). Hadyaning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida bo‘lgan ashyo hadya oluvchiga mol- mulk qilib o‘tkaziladi.
Bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borgani sari shartnoma- larning mazmuni, doirasi, ko‘lami ham kengayib bormoqda. Chunonchi, 1963-yilgi fuqarolik qonunchiligida hadya shartnomasi deganda, bir taraf (hadya qiluvchi) mulkni ikkinchi tarafning (hadya oluvchining) egaligiga tekinga topshirishi1belgilangan edi. Amaldagi FKda esa, bu holat sezilar- li takomillashtirildi. Buning natijasida yuqoridagi hadya predmeti doirasi kengaytirilib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
birinchidan, bir taraf boshqa tarafga tekinga mol-mulk qilib beriladi- gan ashyolarni;
ikkinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)- ga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi- gan yo berish majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni;
uchinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)- ni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi- gan yoxud ozod qilish majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni.
Ko‘rinib turibdiki, har bir holatda mustaqil ikki tushuncha qo‘llanil- gan ashyoni topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi, mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoki ozod qilish majburiyatini oladi. Bu mazkur shartnomagagina xos bo‘lgan xususiyatdir.
Shartnoma real bo‘lsa-da, ayni paytda hadya qiluvchi hadya oluv- chiga kelgusida hadya qilish majburiyatini oladi. Ammo hamma hollarda ham hadya shartnomasi vujudga kelavermaydi. Aytaylik, ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo‘lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi (FK 502-m. 2-q.). Bun-
1 Ўзбекистон Республикасининг Гражданлик кодекси. – Т., 1993. – Б.79.
day shartnomalarga FK 250-moddasi, 124-moddaning 2-qismi qoidalari qo‘llaniladi.
Shuningdek, yuqoridagi uchta holatga to‘rtinchi mustaqil holatni ham kiritish mumkin. Ya’ni biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shakl- da berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK 502-m. 3-q.). Hadya bir taraflama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.
Shubhasiz, hadya bir taraflama bitim bo‘lib, taraflarning o‘zaro kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul qilishga rozilik berishida ifodalanadi, aynan shu belgisi bilan hadya qarz shartnomasidan farq qiladi.
Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchi- ning vafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi. Bunday hadyaga nisbatan vasiyatnoma to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi. Hadyaning vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining tirikligida topshiriladi, bu uning mulki kamayishiga olib keladi. Vasiyatnoma esa inson hayotligida uning mulkiy huquqlarida aks etmaydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o‘zgartirilishi mumkin, hadya esa qoida tariqasida ortga qaytmaydi. Hadyani shartnoma deyish mumkin, vasiyatnoma esa, odatda, bir taraflama bitim bo‘lib ko‘riladi.
Hadya shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidagi obyektlar: ashyolar, mulkiy huquqlar, ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin.
Ba’zi hollarda shartnoma hadya qiluvchining o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish majburiyatini olish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda shartnomaning tuzilish vaqti mulk huquqining o‘tish davri bilan mos kelmasligi mumkin. Bunda maj- buriyat-huquqiy munosabatlari vujudga keladi, uning mazmunida hadya qiluvchining o‘z mulkini kamaytirish hisobidan hadya oluvchini boyitish yotadi. Shartnomada hadya predmeti aniq ko‘rsatilishi kerak. Noma’lum ashyoni hadya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, binobarin, ular hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas. Hadya oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini aniq ko‘rsatish lozim.
Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish
og‘zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko‘pincha, hadyani topshi- rish, uni taqdim qilish ramziy topshirish (masalan, yangi kvartirani yoki avtomobil kalitini topshirish) yoki mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ko‘char mulklar bo‘yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi oddiy yozma shaklda tuziladi:
hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;
fuqarolar o‘rtasida eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
shartnoma bo‘yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda.
Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, FK 504-moddasining 2001-yil 7-dekabrdagi tahririda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerakligi belgilandi.
Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgi- lariga ko‘ra farq qiladi. Aytaylik, buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy sanalmasligi hollarida ham ko‘rish mumkin. Bitimlarning haqi- qiy sanalishi uchun odatdagi qo‘yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan, ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklidagi hadya ashyosini (predmetini) aniq ko‘rsatish kerak; ikkinchi-dan,hadya predmeti hadya oluvchiga hadya qiluvchining tirikligida topshirilishi kerak. Shuningdek, yuqoridagi holatlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, albatta, oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko‘chmas mulklarni hadya qilish esa, ayni paytda, notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi.