Республикаси Олий ва Ўрта



Yüklə 229 Kb.
səhifə5/7
tarix23.04.2023
ölçüsü229 Kb.
#101745
1   2   3   4   5   6   7
Кasbiy psixologiya 3-ma\'ruza

3.4. Shaxsning faolligi.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chikkan tushuncha) Shaxsning hayotdagi barcha xatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
1.Tashqi faollik- bu tashqaridan o’z ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.
2. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik - o’sha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham Shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir aniq Shaxsga uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o’yin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga qaratilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu-rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lib turadi.

Yüklə 229 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin