Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


-savol. Dinning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə10/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

1-savol. Dinning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar


Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo‘lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo‘lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, “qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo‘lgan”, deyilgan. Ikkinchisi, “dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq”, degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo‘ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo‘nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko‘ra, dinning ildizini “faylasuflik qilgan yovvoyi odam”ga taqaydilar. Ya’ni, “u o‘z-o‘ziga borliq, o‘zini o‘rab turgan olamning paydo bo‘lishi va o‘zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo‘lmagan. Shundan so‘ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo‘lgan”.
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: “Birinchi yolg‘onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo‘ldi”. Bunda din yomon niyatli kishilarning o‘ylab topgan narsasi bo‘lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo‘yicha “ibtidoiy odam yolg‘iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo‘lgan. U o‘z oldiga ulkan savollarni qo‘ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo‘lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, urug‘, xalqqa tegishli edi”.
Dinning kelib chiqishi “bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan”, degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko‘ra, “din - bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o‘z-o‘zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham bu fikr egalari din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin”, deydilar.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ldi. Shuning uchun ham dinni o‘rganish - bu insoniyatni o‘rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo‘lmasligini tarixning o‘zi isbotladi. “Kommunistik jamiyatda din yo‘q bo‘lib ketadi” deyilgan gapning aksicha kommunizm xayoliy narsa­yu, din doimiy ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.



I
Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin