Muqaddas Kitob – «Bibliya» va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.
Muqaddas rivoyatlar – «Bibliya» tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan qabul qilingan hujjatlar va nomalar.
Muqaddas Ruh – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga xomilador bo‘lgan.
Mutaassiblik, , fanatizm,fanaticism – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
Oq va qora ruhoniylar – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi mumkin emas.
Ota Xudo – Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan.
Panislomizm, panislamizm,– XIX asrning oxirlarida O‘rta Sharqda vujudga kelgan islom mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan siyosiy oqim.
Papa, Papa, pope – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pastor, pastor, pastor (lotincha - cho‘pon) – protestantlikdagi cherkov rahbari. Pastorlar ommaviy ibodatlarda ma’ruzalar o‘qish va cherkovning ichki faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Pasxa, pasxa, Easter (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.
Patriarx, , patriarx, patriarch – (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi (pravoslavie) oliy diniy martaba bo‘lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.
Pozitivizm,pozitivizm, positivism – falsafada XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan, pozitiv (aniq) fanlarni birdan-bir haqiqiy bilimlardir, deb e’tirof etgan oqim.