To‘liq injil xristianlari, xristiane polnogo Yevangeliya -protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan pyatidestyaniklikning ikkinchi nomi. “Injil”ga haqiqatan amal qiluvchi sof e’tiqod vakillari deb bilganlari uchun ham o‘zlariga nisabatan shunday nomni ishlatadilar.
Fanatizm, fanatizm,fanaticism – mutaassiblik.
Fundamentalizm, fundamentalizm, fundamentalism – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish ta’limoti.
Ekstremizm, ekstremizm, extremism – o‘z maqsadi yo‘lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar ko‘rishga tarafdorlik.
Ilova X alqaro Krishnani anglash jamiyati (angl. International Society for Krishna Consciousness, ISKCON, ISKKON, MOSK), shuningdek, Xare Krishna nomi bilan ham mashhur bo‘lgan ushbu tashkilot — hind vayshnavlar diniy tashkiloti bo‘lib, 1966 yil Nyu-Yorkda Bxaktivedanta Svami Praoxupada tomonidan asos solingan. Krishnachilar yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutloq xudo Krishnani tan olishga asoslanadi. Krishnachilik vishnuizm, odam qiyofasidagi xudo Krishna (vishnu)ga e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning asosiy qismlaridan hisoblanadi.
Rossiya hududida KAJning kirib kelishiga Bxaktivedanta Probxupadaning sobiq SSSRga 1971 yilgi tashrifi sabab bo‘lgan. 1980 yil Rossiya krishnachilari ateistik siyosat tufayli repressiyaga uchradilar. Keyinchalik rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirgi kunda KAJ butun jahonda 400 dan ortiq ibodatxona, 50 ta diniy maktab va 60 ta vegetarian oshxonasiga ega. Rus pravoslav cherkovi va KAJ o‘rtasida aloqa yaxshi deb bo‘lmaydi. Pravoslav cherkovi ularni sinkretik prozelitizmga bog‘liq din sifatida qaraydi. KAJning asosiy ishlatadigan so‘zi vedaning mantrasi hisoblangan: “XARE KRIShNA XARE XARE”. Bu yo‘nalishning asosiy farzlari quyidagilardan iborat:
Go‘sht, baliq, tuxum yemaslik;
Zino qilmaslik;
Kayf beradigan narsalar ichmaslik;
azart o‘yinlardan kechish.
KAJ kengashi 33 ta boshqaruvchidan iborat bo‘lib, ular barchaning fikridan kelib chiqib, qarorlar qabul qiladilar. 33 boshqaruvchidan har biri hududiy birlashmalardan tartib intizom uchun javobgar hisoblanadilar. 1986 yilda Bombeyda “Din va ilm sintezi” nomli xalqaro umumjahon kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 1100dan ortiq olimlar ishtirok etdilar. Kongressning hurmatli mehmoni Dalay-lama bo‘ldi. KAJ doim
Olimlarning aytishicha, KAJ tarafdorlari o‘zida hind urf-odatlarini ham singdirib olgan, bu esa o‘z o‘rnida hinduiylik dini va veda madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan maqsad ekanligini bildiradi. KAJ Hindistondagi yuqori lavozimdagi shaxslar tomonidan ijobiy qabul qilingan. Hindistonning 9-prezidenti Shankar Dayal Sharm “KAJning faoliyati bizning xalqimizning o‘zining buyuk ma’naviy va madaniy merosiga ega ekanligini ko‘rsatadi”, deya baho bergan. KAJ ning asosiy boshqaruv kengashlari Mayapur, G‘arbiy Bengaliya, Hindistonda joylashgan.
Asosiy ibodatxonalari (muqaddas deb hisoblagan ibodatxonalari) Rukmini va Krishna ibodatxonasi bo‘lib, Los-Anjelesda joylashgan.
Olimlar KAJni yangi diniy e’tiqod, yangi diniy harakat sifatida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganib kelmoqdalar. Bunga javoban, britaniyalik dinshunos va sotsiolog Stiven Xant o‘zining “Alternativ diniy e’tiqodlar: sotsiologik qarash” nomli monografiyasida (2003) KAJ haqida shunday deydi: “KAJ yangi diniy harakatdan yiroq”, ya’ni yangi diniy harakat emas, deya e’tirof etadi.