G L O S S A R I Y Ansorlar – (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida Makkadan hijrat qilgan Payg‘ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar.
Arafot – (arab. «tanimoq, bilmoq» fe’lidan) Makka shahrining sharq tomonidagi tepalik. Rivoyatlarga ko‘ra, jannatdan tushirilgan Odam Ato va Momo Havvo yerda ilk bor mana shu tepalikda uchrashganlar. Shuning uchun ham uni «Arafot» – «Tanishuv» deb ataganlar. Haj mavsumida barcha hojilar qurbon hayitidan oldingi kun tongdan kun qaytgunga qadar shu tepalik atrofidagi maydonda turishlari farz. Shu sababli hayitdan oldingi kun «arafa kuni» deb ataladi.
Aqiqa – “Aqiqa” lug‘atda “qorin sochi” degan ma’noni anglatadi. Atama sifatida esa, tug‘ilgan chaqoloqning sochini olish va tavalludi munosabati bilan so‘yiladigan qo‘yga aytiladi.
Vasaniya (idolopoklonnichestvo, paganism (arab. «vasan» – «yog‘ochdan ishlangan but») butparastlik.
Vahiy, nisposlanie, råvelation – ilohiyot bilan insonlarning payg‘ambarlar orqali muloqot yo‘li.
Jabroil, Djibril(Gavriil), Jibril – Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.
Johiliya, nevejestvo, ignorance– (arab. «yagona Allohni tanimaslik») Arabiston yarim orolining islom dinidan avvalgi davri shunday atalgan.
Zabur, Psaltыr, psalter – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. “Qadimgi Ahd” tarkibiga kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat.
Ilohiy Kitob, Nebesnaya Kniga, Holy Book – Alloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kabi kitoblar.
Imon, veroubejdenie, faith – lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir.
Ka’ba, Kaaba, Ka’aba– (arab. «kub») Makka shahrida hozirgi davrda Baytul Harom (Muqaddas Masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish bino. Islom ta’limotiga binoan, uni buyuk to‘fondan so‘ng Ibrohim payg‘ambar o‘g‘li Ismoil bilan qayta tiklagan.