4.4-rasm. Statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish soni) ko‘rsatkichlarining dinamikasi.
Mashg‘ulotlarning birinchi oyida 1000 metrga yugurish (oyning boshida) va 2000 metrgacha (oyning oxirida) 2 metr/soniya, 3m/soniyagacha tezlikda bir tekis sur’atda bajarishda yuklamani qoniqarli ravishda ko‘tarishdi. Keyingi oylarda hech qiynalmasdan 3 km.gacha yugurish yuklamasini bajarishdi.
Statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish) bo‘yicha 12 yoshga kelib tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farq Styudent mezoni bo‘yicha t=2,6 ga, P<0,05 teng bo‘ldi.
10-12 yoshdagi bolalarda bir tekis sur’atda yugurish 20 daqiqagacha davom etadi. Chidamlilikni rivojlantiradigan sust shiddatli mashqlar ta’siriga, ayniqsa, 10-12 yoshli bolalar sezgir bo‘ladi.
Harakatlarning tejamkorligi chidamlilikka yo‘naltirilgan ishning natija berishida muhim ahamiyatga ega. Kishi bajarilgan ish birligiga qancha kam energiya sarflasa, u harakat faoliyatini shuncha tejamliroq amalga oshiradi va ish shuncha mahsuldor bo‘ladi. Bir xil toifadagi marafonchilarda standart tezlik bilan yugurishning kislorod qiymati 20% gacha tebranishga ega.
Chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘ulotlarning yo‘nalishini tarkibiy qismiga mashg‘ulot ta’sirining yo‘nalishi YuQT daq. 170 zarba bo‘lib, 10-20 soniya davom etishi aniqlandi, dam olish oralig‘i 60- 80 soniyani tashkil qildi. Takrorlash soni 6-7 marta. YuQT daq. 150zarbadan katta bo‘lganda mashqning davom etishi 20-120 soniyani, dam olish 30-60 soniyani, takrorlash soni 6-7 martani tashkil etdi.
Tajriba va nazorat guruhlari shug‘ullanuvchilarning umumiy chidamlilik darajasi ko‘rsatkichlari 10 yoshdan 11 yoshdagilarda 2000 m.ga ko‘proq masofani yugurib o‘tganligi aniqlandi. Yugurish vaqti tajriba guruhida 14,25 soniyani 4,1 m/s tezlik bilan, nazorat guruhida 7, 03 soniyani tashkil etdi, 4,2 m/s tezlikda bajarildi.
O‘quv yilining o‘rtasiga borib bitta mashg‘ulotda 4,5 km.ni 3-3,5 m/ soniyada, haftalik siklda esa 12,5 km/masofani 3,5 m/tezlikda, haftada o‘rtacha 13 km masofani qiynalmasdan bosib o‘tishdi.
Funksional va jismoniy tayyorgarlikning har tomonlama rivojlanish darajasini ko‘tarish bosqichi. Bu bosqich 3 oy vaqtni o‘z ichiga oldi.
Sentabr oyida tortuvchi mezosikldan foydalandik. Bunda yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 40 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlarning hajmi ham 40 km.ni tashkil qildi, maxsus yugurish, sakrash mashqlari 2,5
km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik (sport o‘yinlari, suzish va b.) 11 soat, tibbiy ko‘rikdan o‘tish 4 soatni o‘z ichiga oldi. Bu oyda tortuvchi va rivojlantiruvchi mikrosikllardan foydalandik (3-ilova).
Tayyorgarlik davrining 1 asosiy rivojlantiruvchi mezosikllariga oktabr, noyabr, oylari kiritildi. Bazaviy rivojlantiruvchi mezosiklning asosiy vazifasi funksional va jismoniy tayyorgarlikning har tomonlama rivojlanish darajasini ko‘tarishdir.
Oktabr oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 46 km.ni, aerob rejimdagi yugurish hajmi 35 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi
5 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 4 km.ni, maxsus yugurish va sakrash 6 km.ni, umumiy rivojlantirish mashqlari 10 soatni, nazorat o‘tkazuv tekshirishlar 4 soatni tashkil qildi. Rivojlantiruvchi va musobaqa oldi mikrosikllaridan foydalandik (3-ilova).
Noyabr oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 44 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 30 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 10 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 4 km.ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 4 km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 9 soatni tashkil etdi. Bular uchun quyidagi rivojlantiruvchi, musobaqa oldi va yengillashtiruvchi mikrosikllari rejalashtirildi (3-ilova).
O‘quv yilining uchinchi yilida sentabr oyi uchun tortuvchi mikrosikldan foydalandik. Bunda yugurish yuklamalari aerob rejimdagi yuklamalar oshirilgan bo‘lsa, aralash va anaerob rejimdagi yugurish kamaytirildi. Tibbiy ko‘rikka alohida soat ajratildi.
Oktabr, noyabr oylari uchun tuzilgan mikrosikllar sportchilarning har tomonlama jismoniy va funksional tayyorgarligiga e’tibor qaratildi. Yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 44- km.gacha yetkazildi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish bosqichi. Bu bosqich 2 oylik vaqtni o‘z ichiga oldi. Dekabr va yanvar oylarida qishki musobaqa mezosiklidan foydalandik. Dekabr oyida
yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 48 km.ni, shundan, 35 km.ni aerob rejimdagi yugurish hajmiga, 10 km.ni aralash rejimdagi yugurish hajmiga, 3 km.ni anaerob rejimdagi yugurish hajmiga, 3 km.ni esa maxsus yugurish va sakrash mashqlariga, 9 soat umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlariga ajratildi. Bu oyda quyidagi rivojlantiruvchi va yengillashtiruvchi mikrosikllar rejalashtirilgan edi (3-ilova).
Yanvar oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 43 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 30 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 10 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 3 km.ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 3 km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 9 soatni, musobaqalar taqvimga asosan tashkil qildi. Bular uchun quyidagi rivojlantiruvchi mikrosikl rejalashtirildi (3-ilova).
Jismoniy, funksional va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish bosqichi. Bu bosqich 2 oyni o‘z ichiga oldi. Fevral va mart oylarda tayyorlov- 2-asosiy rivojlantiruvchi mezosiklidan foydalandik. Fevral oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 40 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 30 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 8 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 2 km.ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 1,5 km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 9 soatni, musobaqalar taqvimga asosan tashkil qildi. Bular uchun quyidagi musobaqa oldi, yengillashtiruvchi va musobaqa mikrosikllari rejalashtirildi ( 3-ilova).
Bu bosqichda aerob va anaerob rejimdagi yuklamalar kamaytirildi. Maxsus mashqlar oldingi darajada saqlab qolindi. Ko‘proq texnik tayyorgarlikka e’tibor qaratildi. Yengillashtiruvchi, rivojlantiruvchi, musobaqa oldi davrining oxiri va musobaqa mikrosikllari rejalashtirildi ( 3-ilova).
Mart oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 48 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 40 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 5 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 3 km.ni, maxsus yugurish va
sakrash mashqlari 4 km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 9 soatni, nazorat o‘tkazuv tekshirishlari 4 soatni, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 2 soatni tashkil qildi.
Bu bosqichda, ya’ni mart oyida ko‘proq rivojlantiruvchi mikrosikllardan foydalanildi. Bu esa yosh sportchilarni umumiy yugurish yuklamalarini oshirishga va almashishga, sport texnik tayyorgarligining oshishiga olib keldi.
Texnik-taktik mahorat va umumiy chidamlilik darajasini oshirish bosqichi. Bu bosqich 4 oyni o‘z ichiga oladi. Aprel oyida musobaqa oldi mezosiklidan foydalandik. May, iyun va iyul oylarida yozgi musobaqa oldi mezosiklidan foydalandik. Bu oylarda rivojlantiruvchi va yengillashtiruvchi mikrosikllar rejalashtirildi (3-ilova).
Aprel oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 48 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 40 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 5 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 3 km.ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 4 km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 8 soatni tashkil qildi. Bular uchun quyidagi mikrosikllar rejalashtirildi.
May oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 45 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 36 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 6 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 3 km.ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 4 km.ni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 8 soatni, musobaqalar taqvim asosida tashkil qildi. Bular uchun quyidagi rivojlantiruvchi, yengillashtiruvchi va bazaviy mikrosikllari rejalashtirildi (3-ilova).
Iyun oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 45 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 36 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 6 km.ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 3 km.ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 2 soatni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 8 soatni tashkil
etdi, musobaqalar taqvim asosida tashkil qilindi. Bular uchun quyidagi qayta tiklovchi mikrosikli rejalashtirildi (3-ilova).
Iyul oyida yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 45 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlar hajmi 36 km.ni, aralash rejimdagi yugurish hajmi esa 6 km. ni, anaerob rejimdagi yugurish hajmi 3 km. ni, maxsus yugurish va sakrash mashqlari 2 soatni, umumiy jismoniy tayyorgarlik 10 soatni, musobaqalar taqvim asosida va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 2 soatni tashkil qildi. Bular uchun quyidagi yengillashtiruvchi va o‘tish mikrosikllari rejalashtirildi (3-ilova).
Bu bosqichda texnik-taktik tayyorgarlik, maxsus chidamlilikni oshirishga qaratildi. Shuning uchun aerob, aralash va anaerob rejimdagi soatlar ko‘paytirildi. Aerob rejimdagi yuklama kamaytirildi, aralash va anaerob ko‘chaytirildi. Bu esa texnik-taktik mahoratining va umumiy chidamlilik darajasining oshishiga sharoit yaratdi.
Sport ish qobiliyatini saqlab turish uchun kross, umumrivojlantiruvchi mashqlar, sport o‘yinlari va harakatli o‘yinlardan, umumiy jismoniy tayyorgarlik va aerob rejimida bajariladigan mashqlardan foydalandik (2-ilova).
Kislorodni maksimal iste’mol qilish (daq/kg) ko‘rsatkichini aniqlash yordamida jismoniy ish qobiliyatini baholash amalga oshirildi.
Tajriba guruhidagi 10-12 yoshli o‘g‘il bolalarning kislorodni maksimal iste’mol qilish ko‘rsatkichi butun tadqiqot davomida harakatli o‘yinlardan foydalanib muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazish natijasida yaxshilandi, bu, o‘z navbatida, ish qobiliyatining oshganligidan dalolat beradi (4.3-rasm).