3.16-jadval
Tajriba va nazorat guruhlaridagi 12 yoshli o‘g‘il bolalarning umumiy chidamlilik ko‘rsatkichlari
№
|
Test ko‘rsatkichlari
|
Tajriba guruhi
n=15
|
Nazorat guruhi
n=15
|
t
|
P
|
1.
|
600 m.ga yugurish, (daq,soniya)
|
1:59.17±0,30
1:58.0±0,30
|
1:59.56±0,40
1:59.16±0,80
|
1,1
2,4
|
>0,05
<0,05
|
2.
|
6 daqiqa yugurish, m
|
1200±6,08
1260 ±9,36
|
1120±6,0
1140±9,0
|
8,0
9,2
|
< 0,001
< 0,001
|
3.
|
1000 m.ga yugurish soniya/daq
|
3:48.0±0,03
3:23.0±0,21
|
5:38.0±0,13
4:49.0±0,26
|
4,27
2,36
|
< 0,001
< 0,05
|
4.
|
Statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish) soniya
|
174±3,6
178±4,0
|
160±4,0
165±3,10
|
2,6
2,6
|
<0,05
<0,05
|
6 daqiqa yugurish tajriba guruhidagi bolalar 1260 m.ga yugurgan bo‘lsa, nazorat guruhidagilar 1140 m.ga yugurishdi. Tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 120 m.ga ko‘proq yugurishdi. Ular o‘rtasidagi farq Styudent mezoni bo‘yicha t=9,2 ni tashkil qildi.
1000 m ga yugurishda tajriba guruhidagilar nazorat guruhiga qaraganda Styudent mezoni buyicha t=4,06 ko‘rsatkichga ega bo‘lib, hamma keyingi yosh guruhiga o‘tish mezonini hamda, III va II o‘smirlar razryadini bajarishdi. Shu bilan birga nazorat guruhidagilarning 15 tasidan 10 tasi yosh guruhiga o‘tish mezonlarini bajarishdi, 5 tasi bajara olmadi.
12 yoshli bolalarda statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish) soni tajriba guruhida tajribadan oldin 174±3,6 ni. tashkil qildi, tajriba
oxirida 178±4,0 ni tashkil etdi. Nazorat guruhida esa tajribadan oldin 160±4,0 ni tashkil qilgan bo‘lsa, tajribadan keyin 165±3,1 ni tashkil qildi. Tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farq Styudent t mezoni bo‘yicha t=2,6 ga P<0,05 teng.
Bob bo‘yicha xulosalar
Birinchi o‘quv yilida 10 yoshli bolalarda 600m, 1000 m.ga yugurish, statik chidamlilik mashqlari bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida Styudent t mezoni buyicha statistik farq bo‘lmadi.
10-12 yoshdagi bolalarda bir maromli va intervalli oraliqli yugurish davom etdi. Chidamlilikni rivojlantiradigan sust shiddatli mashqlar ta’siriga, ayniqsa 10-12 yoshli bolalar sezgir bo‘lishi isbotlandi.
Chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘ulotlarning intervalli metodiga yo‘nalishining tarkibiy qismiga mashg‘ulot ta’sirining yo‘nalishi YuQT daqiqada 150 zarba bo‘lib, 10-20 soniya davom etishi aniqlandi, dam olish oralig‘i 60-80 soniyani tashkil qildi. Takrorlash soni 6-7 marta. YuQT daqiqasiga 150 zarbadan katta bo‘lganda mashqning davom etishi 20-120 soniyani, dam olish 30-60 soniyani, takrorlash soni 6-7 martani tashkil etdi, YuQT ning o‘rtacha davom etishi 120-180 soniya, dam olish oralig‘i 30-60 soniyani, takrorlash soni esa 5-6 martadan iborat ekanligi isbotlandi.
Chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘ulotlar yo‘nalishining tarkibiy qismi va maksimal shiddatda bajarilgan yuklamadan keyin YuQT ning yoshga qarab tiklanishi aniqlandi.
Ikkinchi yilning sentabr oyida tortuvchi mezosikldan foydalandik. Bunda yugurish yuklamalarining umumiy hajmi 35 km.ni, aerob rejimdagi yugurishlarning hajmi ham 35 km.ni tashkil qildi, maxsus yugurish, sakrash mashqlari 3 km.ni, umumiy jismoniy
tayyorgarlik (sport o‘yinlari, suzish va b.) 10 soat, tibbiy ko‘rikdan o‘tish 4 soatni o‘z ichiga oldi. Qolgan 9 oy rejalashtirilgan yuklamalar vaqti va kilometri bo‘yicha oshirib borildi.
11 yoshli bolalar tajriba guruhida 600 metrga yugurish 2:06.0±0,30 ni tashkil qildi. Nazorat guruhida esa 2:08.0±0,40 ni tashkil qildi. Tajriba va nazorat guruhi o‘rtasida farq Styudent t mezoni bo‘yicha t=0,44 ga teng (P>0,05).
Bosqichlarning talabiga qarab mikrosikllardagi mashqlarning hajmi va shiddati o‘zgarib turdi.
Tajribaning uchinchi yilida umumiy chidamlilikning 4 ta testi bo‘yicha yilning oxirida tajriba va nazorat guruhlari statistik farqli ravishda (t=2,6 dan 9,2 gacha, P=0,01-0,001 gacha) natija ko‘rsatishdi.
Dostları ilə paylaş: |