Respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə2/29
tarix05.06.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#124991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ahror t

Bob yuzasidan xulosa




II.BOB

TADQIQOTNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA TAShKIL QILINIShI




2.1

Tadqiqot vazifalari




2.2

Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish




2.2.3
2.2.4


2.2.5
2.2.6
2.2.7

Pedagogik nazorat testlari 33
Pedagogik tajriba 34
Antropometrik ko‘rsatkichlar 35
Ish qobiliyatini baholash 35
Matematik statistik uslublari




2.3

Tadqiqot ishlarining tashkil qilinishi




Bob yuzasidan xulosa




III.BOB

10-12 YoShDAGI O‘RTA MASOFAGA YuGURUVChI YeNGIL ATLETIKAChILAR O‘QUV MAShG‘ULOT JARAYoNINING TAShKIL QILINIShI VA MAZMUNI




3.1

Dastlabki olingan natijalarning tahlili




3.2

Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhning ikkinchi o‘quv yilida mashg‘ulotlar mazmuni va sportchilarning jismoniy tayyorgarligi




3.3

Yengil atletikada o‘rta masofaga yuguruvchi 12 yoshli sportchilarning uchinchi o‘quv yilidagi mashg‘ulotlari mazmuni va ko‘rsatgan natijalari




4.BOB

10-12 YoShLI BOShLANG‘ICh TAYYoRGARLIK GURUHINING O‘RTA MASOFAGA YuGURUVChI YeNGIL ATLETIKAChILARI UChUN TUZILGAN DASTURNI TAJRIBADA TEKShIRISh




4.1

Pedagogik tajriba ta’sirida umumiy chidamlilik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi




Bob yuzasidan xulosa




UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




ILOVALAR




QISQARTIRILGAN ATAMALAR BELGILARI



      1. BO‘SM - bolalar- o‘smirlar sport maktabi

      2. KMIQ - kislorodni maksimal iste’mol qilish

      3. YuQT - yurak qisqarish tezligi

      4. Kr - kross

      5. URM - umumrivojlantiruvchi mashqlar

      6. UJT - umumjismoniy tayyorgarlik

      7. AKR - akrobatika

      8. MYuM - maksimal yugurish mashqlari

      9. SYu - sekin yugurish

      10. ANAO - anaerob almashinuv ostonasi

KIRISh


Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan so‘ng jismoniy tarbiya va sportga yanada ko‘proq e’tibor berib kelinmoqda. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqlarda yaxshi natijalarga erishib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishmoqda. Keyingi yillarda sport sohasida erishilgan yutuqlarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning xizmatlari kattadir. Jismoniy tarbiya va sportni muntazam rivojlantirish hamisha Prezident va davlat nigohida turibdi.
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi qonuni, «Sog‘lom avlod uchun» dasturi,
«O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (24.10.2002 y.) va boshqa qator hukumat qarorlari jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Yosh avlodning aqliy va axloqiy sifatlarini rivojlantirishda jismoniy tarbiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunida ta’kidlab o‘tilishicha: «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o‘quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi». («Xalq so‘zi», 2002 y.).
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga binoan va o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy hamda ma’naviy salomatligini shakllantirish, unga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbatni singdirishning eng muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilindi.
Yurtimizda bolalar orasida sport turlaridan futbol, kurash turlari, yengil atletika ayniqsa keng rivojlangan.
Yengil atletika - bolalar organizmining har tomonlama jismoniy rivojlanishining eng ilg‘or vositalaridan biridir.
Yengil atletika tabiiy, eng keng tarqalgan va hayotiy muhim mashqlarni - yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishlarni o‘ziga mujassam qilgan, shuning uchun ommaviy sport turlaridan biri sanaladi.
Qator mutaxassislar chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘z uslubiyatlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda yosh sportchilarni tayyorlashda umumiy chidamlilikka kam e’tibor berilmoqda. Bolalik davridan boshlab jismoniy yuklamalarni oqilona taqsimlashda umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozimligi tomonidan e’tirof etiladi. Inson chidamli bo‘lishi uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish lozim.
Bolalarning chidamlilik darajasini oshirish, birinchidan, yurak - tomir faoliyatini kuchaytirishni; ikkinchidan, funksional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan quvvatni tejab-tergab sarflashni; uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji boricha to‘la foydalanishni nazarda tutadi.
Yuqorida ko‘rsatilganlarga asosan 10-12 yoshli bolalarning jismoniy tarbiya bilan muntazam ravishda shug‘ullanishi asosida mushaklarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar morfologik va biokimyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi. Organizmdagi moddalar almashinuv jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi. Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, xususan, yurak-tomir va nafas organlari termoregulyatsiyasi takomillashuvi kuzatiladi. Bu holat asosan asab orqali boshqariladi .
Yengil atletika turlari bilan muntazam shug‘ullanish bolalarning chidamlilik darajasini oshiradi, yuqoridagi muammolar ham hal bo‘ladi.
Shuning uchun dissertatsiya bo‘yicha tanlangan mavzu dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin