Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya kompyuterda terilgan 121 sahifadan iborat matnda bayon qilingan, kirish, to‘rtta bob, xotima, amaliy tavsiyalar, 143 ta manba keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati, 3 ta ilova, 22 ta jadval, 5 ta rasm va 2 ta joriy etish dalolatnomasidan iborat.
BOB. YOSH SPORTCHILARDA UMUMIY (AEROB) CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISH
Umumiy chidamlilik va uni rivojlantirish uslublari
Kichik maktab yoshidagi bolalarda chidamlilik darajasi ancha past bo‘ladi. Biroq 10 yoshlarga kelib ularda tezkor ishni bir necha marta bajarishga (qisqa masofaga takroriy yugurish), shuningdek, nisbatan uzoq vaqt davomida kam shiddatli ishni (sekin yugurish) bajarishga bo‘lgan qobiliyat oshadi. Demak, sekin yugurish kichik maktab yoshidan boshlab chidamlilikni rivojlantirish uchun muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin.
Birinchi mashg‘ulotlardanoq umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim. Bunda bir maromli uzoq davom etadigan sekin yugurishdan foydalanish tavsiya etiladi.
Mualliflar mashq paytida umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan usullar va uslublar, shuningdek, bir guruh murabbiylar tomonidan o‘tkazilgan tajriba hamda uning natijalarini ta’riflab berganlar.
Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi .
Umumiy chidamlilik - insonning odatiy bo‘lmagan faoliyatni uzoq vaqt va muvaffaqiyatli bajara olish qobiliyati.
Umumiy chidamlilikning namoyon bo‘lishi asosida inson organizmining funksional xususiyatlari yotadi. Ular har xil turdagi harakat faoliyatiga nisbatan chidamlilik namoyon bo‘lishining maxsus bo‘lmagan asosini tashkil etadi.
Bu, birinchi navbatda, vegetativ funksiyalar, jumladan, energiyaning aerob manbasi unumdorligidir. Masalan, insonning nafas olish imkoniyatlarida o‘ziga xoslik u qadar sezilmaydi. U harakatning tashqi shakliga u qadar bog‘liq emas. Shuning uchun, agar kimdir yugurish mashg‘ulotlari evaziga o‘zining aerob imkoniyatlari darajasini ancha yaxshilab olsa, bu boshqa harakatlarning (yurish, eshkak eshish va x.k.) bajarilish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning vegetativ tizimlari ishini takomillashtirishga asoslangan mashq bilan chiniqqanlikning maxsus bo‘lmagan, umumlashtirilgan darajasi chidamlilikning bitta faoliyat turidan ikkinchisiga keng qamrovda o‘tish uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun ushbu chidamlilik turini
«umumiy» sifatida belgilashga asos bo‘ladi. Mushak ishi davomiyligi ortishi bilan chidamlilikning ko‘chishi oshib boradi (N.I.Volkov va boshqalar, 1994). Umumiy chidamlilikning ijobiy ko‘chish samarasi sport amaliyotida va kasb-amaliy jismoniy tarbiyada keng qo‘llaniladi.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘z tuzilishiga ko‘ra musobaqa mashqlaridan yoki kasbga oid harakatlardan ancha yiroq bo‘lgan, lekin yurak-tomir hamda nafas olish tizimlari uchun yuqori samarali hisoblangan mashqlar tez-tez qo‘llaniladi.
Muallifning ta’kidlashicha, aerob xususiyatdagi ishga bo‘lgan chidamlilik darajasini oraliqli va o‘zgaruvchan uslublarning tegishli rejimlarini qo‘llash yordamida oshirish mumkin. Oraliqli asosiy uslu
Dostları ilə paylaş: |