3.1-jadval Boshlangich tayyorgarlik guruhlari uchun o‘quv soatlarining
taqsimlanish grafigi (10 yoshlilar uchun)
-
Mazmuni
|
Oylar
|
miqdor
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
Nazariy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
-
|
-
|
-
|
-
|
8
|
1. Umumiy jismoniy
tayyorgarlik
|
10
|
10
|
10
|
10
|
8
|
8
|
8
|
8
|
8
|
6
|
7
|
7
|
100
|
2. Maxsus jismoniy
tayyorgarlik
|
4
|
4
|
4
|
4
|
4
|
4
|
4
|
4
|
4
|
4
|
6
|
4
|
50
|
3. Yen.atl. turlari
texnikasini o‘rgatnish va takomilllash-
tirish
|
10
|
12
|
12
|
12
|
12
|
11
|
12
|
13
|
13
|
13
|
15
|
15
|
150
|
4. Musobaqalar
|
Musobaqalar taqvimiga mos ravishda
|
5. Qabul va o‘tkazuvchi
sinovlar
|
2
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
2
|
4
|
Umumiy soat
|
27
|
27
|
27
|
27
|
25
|
24
|
25
|
26
|
25
|
23
|
28
|
28
|
312
|
10 yoshli o‘rta masofaga yuguruvchi bolalarning asosiy vazifasi - o‘rta masofaga yugurishda to‘g‘ri texnikani bilib olish:
umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini yaxshilash, har tomonlama jismoniy kamol topishgina emas, balki organizmning organ va tizimlarining funksional imkoniyatlarini ham (umumiy chidamlilikni) oshirish.
maxsus jismoniy tayyorgarlik (mushak kuchi, harakat tezligi, bo‘g‘imlar harakatchanligini va ayniqsa uzoq yugurishga mos chidamlilik) hosil qilish; qattiq yerda (shosseda) uzoq vaqt yugurishga oyoq mushaklarini tayyorlash;
mashg‘ulot nazariyasi va usuliyatidan kerakli bilim olish.
Jadvalda 10 yoshli o‘g‘il bolalar uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik 32% ni tashkil qilsa, maxsus jismoniy tayyorgarlikka 16%, yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish va takomillashtirishga 48% ajratilgan. Yengil atletika mashqlarining zamonaviy texnikasini o‘rganish uchun dasturda yurish, sportcha yurish, 80-100 m.ga yurish, keng erkin qadam bilan o‘rtacha sur’atda 150 m.dan 600-1000 m.gacha yurishlar ajratilgan.
Birinchi o‘quv yilida quyidagi umumiy vositalardan foydalanildi.
O‘rta masofaga yugurish. Yugurish texnikasi bilan tanishish. Eng yaxshi yuguruvchilarning kinogrammalarini ko‘rsatish, so‘zlab berish va tahlil qilish. 60-80 m masofaga tinch sur’atda sinovli yugurishlar. Sekinlashtirilgan sur’atda 40-60 m masofaga tekis, qadamni keng tashlab oyoq panjasining tashqi qismini qo‘ygan holda qomatni to‘g‘ri tutib yurish. Yuqoridagilarni o‘rtacha sur’atda 60-80 m masofaga, oldinga itarilishni e’tiborga olib bajarish. Aylana bo‘ylab yugurish texnikasini o‘rganish. Aylana bo‘ylab o‘rtacha va sekinlashtirilgan sur’atda yugurish (aylana diametri 10 m.dan 20 m.gacha). Yuqoridagiday to‘g‘riga yugurib chiqish bilan 20-30 m masofadan sekinlashtirilgan, o‘rtacha va yuqori tezlikda yugurib kelib burilishga kirish. Burilishdan tekis yo‘lga yugurib chiqish (40-50 m burilish, 50-60 m to‘g‘ri yo‘l).
Sekinlashtirilgan, o‘rtacha va tez sur’atda tezlanish olib burilishni yugurib o‘tish. Yuqori startni o‘rganish. «Startga!», «Diqqat!», «Marsh!» start holatlarini egallash. 40-60 m masofaga yuqori startdan buyruq ostida va mustaqil ravishda yugurish. Yuqoridagi burilishga kirish bilan birga marraga yetib kelishga o‘rganish.
Umuman yugurish texnikasini o‘rganish. 200-300-400 m masofalarni sekinlashtirilgan, o‘rtacha va tez sur’atda qomatni tik tutgan holda yugurish texnikasining barcha elementlariga to‘liq rioya qilgan tarzda yugurib o‘tish.
Yugurish texnikasi haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish uchun kinogrammalar va rasmlar, suratlardan foydalaniladi.
To‘g‘ri yo‘lkada yugurish texnikasini o‘rgatish: 1. To‘g‘ri yo‘lkada yugurish texnikasini tushuntirish va ko‘rsatish. 2. 80-100 m masofalarda takror-takror yugurish. 3. Tizzani baland-baland ko‘tarib yugurish, sakrab- sakrab yugurish, bedana qadam tashlab yugurish, boldirni orqaga siltab yugurish, joyda turib qo‘l harakatlariga taqlid qilish va hokazolar.
Bu vazifani hal etishda murabbiy oyoq tagini yerga qo‘yishni, depsinishni, siltanuvchi oyoq sonini oldinga chiqarishni, yugurish paytida qo‘llarni to‘g‘ri harakatlantirishni o‘rgatishi kerak.
Murabbiy avvalo qo‘pol xatolarni tuzatadi: harakatlar umuman qovushmayotganini, son baland ko‘tarilmayotganini, depsinish to‘la bo‘lmayotganini, gavda oldinga yoki orqaga haddan tashqari og‘ib ketayotganini, yon tomonlarga tebranishlarni va shu kabilarni.
Yo‘lkaning burilishida yugurish texnikasini o‘rgatish: 1. Burilishda yugurish texnikasini tushuntirish va ko‘rsatish. 2. Normal va kichraytirilgan radiusli yo‘lkada takror-takror yugurish. 3. To‘g‘ri yo‘lkadan burilishga kirib borishda va, aksincha, burilishda to‘g‘ri yo‘lga chiqishda yugurish.
Yuqori start texnikasini va start tezlanishini o‘rgatish: 1. Yuqori startdan yugurishni ko‘rsatish. 2. «Startga!» va «Diqqat!» buyruqlarini bajarish va «Marsh!» buyruqidan keyin 20-30 m.ga yugurish. 3. Yuqori startdan keyin start tezlanishiga, undan keyin esa erkin yugurishga o‘tish. Masofa 60-70 m.gacha. 4. Burilish boshlanishida yuqori start olish.
Yugurishda to‘g‘ri nafas olishni o‘rgatish. 80-120-150-200 m masofalarni nafas olish ritmini va qadamlar ritmini uyg‘un saqlagan holda (4 qadamda nafas olish va 4 qadamda nafas chiqarish) yugurib o‘tish.
Sentabr, dekabr, fevral va may oylarida pedagogik tajribaning har bir bosqichida bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarligi aniqlab borildi.
Biz 10 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlaridagi o‘g‘il bolalarni o‘rta masofaga tayyorlash maqsadida o‘quv-mashg‘ulotlarda ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratdik. O‘quv- mashg‘ulotlari haftada (har 2 gruhda) 3 martadan 2 soatdan yil davomida o‘tkazildi.
Yillik pedagogik tajriba davomida 312 soat o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shundan 76 soati sport zallarida, 224 soat esa ochiq xavoda o‘tkazildi. Boshlang‘ich sport tayyorgarligidagi yosh yuguruvchilarning faoliyati quyidagicha tuzildi: jismoniy sifatlarni rivojlantirishga mashg‘ulotlarning umumiy vaqtining 30% tezkorlik, 30% chidamlilik, 20% tezlik-kuch, harakat uyg‘unligi va egiluvchanlikka 10% ajratildi. Tezkorlikni tarbiyalash uchun 3 xil uslubdan foydalanildi:
tezlik- kuch tayyorgarligi;
maksimal tezlikda mashqlarni qayta takrorlash;
tashqi yengillashtirilgan sharoitda tezkor mashqlarni bajarish.
Yugurish umumiy chidamlilikni tarbiyalash vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkita guruhdagi sportchilar mashg‘ulot mobaynida bir xil yugurish yuklamasi hajmini bajarishdi.
Tajriba va nazorat guruhidagi farq - tajriba guruhida bir tekis sur’atda bajarildi, nazorat guruxida esa o‘zgaruvchan sur’atda bajarildi.
Bir xil sur’atda yugurish bajarilgan mashg‘ulot hajmi 1-oy davomida u qadar katta bo‘lmagan (1400-2800 m) yilning oxiridagi mashg‘ulotlarda 2400 m.ga yetkazildi. Sekin sur’atda yugurish (YuQT daqiqada 140-150 zarba) umumiy chidamlilikni tarbiyalash vositalaridan biridir. Birinchi mashg‘ulotlarda yugurish hajmi katta bo‘lmasa ham (1000-1400 m), yilning oxiridagi mashg‘ulotlarda sekin sur’atda yugurish 2500 m.gacha yetkazildi.
Batba (kross) yugurishga 45 ta mashg‘ulot ajratilgan edi. Birinchi batba yugurishlari 2000 m.gacha teng bo‘lsa, birinchi bosqichning oxiriga borib, 6500 m. ni tashkil etdi. Batba yugurishlari har qanday havoda, xiyobonlardagi daraxtlar orasida, past-baland joylarda o‘tkazildi. Tajribadan oldin boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi 10 yoshli sportchilarning jismoniy rivojlanishi ularning antropometrik ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda aniqlandi.
10 yoshli bolalarning tana uzunligi tajriba guruhida 138,7 sm.ni, tana og‘irligi 35,0 kg.ni tashkil qildi. 15 nafar boladan 3 nafarining tana uzunligi 134,5 sm.gacha, 2 nafar bolada 135 sm, 4 nafarida 136 sm, 4 nafarida 138 sm.ni tashkil etdi, 2 nafar bolada 139 sm.ga teng bo‘ldi. Tana og‘irligi buyicha 3 nafar bola 28,5 kg, 4 nafar bola 30 kg, 4 nafar bola 33 kg, 2 nafar bola 34,5 kg, 2 nafar bola 35 kg vaznga teng edi. Funksional tayyorgarlik buyicha o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlashda 4 nafar bola 1700 ml, 3 nafar bola 1800 ml, 4 nafar bola 1850 ml, 4 nafar bola 1900 ml. ni ko‘rsatishdi. O‘ng qo‘l panja kuchi bo‘yicha 3 nafar bola 12 kg.ni, 4 nafar bola 13,5 kg, 5 nafar bola 14 kg.ni, 3 nafari 14,5 kg kuch ko‘rsatishdi. Chap qo‘l
buyicha 4 nafar bola 11,5 kg.ni, 5 nafari 12 kg, 6 nafari 12,5 kg.ni ko‘rsatishdi (3.2-jadval).
10 yoshli o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanishini o‘rganish bilan birga ularning jismoniy tayyorgarligi asosan (umumiy chidamlilik darajasi) testlar orqali aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |