Matematik statistika uslublari
Tadqiqotdan olingan natijalar statistik usul bilan ishlab chiqildi, unda o‘quvchilarning yoshi va submaksimal zona bo‘yicha ko‘rsatgan ko‘rsatkichlari hisoblandi, shuningdek, statistik farazlar: o‘rtacha arifmetik qiymat, kvadrat og‘malar, o‘zgaruvchanlik koeffitsienti, o‘rtacha arifmetik qiymatning xatosi, Styudent t-mezoni bo‘yicha tekshirildi.
Tadqiqot ishlarining tashkil qilinishi
Tadqiqot ishi uch bosqichda - 2005 yil sentabrdan 2008 yil sentabrgacha Toshkent shahar 1- va 20-sonli BO‘SMning boshlang‘ich
tayyorgarlik guruhida olib borildi. Yengil atletika bo‘limidagi 10-12 yoshli o‘g‘il bolalar jalb qilindi. Tajriba va nazorat guruhida 15 tadan jami 30 ta yosh sportchi olindi.
bosqich 2005 yil sentabridan 2006 yil sentabrgacha o‘tkazildi.
Ilmiy- uslubiy adabiyotlar, jismoniy tarbiya dasturi va kerakli me’yoriy xujjatlar tahlil qilindi. Tadqiqot ishlarini olib borish nazariyasi va uslubiyati aniqlandi hamda vazifalar belgilandi. BO‘SM murabbiylari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
O‘quvchilarning dastlabki jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha testlar qabul qilindi, pedagogik kuzatuv va rejalashtirish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar o‘rganildi hamda 600 metrga yugurish, 6 daqiqa yugurish, 1000 metrga yugurish, statik chidamlilik (yarim o‘tirib turish) ishlab chiqildi.
bosqich 2006 yil sentabrdan 2007 yil sentabr oyigacha davom etdi. Bu davrda tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Tajriba o‘tkazish uchun Toshkent shahridagi BO‘SM o‘quvchilari bilan ish olib borildi.
Ilmiy izlanishlar jismoniy tarbiya dasturi va yoshlarga taalluqli jismoniy tarbiya hamda salomatlik darajasini belgilab beruvchi
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishi bo‘yicha maxsus testlar asosida olib borildi. Pedagogik tajriba oxirida yuqoridagi testlar bo‘yicha qayta me’yoriy sinovlar qabul qilindi.
bosqich 2007 yil sentabr oyidan 2008 yil sentabr oyigacha o‘tkazildi.
Olib borilgan ishlar davomida quyidagi masalalar hal qilindi:
12 yoshli o‘g‘il bolalar uchun umumiy chidamlilikni tarbiyalashning samarali uslub va vositalari aniqlandi.
12 yoshli o‘g‘il bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yuklamalar aniqlandi.
Tekshiruvlar boshlang‘ich tayyorlik guruhidagi yengil atletikachilar kontingentida amalga oshirildi.
Birinchi o‘quv yilida o‘rta masofalarga yuguruvchi yosh sportchilar uchun chidamlilik, kuch, tezlik va boshqa jismoniy sifatlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulot vositalarini qo‘llash orqali o‘g‘il bolalarda har tomonlama jismoniy tayyorgarlik tarbiyalandi. Tekshiriluvchilarning boshlang‘ich sport tayyorgarligi quyidagi tarzda tashkil qilindi. Mashg‘ulotlarning umumiy vaqtining 30% tezkorlik, 30% chidamlilik, 20% tezkor-kuch, harakat o‘yg‘unligiga va 10% egiluvchanlikka ajratildi.
BOB. 10-12 YoShDAGI O‘RTA MASOFAGA YuGURUVChI YeNGIL ATLETIKAChILAR O‘QUV MAShG‘ULOT JARAYoNINING TAShKIL QILINIShI VA MAZMUNI
Dastlabki olingan natijalarning tahlili
So‘nggi yillarda chidamlilik haqida gap ketganda, pedogogik va fiziologik tushunchalar birlashib, uyg‘unlik kasb etadi. Kundalik nutqimizga aerob va anaerob chidamlilik degan tushunchalar kirib keldi. Chidamlilik turlari talab qiladigan sport mashg‘ulotlar taassuroti yo‘nalishini aniq ochib bera olmayapti, shuning uchun hozirgi kunda chidamlilik kichik turlar bo‘yicha tasniflangan (3.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |