Estetik munosabat. Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetikmunosabati deb voqelik hodisalarini go‘zal yoki xunuk, yuksak yoki tuban, fojiali yoki kulgili, qahramonlik yoki qo‘rqoqlik deb baholash qobiliyatiga aytiladi. Estetik munosabat obyektiv va subyektiv tomonlardan tashkil topadi, ya’ni u subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi o‘ziga xos aloqalar shaklida namoyon bo‘ladi. Bunda estetik munosabatlarning obyektiv tomoni, aniqrog‘i, estetik obyektini insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishgan, bevosita idrok etish obyektiga aylangan, odamlarning estetik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan voqelikning xilma-xil ko‘rinishlari tashkil etsa, estetik subyektini esa estetik his-tuyg‘u, kechinma, did va ideallarga ega bo‘lgan shaxs yoki guruh tashkil etadi.