Odoblilik–yaxshi tarbiya ko‘rganlikning namoyon bo‘lishi, xatti- harakatlarda, so‘zlashuvda me’yorni, chegarani, muvofiqlik va nomuvo- fiqlikni bilishdir. Odoblilikning asosiy belgisi – o‘zini tuta bilish, hukm chiqarishda shoshmaslik, kishilarning orqasidan g‘iybat qilmaslik, o‘zgalar fikrini tinglay bilish, shirinso‘zlik hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobi – bu har bir xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishda shirinso‘zlik, sipolik, bosiqlik, xokisorlik, mehr-muruvvat ila hech kimni kamsitmasdan fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarining yaxlit ko‘rinishidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobliligi:
odamlar orasida o‘z tanishi bilan boshqalar bilishi shart bo‘lmagan ishlar haqida ovozni baland qo‘yib gaplashmasligida;