Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja


Apraksiyaning turlari va tekshirish usullari, Apraksiya asosan uch turli ko‘rinishda uchraydi



Yüklə 26,66 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü26,66 Kb.
#185262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja-fayllar.org

Apraksiyaning turlari va tekshirish usullari, Apraksiya asosan uch turli ko‘rinishda uchraydi.
Ideator apraksiya. Bu holatda murakkab harakatning o‘zaro aloqasi va assotsiatsiyasi buziladi. Bemor ma’lum bir maqsadni amalga oshiruvchi harakatlarning ba’zi bir elementlarini bajara olsada, lekin bu elementlarni ketma-ket bajarish rejasi buziladi va maqsad amalga oshmaydi. Masalan, bemor oldiga papiros chekishni maksad qilib qo‘ydi Lekin buning uchun bemor cho‘ntagidan papiros va gugurt chiqarsa-da, u gugurt cho‘pini og‘ziga olib, papirosni gugurt qutichasiga surtishi mumkin, yoki bemorga choy iching degan buyruq berilsa, u buyruqni tushunib, choy ichmoqchi bo‘ladi. Lekin bunnng uchun oldin qanday harakat kilishni esidan chiqaradi, oldin choynakni ko‘tarish kerakmi yoki piyolanimi; choyni choynakda piyolaga yoki piyoladan choynakka quyiladimi, degan masalalar bemor uchun hal qilib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qoladi Ideator apraksiyasida ko‘rsatilgan harakatni bemor kaftda bajara olmaydi


  1. Motor apriksiya. Bunda bemor ko‘rsatilgan harakatni ham qayta bajara olmaydi. Bemor buyruqni tushunsa ham butun harakatning ayrim elementlarini bajara olmaydi, ma’nosiz va o‘rinsiz harakatlar bilan javob qaytaradi. Masalan, stolda yotgan qalamni oling deyilsa, qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi yoki boshqa bir o‘rinsiz harakat qilishi mumkin, lekin qo‘l stol ustidagi qalamga bormaydi, maqsad bajarilmaydi.


  2. Konstruktiv apraksiya. Bunda manda bulaklardan butun narsa tuzish qobiliyati yo‘qoladi. Masalan, bemor ayrim elementlardan iltimos qilingan biron shaklni tuzib berish qobiliyatini yo‘qotadi. Masalan, gugurt cho‘plaridan kubcha yoki yulduzcha shaklini yasab bera olmaydi. Konstruktiv apraksiya bosh miya burchak pushtasi zararlanganda yuz beradi.


  3. Konstruktiv praksiyani aniqlash. Bunda bemordan raqamsiz soatga qarab vaqtni aniqlash, gugurt cho‘plaridan har xil shakllar yasash va o‘ziga tanish bo‘lgan rasmlarni chizib ko‘rsatish iltimos qilinadi. Apraksiyada bemor raqamsiz soatga katta va kichik millarni fikran joylashtira olmaydi, teskari yozilgan harflarni to‘g‘rilay olmaydi va ularning qaysi biri teskari yozilganini aytib berolmaydi (BA KK VV YEYE), geometrik shakllarni ham chiza olmaydi. Bunday holat bosh miya tepa bo‘limining pastki qismlari zararlanishi natijasida kelib chiqadi.



Yüklə 26,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin