Rivojlangan xorijiy davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi boshlangʻich



Yüklə 36,03 Kb.
səhifə3/7
tarix10.09.2023
ölçüsü36,03 Kb.
#142545
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZ~1

Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
a) bolani oʻz kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
b) oʻquvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish uchun kurash;
v) bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va gʻururini yerga urmaslik;
g) oʻquvchining ilk davridanoq kasb-korga yoʻnaltirish;
d) Vataniga faxr va iftixor ruxida tarbiyalash va x.k
Yaponiya ta’limidagi:
a) bolyani maktabga puxta tayyorlash
b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
v) oʻquvchilarni nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan e’tibor;
g) oʻqituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
d) yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi:
a) tabaqalashtirib oʻqitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
b) oʻquvchilarning mehnat, ta’limini mustahkamlash;
v) kasbga yoʻnaltirish.
Fransiya ta’limidagi:
a) maktabgacha tarbiyadanoq oʻquvni predmetlashtirib tashkil etish;
b) boshlangʻich ta’limni uch boskichda puxta amalga oshirish;
v) oʻquvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayottan katta e’tibor;
g) oʻquv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham koʻchsa, bizning pedagogikamiz olga qarab dadil qadam bosgan boʻlar edi.
Albatta, ta’limga xar qanday yangilik, oʻzgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. «Zoʻrlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadkshkotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib yonadigan boʻlmasa, «oʻz shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, balki men davlat ravnaqi uchun nima qildim» degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak.
Anbar Otin (1870-1915) oʻzbek shoirasi va ma’rifatparvari, oʻzbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. U 1870 yil Qoʻqonda farmonqul degan ilgʻor kishi oilasida tugʻilgan. Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni oʻrganadi, she’rlar yozadi. Soʻng oʻzi ham darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she’r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil qilish qoidalarini oʻrgatadi. Uning butun hayoti sheriyat bilan bogʻliq. Ularda ma’rifiy gʻoyalar ilgari suriladi. Anbar Otin ma’rifatgina shaxs erkinligini shakllantirishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul maktablarini ochish haqidagi takliflari bayon etilgan. Anbar Otin devon ham tuzgan. Anbar Otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini oʻzida mujassamlashtirgan asari - «Qarolar falsafasi»dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira oʻzining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi.

Yüklə 36,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin