Maxmudxoʻja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada oʻqiydi. Lekin bitirmasdan mehnat faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayoxat kiladi. 1903-1904 yillari oʻzbek va tojik tillarida «Muntaxabi joʻgʻrofiya» («Qisqacha umumiy geografiya») asarini, yangi usul maktablari uchun «Kitob ul-atfol» («Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom»(«Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom», «Aholi joʻgʻrofiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi»ni yozadi. Shakuriyning qishlogʻidagi yangi usul maktabini 1908 yil Samarqandga-oʻz hovlisiga koʻchirib keladi. «Bexbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, darsliklar, «Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi»ni bosib chiqaradi. «Samarqand» gazetasi, «Oyina» jurnalini nashr etadi.
U xalqni ilm — ma’rifatni egallashga chakiradi, ayollarning ilm olish kerakligini ilgari suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni oʻqitishni targʻib qiladi.
3. Mustaqil Oʻzbekistonda ta’limning uzluksizligi va izchilligi. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yoʻlidagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri boʻlib qoladi”. (Barkamol avlod – Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qoʻyildi. Bunday ulugʻvor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilmasdan ta’minlab boʻlmas edi.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi” “Uzluksizlik” – toʻxtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta’lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta’lim – tarbiyasini uzluksiz yoʻlga qoʻyishni anglatadi.
Muhammadi Rasululohning muborak xadislarida: “Beshikdan qabrgacha ilm izla!”, - deyilgan. Demak, buyuk ajdodlarimiz ham barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uzluksiz boʻlishi lozim deb hisoblashgan (Imom Ismoil Buxoriy. Hadis. 1- kitob. Toshkent, “Meros”, 1991. ....-b.)
Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta’lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta’sir koʻrsatuvchi eng muhim omildir.
2020 -yilning 23-sentyabrida Hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan yangi «Ta’lim tugʻrisida»gi Qonun imzolandi va u ushbu kundan e’tiboran harakatga joriy qilindi. Qonun qabul qilinguncha Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilgan va 2020 -yilning 19-may kuni qabullangan. Senat majlisiniń esa 2020 -yil 7-avgustida ma’qullangan.
Bu Qonunning qabullanishiga aloqador 1997-yili 29-avgustta qabullangan «Kadrlar tayorlashding milliy yoʻnalishlaması haqida»gi, «Ta’lim tugʻrisida»gi Qonunlari, shu jumladan, Oʻzbeksdan Respublikasi Oliy majlisiniń 1997-yil 29-avgusttagi «Oʻzbeksdan Respublikasining «Ta’lim tugʻrisida»gi Qonunin kuchga joriy etish tartibi haqida»gi Qarori, yanada ilgʻor « Ta’lim tugʻrisida»gi Qonunga aloqador qabullangan toʻrt Qonunning olti stat’yası oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanıldı. Yangidan qabullangan Qonun 11 bob 75 stat’yadan iborat (oldińgısı 5 boʻlim va 34 stat’ya edilar).
Yangidan qabul qilingan «Ta’lim tugʻrisida»gi Qonun haqiqiy
III-Renessansnıng huquqıy garovi deb aytsaq heshqanday mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi, bizning bu fikrimizga quyida keltiriladigan ba’zi bir misollar, yangi Qonunning mundarijasi dalil boʻla oladi. Xususan, yangi Qonunning oldingi Qonunga qiyosan ortiqligi shundan iborat, bunda ayirim stat’yalar takomillashtirilgan, toʻliqtirilgan, ba’zi bir stat’yalar takroriy redaktorlangan, yangidan 41 stat’ya qoʻshilgan.