XX asrda Borliq– dunyo miqyosidagi tartibsizlik, absurd va intiho asri - bunyod etgan yangi postmodernistik shaklini e‘lon qilgan postmodern instinkt, boshboshdoqlik, va yurish-turishlarning rang-barangligi, va tartibsizlik tomon yuz tutgan. San’at va borliq orasidagi masofa tobora qisqarib, mutlaqo yo‗qolish darajasiga yaqinlashgan. Ko’chadagi narsalar badiiy asarlar ahamiyatini kasb etgan. Postmodern hayotdagi haqiqiy qarama-qarshiliklardan kelib chiqishga harakat qilib, borliqdan «nusxa» ko‗chirgan va «o’z tartibi»ni taklif qilgan. Odatdagi narsalarning oddiy bog‗lanishlarini neytrallashtirib, ularni obrazli-badiiy dunyoqarash maqomiga da‘vogar bo’lgan yangi ma‘nolar tizimiga kiritishga intilish ijodning mohiyatiga aylangan.
Borliq haqidagi o’ta keng, falsafiy tasavvurlar dunyoning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasini yaratishga harakat qilayotgan hozirgi zamon fanining xulosalari va qoidalariga asoslanishi lozim. Ammo ayrim fanlardan iborat fan o’z holicha borliqning umumiy talqinini bermaydi, zero bu vazifa avvalo falsafiy darajada hal qilinadi. Falsafaning bu muhim roli, uning murakkab hodisalar, shu jumladan borliqni bilish borasidagi imkoniyatlari haqida V.I.Vernadskiy shunday deganedi: «Men bilimning rivojlanishida falsafaning ahamiyatiga aksariyat naturalistlarga qaraganda boshqacharoq yondashaman va u bunda ulkan, samarali ahamiyat kasb etadi, deb hisoblayman. Menimcha, falsafa va fan ayni bir jarayonning tomonlari – muqarrar va ajralmas tomonlardir. Ular faqat bizning aqlimizda ajraladi. Agar ulardan biri to’xtab qolsa, boshqasining jonli o’sishi barham topgan bo’lar edi. Falsafa doim fan kurtaklarini o’stiradi, ba‘zan hatto fanning rivojlanish sohalarini belgilaydi».
BORLIQ SHAKLLARI.Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O’z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o’rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya‘ni abstrakt fikrlash va o’zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o’rin oladigan o’ziga xos piramida hosil bo’ladi. Ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig’i kabilardir. So’nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o’ziga xos xususiyatga, o’zining betakror mohiyatiga egadir.