Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil- kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo’lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro’y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid‘at va cheklanishlarga muxolif bo’lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo’ldi.
―Falsafatushunchasi tor va keng ma‘nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» deb tushunilganini aytib o’tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T. Gobbs (1588—1679) uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvig Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta‘limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni», deya talqin etgan.
―Falsafa tushunchasi tor ma’noda madaniyat, san‘at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta‘riflanadi. Falsafaga bo’lgan munosabatning xilma-xilligiga asoslangan holda, unga yaxlit, umumlashgan ta‘riflar ham berilgan. Falsafaga ijtimoiy ong shakli bo’lgan madaniyat, san‘at, qadriyat nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, uning milliyligini aks ettirish imkoniyati tug’iladi. Ammo ontologiya, gnoseologiya, naturfilosofiya, antropologiya kabi fan sohalari nuqtai nazaridan qaralsa, ushbu ta‘rifda umuminsoniylik va universallik falsafaning asosiy xususiyati ekanini ta‘kidlash lozim bo’ladi.
Qadimgi Sharq va Yunonistondahar tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson ma‘naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasufdeb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‗ullanganlar. Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko’zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit(eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O’z-o’zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir».