Rivojlanish falsafasi. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə9/10
tarix15.04.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#98444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat 1

RIVOJLANISH FALSAFASI.



«Rivojlanish» tushunchasiga u boshqa ma‘lum tushunchalar – «o’zgarish» va «harakat» bilan o’zaro nisbatlash yo’li bilan ta‘rif berish mumkin. O’zgarish – bu narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi. U «barqarorlik»ka zid va aniq yo‗nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. Progress yoki taraqqiyot – materiya tuzilishining quyi shakllaridan oliy shakllariga, soddadan murakkabga o’tish. Bunga teskari yo’nalishda Yuz beruvchi jarayon regress deb ataladi.
Rivojlanishni harakat fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash mumkin:
1) vaqtda aniq yo’nalishga egalik – o’tmishdan hozirgi davr orqali kelajakka qaratilganlik;
2) jarayonning ortga qaytmasligi, ya‘ni o’zgaruvchi real narsalar, hodisalar o’z individual jihatlarida betakrordir;
3) rivojlanish jarayonida yangi, ya‘ni ilgari mavjud bo’lmagan narsaning paydo bo’lishi;
4) rivojlanishning qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo’ysunishi.

Dialektika” (yunon. dialektike – suhbat qurish san‟ati) so‗zining ―dialog‖ (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‗zlashuvi) so‗zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san‘ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o‗zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.


Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan ularning mohiyatini anglab etishga o’tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. Bunda vazifa turli hodisalar o’rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir- biriga yo’ldosh bo’lish, uyg’unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo’lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o’rganish natijasida erishiladi.

Yüklə 44,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin