Rivojlanish falsafasi. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə7/10
tarix15.04.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#98444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat 1

TABIAT BORLIG’I. O’z navbatida, birlamchi tabiat borlig’i (ya‘ni inson va uning faoliyatidan qat‘i nazar mavjud bo’lgan narsalar va jarayonlar borlig’i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’i)ga bo’linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig’i – bu butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko’zgudagi aks va sh.k.)dir.
INSON BORLIG’Ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‗ini farqlash o’rinli bo’ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga bo’ysunadi. Tananing mavjudligi inson o’limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo’qlik dialektikasi bilan bog’lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo’lish holatlaridan o’tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o’z ta‘sirini ko’rsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o’tadi. Inson tanasi mavjud bo’lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o’z-o’zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta‘minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo’lish ehtiyojida o’z ifodasini topadi;
Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyati. Inson borlig’i tirik tabiatdan tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni shu sababli yuqoridagi mavzuda jonli narsalar borlig’i haqida nima deyilgan bo’lsa, barchasi insonga ham tegishli va uning tabiiy- jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to’la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hech shubhasiz mavjud bo’lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko’rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo’lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb atalgan.

Yüklə 44,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin