AYNIYAT VA TAFOVUT. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan o’tadi. Dastlabki bosqich – predmetning o’z-o’zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o’ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o’z-o’zi bilan ayniy bo’lmaydi. Masalan, ko’zguga kelar ekansiz, siz o’z qiyofangizda hech qanday farq ko’rmaysiz. O’z do’stingiz bilan oradan besh yil o’tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‗zgarib ketibdi!», deb o‗ylasangiz kerak.
Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» - har xillik, o’z-o’ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o’z-o’zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo’lib, uning echilishi predmetning butunlay o‗zgarishiga olib keladi. Shunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o’z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai – ichki hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch bo’lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi muhit sizning holatingiz o’zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo’ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.
―Ayniyat” tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o’z-o’ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o’xshashlik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o’z-o’zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. Ikkilanish chog’ida bir vaqtning o’zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, ularning kurashi ham vujudga keladi.