Rivojlanish falsafasi. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə5/10
tarix15.04.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#98444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat 1

Falsafiy antropologiya - inson to’g’risidagi ta‘limot

  • Ijtimoiy falsafa – jamiyat to’g’risidagi ta‘limot

  • Futurologiya (futurum –kelajaki va logos –ma‘limot) – keng ma‘noda kelajak haqidagi ta‘limot, tor ma‘noda prognozlashtirish i prognostika so’zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.

  • Teosofiya (thes — xudo i sopha — donishmandlik, bilim) xudoni bevosita bog’lanish orqali bilish haqidagi ta‘limot.

  • Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to’g’risidagi ta‘limot

  • Etika – axloq to’g’risidagi ta‘limot

  • Estetika – go’zallik to’g’risidagi ta‘limot

  • Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta‘limot.



    BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)

    Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o’rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so’zi Yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta‘limot) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan bo’lib, «mavjudlik haqidagi ta‘limot», ya‘ni borliq haqidagi fan ma‘nosini ifodalaydi.


    Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug’ati»da, so’ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo’llanilgan bo’lsada, ulardan ilgari qadimgi Yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta‘limotdir» deb hisoblashgan.
    ONTOLOGIYA TUSHUNCHASI. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, Shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi.
    Ontologiya atamasi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib (ontos – borliq, logos – so’z, ta‘limot), borliq haqidagi ta‘limot degan ma‘noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi.
    Falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. «Borliq» kategoriyasi har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta‘sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.

    Yüklə 44,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin