MA’NAVIY BORLIQ sub‘ektiv individuallashgan va ob‘ektiv (noindividual) ma‘naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma‘naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko’ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda esa u tafakkurdir.
Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig‗ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g’oyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar, mo’ljallar, andozalarning ko’rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo’lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
IJTIMOIY BORLIQayrim insonning jamiyatdagi borlig’i va jamiyatning o’z borlig’iga bo’linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o’ta umumiy falsafiy abstraksiya bo’lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko’ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo’lsada, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi.
VIRTUAL BORLIQ TEXNOLOGIYASIzamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o’rtalarida paydo bo’lgan kompyuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g’oya yotadi. Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o’zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg’in bahsga sabab bo’lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg-postmodernizm nazariyachilari ham qo’llab-quvvatlamoqda.
«Virtual borliq» atamasi1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‗ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi.
Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo‗lgan) – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o’laroq, ob‘ektiv narsalar yoki sub‘ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun‘iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.