Rivojlanish falsafasi. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə3/10
tarix15.04.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#98444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat 1

Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta‘kidlab, shunday yozgan: «Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o’zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‗zlariga qaraganda, o’zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – Yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta‘rif berib, u shunday degan: «Hayot o’yinga o’xshaydi: ba‘zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba‘zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o’ch bo’lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi».
Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar. Falsafani odatda davrning fikrlardagi in‘ikosi, o’z davrining ma‘naviy kvintessensiyasi deb ataydilar. Falsafaning mazkur tavsifidan uning olamshumul vazifasi – o’z davrining jarchisi sifatida amal qilish, ma‘naviy-tarixiy o’zgarishlar bilan hamqadam va hamnafas bo’lish kelib chiqadi. Bu erda falsafaning hayot bilan chambarchas aloqasi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Voqelikni tushunish va tushuntirish falsafaga qo’yiladigan asosiy talabga aylanadi. Davrning haqqoniy manzarasini yaratish kelajakning spekulyativ sxemalarini yaratishga barham beradi, borliqning mazmun va mohiyatini anglab etishga keng yo’l ochadi.
Falsafa o’z davri ma‘naviy madaniyatining markazi vazifasini bajarish orqali koordinatalar abadiy tizimini yaratishga yordam beradi, davr saboqlarini aniqlash va tushuntirish yo’li bilan inson tafakkuriga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: «Toki davlatlarda faylasuflar podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar oqilona falsafiy mulohaza yuritishni o’rganmas va davlat hokimiyati bilan falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos bo’la olmaydi».
Boesiy poetik intuitsiyasida falsafa o’ng qo’lida kitob, chap qo’lida esa saltanat hassasi – skipetr tutgan Iloha obrazida gavdalanadi. Bu timsollarning mavjudligi tasodifiy bir hol emas. Falsafa bilim berish bilan bir qatorda, dunyoni oqilona boshqaradi va skipetr bu fikrni tasdiqlaydi.
Yangi davrda fransuz olimi Rene Dekart (1596–1650) har qanday mamlakat aholisining grajdanlik va o’qimishlilik darajasi bu erdagi falsafiy tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan fikrni ilgari surgan. Ingliz faylasufi David Yum (1711–1776) falsafaga bo’lgan munosabat asosida millatga «tashxis» qo’yish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning fikricha, falsafiy bilimga qiziqishning yo’qligi millat tafakkurining cheklanganligi alomatidir.
Qadimgi yunon falsafasida bilim va xulq-atvor oliy ideali donishmandlik tushunchasi bilan bog’lanadi. U inson aqliga abadiyat va cheksizlik sari yo’l ochadi, o’tkinchi narsalarga sabr- toqatlilikni o’rgatadi. Aynan donishmandlik yordamida inson munosib va to’laqonli hayotga erishishi mumkin. Donishmandlikka intilayotgan odam har doim narsalar va hodisalar tabiatiga mos ravishda ish ko’rishi lozim.
Qadimgi xitoy falsafasining buyuk namoyandasi Konfutsiy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o’rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so’nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo’lsa, qalb rostgo’y va samimiy bo’ladi. qalb rostgo’y va samimiy bo’lsa, inson to’g’ri yo’lga kiradi, kamol topadi. Inson to’g’ri yo’lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o’rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi».
Qadimgi xitoy faylasuflaridan yana biri – Lao szi (miloddan avvalgi VI asr boshlarida yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, o’zini biluvchi – donishmanddir», deb o’rgatadi.
Donishmandlikning tarixan shakllangan gnoseologik, axloqiy va ekzistensial xususiyatlari hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda va e‘tibordan soqit etilishi mumkin emas. Donishmandlik fenomeni haqida umumiy tasavvur hosil qilish yo’lidagi izlanishlar quyidagi natijalarga olib keladi. Donishmandlik kundalik hayotdagi mulohazakorlikka qarama-qarshi qo’yiladi. U mutlaqo go’zal va mutlaqo adolatli dunyoning mohiyatini intellektual anglab etishga intilish sifatida, haqiqatni qaror toptirish yo’lida beg’araz xizmat qilish sifatida tushuniladi. Bu nainki to’liq bilim, balki ma‘naviy barkamollik, ruhning ichki yaxlitligi hamdir. Bu shunday bir e‘tiqodki, unga erishishda insonning butun mohiyati ishtirok etadi. Donishmandlik belgisi sifatida me‘yor hissi amal qiladi. Uni intuitiv aniqlash «hayot haqiqati»ni anglab etish sifatida namoyon bo‗ladi. Etuklik donishmandlikning zaruriy sharti hisoblanadi. qisqa va lo’nda hikmatlarda o’z ifodasini topuvchi donishmandlik har bir xalq hayotida mavjud bo’ladi, maslahatlar va pand-nasihatlarning keng to’plami vositasida uni g’amxo’rlik bilan qo’llab-quvvatlaydi. qadimgi afsonalar, rivoyatlar va hikmatlar ko’rinishida u avloddan-avlodga o’tadi va ulardan har birining hayot yo’lini yengillashtiradi.

Yüklə 44,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin